Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/436
Sana05.01.2024
Hajmi2,53 Mb.
#130885
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   436
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc

8.9. Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir 
etuvchi omillar tahlili 
 
Alohida mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini 
hisobga olish va mahsulotlar tannarxini aniqlash, moliyaviy natijaga 
daxldor bo‘lgan elementlarni iqtisodiy jarayonlarning turi, o‘rni, joyi va 
javobgarlik bo‘yicha hisobga olinishi va nazorat qilinishi korxonaning 
moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda muhim hisoblanadi. Alohida 
olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini aniqlashga hisob-kitob-
larning muhim obyekti sifatida qaraladi. Bunda mahsulot tannarxining 
to‘g‘ri aniqlanishiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlar tannarxini aniqlash 
va hisobga olish, moliyaviy natijaviylikni tarkibli o‘rganish bilan birga, 
foydaning shakllanish qatorlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Bir 
xildagi mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarda mahsulot 
tannarxini qiyosiy tahlili va uning natijalari iqtisodiy samaradorlik 
ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi. 
Alohida olingan mahsulotlar tannarxining tahlili xarajatlarni iqtiso-
diy elementlari bo‘yicha emas, balki, xarajat moddalari bo‘yicha o‘rga-
nishni, ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho 
berishni hamda o‘zgarish sabablarini o‘rganishni tavsiflaydi. Mahsulot 
ishlab chiqarishning kalkulatsiya moddalari ishlab chiqarish va texnolo-
giya jarayonlari xususiyatiga bog‘liq. Sanoat korxonalaridagi kalkulatsi-
ya moddalari tarkibini bir xil ko‘rinishga ega bo‘lishi tannarxni umumiy 
hajmda va moddalari bo‘yicha tahlil etish imkoniyati tug‘iladi. Bunday 
tahlil bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot birligiga belgilanadigan 
narxni aniqlashda foyda va rentabellikni oshrishda muhim o‘rin tutadi. 
Mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxiga va uning o‘zgarishiga ta’sir 
etuvchi omillarni xarajat moddalarining har bir turi bo‘yicha alohida tar-
kiblash mumkin. Masalan, material xarajatlari yoki xomashyo xarajatlari 
qatori bo‘yicha xarajatlar o‘zgarishiga moddiy sarflar me’yorining 
o‘zgarishi, ularni sotib olish baholarining o‘zgarishi ta’sir qilsa, mehnat 
haqi xarajatlarining o‘zgarishida ishchilar soni va bir xodimga to‘g‘ri 
keladigan ish haqlarining o‘zgarishi ta’sir qiladi. Amortizatsiya xarajat-
lari bo‘yicha ham xuddi shu shaklda tarkiblashni aytib o‘tish mumkin, 
ya’ni amortizatsiyalangan qiymatning o‘zgarishi, amortizatsiya me’yor-
lari, shuningdek, amortizatsiya ajratmalari ajratiladigan asosiy vositalar 
turi, salmog‘iga bog‘liq va hokazolar. Omillar ta’sirini aniqlashda har 
bir ta’sir birligi alohida va boshqa omillar ta’sirisiz o‘rganiladi. 
 


281
78-jadval

Download 2,53 Mb.
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   436




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish