259
xarajatlarini to‘g‘ri hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya
qilish, tahlil qilish boshqaruv hisobi hamda
moliyaviy va boshqaruv
tahlili fanlarining muhim vazifalaridan biridir.
Bugungi kunda korxona faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan va
unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri, foyda va
rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.
Har bir xo‘jalik subyektini moliyaviy
va boshqaruv tahlili orqali
ishlab chiqarish, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlarni
maqsadga muvofiq sarflanishi va ular samaradorligi baholanadi.
Xarajatlar jami ishlab chiqarish (tovarlar, xizmatlar), uchun
sarflangan pul mablag‘laridir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yoki
qayta ishlash jarayonida
ishlatilgan tabiiy resurslar,
xomashyo, materiallar, yoqilg‘i,
energiya,
asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab
chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarining qiymat ko‘rinishini ifoda etadi.
Tannarx iqtisodiy kategoriyadir.
- xarajatlarni hisobga olish va nazorat qilishga xizmat qiladi;
- mahsulot bahosini shakllanishi
va korxonaning foyda va
rentabelligini aniqlash asosini tashkil etadi;
- korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo‘yicha
qarorlarni qabul qilishning zaruriy elementidir;
- resurslardan foydalanish, yangi texnika
va texnologiyalarni joriy
etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini
takomillashtirishdan ko‘rilgan samaradorlikni ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
Qonuni, «Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab
chiqarish xarajatlarining
tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom
talablari asosida mahsulot tannarxi bugungi kunda aniqlanmoqda.