258
aniqlanadi. Tahlil natijalaridan kelib chiqqan xulosalar asosida belgilan-
gan tadbiriy choralar mutanosibligini yanada mustahkamlashga safarbar
etish lozim. Ishlab chiqarish intensivligi darajasini oshirishda ishlab
chiqarish jarayonini uzluksizligi muhim o‘rin tutadi.
Uzluksizlik
koeffitsiyenti (Ku) quyidagicha aniqlanadi:
texn
ich
t
Ku
t
=
bunda
texn
t
- ishlab chiqarishning texnologik siklini davo-
miyligi, soatda
ich
t
- ishlab chiqarish sikllari davomiyligi, soatda.
Ishlab chiqarishni tashkiliy darajasini oshirishning yo‘nalishlari
ishlab chiqarishni markazlashuvi va kooperatsiyalash hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni markazlashuv tahlilida guruhlashtirish usulini
qo‘llash orqali tarmoq ichidagi korxonalarning ishlab chiqargan
mahsuloti, asosiy
ishlab chiqarish fondlari, mehnat unumdorligi,
tannarxi, fond qaytimi va boshqa ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Ishlab
chiqarishni kooperatsiyalash korxonalar o‘rtasidagi hamda, korxona
ichidagi o‘zaro aloqalarni ifodalaydi.
Kooperatsiyalash darajasini tahlil etish uchun quyidagi ko‘rsat-
kichlardan foydalaniladi:
1) mahsulot tannarxidagi kooperatsiyalash
asosida olingan yarim-
fabrikat, butlovchi buyumlarni tutgan ulushi;
2) korxona bilan kooperatsiyalash aloqasidagi korxonalar soni;
3) jami ishlab chiqarish hajmida kooperatsiyalash asosidagi bu-
yurtma qiymati.
Ishlab chiqarishning davomiylik muddati va strukturasi (DMS)
ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Davomiylik muddati mahsulot konstruksiyasini xususiyati, ishlab
chiqarishning
texnik darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etishning shakl
va uslublari samaradorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ishlab chiqarish
siklini kompleks tahlili mahsulotning asosiy turi bo‘yicha olib boriladi
va ishlab chiqarish sikli davomiylik muddati o‘zgarishini asosiy texnik –
iqtisodiy omillari bo‘yicha baholaydi.