• Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar tahlili Hisobot yili Ko‘rsatkichlar O‘tgan yili
  • Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlarni pasaytirish bo‘yicha biznes-rejasining bajarilishi tahlili Ko‘rsatkichlar Summa
  • Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarga ta’sir etuvchi
  • Bir so‘mlik tovar Ishlab chiqarish tannarxi




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet182/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    Bir so‘mlik tovar Ishlab chiqarish tannarxi 
    mahsuloti uchun = ----------------------------------------------------- 
    qilingan xarajat (tiyin) Tovar mahsulotini ulgurji bahosi 


    268
    Bu ko‘rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniq-
    lash mumkin. 
    Tahlil etishda bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar 
    dinamikasi, biznes-rejaga nisbatan o‘zgarishi aniqlanadi. 
    69-jadval
    Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar tahlili 
     
    Hisobot yili 
    Ko‘rsatkichlar 
    O‘tgan yili 
    Biznes-rejada Haqiqatda 
    1. Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab 
    chiqarish tannarxi, ming so‘mda 
    1227503 
    1374356 
    1975926 
    2. Tovar mahsulotining solishtirma ulgurji 
    bahosi, ming so‘mda 
    2113430 
    2198763 
    2553967 
    3. Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun 
    qilingan xarajatlar, tiyin hisobida
    58,08 
    62,51 
    77,37 
    70-jadval
    Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlarni pasaytirish 
    bo‘yicha biznes-rejasining bajarilishi tahlili 
    Ko‘rsatkichlar 
    Summa 
    1. Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlar, tiyin hisobida: 
    - O‘tgan yil 
    58,08 
    - Hisobot yil: 
    · 
    Biznes-reja bo‘yicha 
    62,51 
    · 
    Haqiqatda 
    77,37 
    2. O‘tgan yildan farqi: 
    · 
    tiyin hisobida 
    +19,29 
    · 
    foiz hisobida 
    +33,21 
    3. Rejadan farqi: 
    · 
    tiyin hisobida 
    +14,86 
    · 
    foiz hisobida 
    +23,77 
    4. Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatdan olingan iqtisod (-) 
    yoki sarflangan ortiqcha xarajat, ming so‘mda
    +379519,5 
     
    Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik 
    subyektida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har so‘mi uchun 
    qilingan xarajat hisobot davrida 77,37 tiyinni tashkil etib, o‘tgan yilga 
    nisbatan 19,29 tiyinga yoki 33,21 %ga, biznes-rejaga nisbatan esa 14,86 
    tiyinga yoki 23,77 %ga ko‘paygan. Xarajatlarning bunday tartibda 
    ortishi korxonaning rentabelligini pasaytirib yuboradi. O‘rganilayotgan 
    davrda har bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat biznes-
    rejaga nisbatan 14,86 tiyinga ortishi hisobiga korxona bo‘yicha ortiqcha 


    269
    379519,5 ming so‘mlik xarajat qilinishiga yo‘l qo‘yilgan. Agarda 
    korxona o‘rganilayotgan davrda har bir so‘mlik mahsulot uchun ortiqcha 
    14,86 tiyin xarajat qilinishiga yo‘l qo‘ymaganda edi korxonaning 
    oladigan daromadi shuncha so‘mga ortgan bo‘lardi. 
    Tahlil davomida 1 so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarni 
    rejaga, o‘tgan yildagiga nisbatan o‘zgarish sababalari va unga 
    quyidagi omillarni ta’sirini aniqlash lozim. 
    1. Mahsulot strukturasi va assortimenti o‘zgarishi. 
    2. Xomashyo yoqilg‘i energiya bahosini o‘zgarishi. 
    3. Mahsulot bahosini o‘zgarishi. 
    Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarni o‘tgan yil, hisobot 
    yilining rejasiga nisbatan o‘zgarishiga, ta’sir etuvchi omillarni quyidagi 
    2-chizmada keltiramiz. 
     
    28-chizma. Bir so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlarga ta’sir etuvchi 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bir so‘mlik tovar Ishlab chiqarish tannarxi

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish