Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituv-




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituv-
chi subyektlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tannarxini 
tahlil qilishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari quyidagi-
lar hisoblanadi: 
· ishlab chiqarish xarajatlarini o‘rganish va ularning holatiga baho 
berish; 
· mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha belgilangan rejani 
bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish; 
· ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementi va kalkulatsion 
moddalari bo‘yicha o‘rganish va ularga baho berish; 
· mehnat unumdorligi bilan ish haqi xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni 
o‘rganish; 
· tannarxning o‘zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi 
omillarni miqdor jihatidan hisoblash; 
· ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo‘yicha 
tahlil etish; 
· tannarxni pasaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash 
va hokazo. 
«Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, 
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida»gi Nizomga muvofiq ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga olishning umumiyligi ta’minlangan. Bu-
ning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarini rejalashtrish, tahlil etish va nazorat qilishga imkoniyat 
tug‘iladi. 
Mazkur Nizom buxgalteriya hisobi maqsadlarida va soliqqa tortish 
maqsadlarida xarajatlarni hisoblash tartiblaridagi farqlanishlarni hisobga 
olib ishlab chiqilgan. Boshqaruv hisobi va boshqaruv tahlilining asosiy 
maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor iqtisodiyoti sharoit-
larida raqobatga bardoshligini aniqlashdir. 
Nizomda buxgalteriya hisobi bo‘yicha foyda bilan soliqqa 
tortiladigan foyda o‘rtasidagi tafovutlarga izoh berilgan. 
Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya hisobidagi foydadan farq 
qilishining sababi shundaki, davlat soliq siyosatiga muvofiq amaldagi 
soliq qonunchiligi bo‘yicha korxona xarajatlarining bir qismi soliqqa 
tortiladigan bazaga kirmaydi. Nizomda moliyaviy natijalarni shakllanti-
rishning asosiy qoidalari va xarajatlarni guruhlash berilgan. Birinchi 
ilovada korxona hisobot davridagi balans foydasini hisoblashda chegi-


262
riladigan, lekin xo‘jalik subyektining soliqqa tortiladigan bazasiga 
qo‘shiladigan xarajat moddalari berilgan. Ikkinchi ilovada xarajatlar 
amalga oshirilishi paytida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmay-
digan, lekin keyingi davrlarda chegiriladigan xarajatlar ro‘yxati berilgan 
(vaqt bo‘yicha farqlanishlar). 
Uchinchi ilovada foydasi emas, daromadi soliqqa tortilayotgan 
korxonalar uchun qo‘shimcha chegirilmaydigan xarajatlar ro‘yxati 
berilgan. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituv-

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish