• Tahlil etishda haqiqiy materiallar xarajati reja bilan taqqos- lanib ular o‘rtasidagi farqiga quyidagi omillar ta’siri hisoblanadi.
  • Buning uchun materiallar xarajati 3 xil ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim.
  •  Material xarajatlariga «sarf me’yori» va «material bahosi»




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet190/436
    Sana05.01.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #130885
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   436
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

    8.8. Material xarajatlariga «sarf me’yori» va «material bahosi» 
    o‘zgarishi ta’sirining tahlili 
     
    Ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibida asosiy ulushni bevosita 
    material xarajatlari tashkil etadi. Ularning salmog‘i ayrim sanoat 
    korxonalarida salkam 60-80 % tashkil etadi. Shu jihatdan, material 
    xarajatlarining o‘zgarishi va o‘zgarish sabablarini o‘rganishdagi muhim 
    vazifa, ularni (mahsulot hajmining kamayishiga yo‘l qo‘ymagan holda) 
    iqtisod qilish va ulardan samarali foydalanishdir. Yengil sanoatda 
    mahsulot tannarxida materiallar xarajati yuqori salmoqqa (60-80 %) ega. 
    Shu bois tannarxni pasaytirish rezervlarini aniqlash maqsadida material 
    xarajatini rejaga nisbatan o‘zgarish sabablari aniqlanmog‘i lozim. Tahlil 
    uchun kerakli ma’lumotlar «Mahsulot kalkulatsiyasi»dan olinadi. Bu 
    hisobot shaklida mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan 
    materiallar turlari, ularni miqdori, material bahosi keltirilgan. Mahsulot 
    birligi uchun sarflangan materiallar xarajatini aniqlash uchun mahsulot 
    birligiga sarflangan materiallar miqdorini material bahosiga ko‘paytirish 
    lozim. Tahlil etishda haqiqiy materiallar xarajati reja bilan taqqos-
    lanib ular o‘rtasidagi farqiga quyidagi omillar ta’siri hisoblanadi.
    1. Materiallar miqdorini o‘zgarishi (sarf me’yori). 
    2. Materiallar bahosini o‘zgarishi (bahoni o‘zgarishi). 
    Bu omillarni materiallar xarajatiga bo‘lgan ta’sirini zanjirli 


    278
    bog‘lanish usuli orqali aniqlash mumkin. Buning uchun materiallar 
    xarajati 3 xil ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim.
    1. Rejadagi materiallar xarajati (rejadagi sarf me’yori rejadagi 
    bahoda). 
    2. Haqiqiy materiallar xarajati ( haqiqiy sarf me’yori haqiqiy 
    bahoda). 
    3. Shartli material xarajati (haqiqiy sarf me’yori rejadagi material 
    bahosi bo‘yicha). 
    Har 3 ko‘rsatkichni bir-biri bilan taqqoslash orqali materiallar xara-
    jatiga sarf me’yorini hamda material bahosining o‘zgarishini ta’siri hi-
    soblab topiladi. Materiallarning o‘rindosh qiymatlari bilan almash-
    tirilishi va hokazo omillar ta’siri ham, albatta, ushbu ikki omil ta’sirida 
    hisob-kitob qilinadi. Omillar ta’sirini aniqlashda iqtisodiy tahlilning 
    bog‘lanish va aloqadorlik uchun mos bo‘lgan usullari qo‘llaniladi.
    Material xarajatlar mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi 
    o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Shu sababli ularning o‘zgarishini 
    o‘rganishda, albatta, o‘zaro aloqadorlik darajasiga ham ahamiyat berish 
    talab etiladi. Bunda har bir so‘mlik mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan 
    yoki ishlab chiqarish xarajatlarining material sig‘imi ko‘rsatkichlariga 
    muhim e’tibor berilishi lozim.
    Material xarajatlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning bir necha 
    jihatini keltirish mumkin, lekin hisob-kitob qilinadigan ikki omilni 
    farqlash lozim. Bular, material xarajatlar sarf me’yori hamda material 
    xarajatlar bahosining o‘zgarishidir. Barcha omillar ta’sirini shu ikki omil 
    vositasida hisoblash mumkin. Bu yerda me’yor o‘zgarishiga miqdoriy 
    birlik, baho ta’sirini esa sifat birligi deb qaralishi ham mumkin. 
    76-jadval 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   436




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Material xarajatlariga «sarf me’yori» va «material bahosi»

    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish