256
VIII BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB
CHIQARISH XARAJATLARI TAHLILI
8.1. Ishlab chiqarishni tashkil etishning nazariy va
uslubiy jihatlari
Ishlab chiqarishni tashkillashtirish mavjud mehnat, moddiy va pul
resurslaridan unumli foydalanishni o‘zida aks etgan kompleks tadbiriy
choralar yig‘indisidan iborat. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish mahsu-
lot ishlab chiqarish hajmi, shartnoma, majburiyatlarni bajarilishi, xara-
jatlarni kamaytirish, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar yechimini o‘z
ichiga oladi. Kompleks tahlil orqali korxonaning
ishlab chiqarishini
tashkil etish darajasi, haqiqiy va bazis davridagi ko‘rsatkichlarini
taqqoslash tufayli ko‘rilgan tadbiriy choralar rejasining bajarilishini
baholaydi; ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashtirishni xo‘ja-
lik faoliyati natijalariga bo‘lgan ta’sirini aniqlaydi; rezervlar hisoblanadi
va ulardan foydalanish yo‘llarini belgilaydi. Qimmatli uskuna, mexa-
nizm, mehnat resurslaridan to‘liq foydalanmaslik ishlab chiqarish xara-
jatlarini ortib ketishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini
ifodalovchi asosiy
ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi (25-chizma):
1. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuv va kooperatsiya darajasi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining davom etish muddati va strukturasi.
3. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi.
4. Ishlab chiqarishni maromiyligi.
5. Ishlab chiqarishning faollik darajasi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini kompleks baholash
tizimida ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi, tig‘izligi va ixchamlik
ko‘rsatkichlari hamda ishlab chiqarishning ta’minlanish
va xizmat
ko‘rsatish ko‘rsatkichlari muhim o‘rin egallaydi. Bozor munosabatlari
sharoitida korxonalarni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi mahsulot
tannarxini pasaytirish, unumdorlik darajasini
oshirishda asosiy omil
hisoblanadi. Ishning natijasi ishlab chiqarish maromi, ishlab
chiqarishning faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.