279
Oshxona servizini ishlab chiqarish
uchun materiallar xarajati
33841,4 so‘mni tashkil etib biznes-rejaga nisbatan 600,4 so‘m
ortiqcha
sarfga yo‘l qo‘yilgan. Materiallar xarajatini o‘zgarishiga omillar ta’sirini
zanjirli bog‘lanish usuli orqali aniqlaymiz.
77-jadval
Materiallar xarajatiga «sarf me’yori» va «material bahosi»
o‘zgarishlarining ta’siri tahlili
Materiallar xarajati, so‘m
Farqi (+,-)
shu jumladan
o‘zgarishi
Materiallar
Reja,
rejadagi
sarf me’-
yori reja
bahosida
Haqiqatda,
haqiqiy
sarf me’-
yori ha-
qiqiy
bahoda
Shartli,
haqiqiy
sarf me’-
yori reja
bahosida
Jami:
gr2 –
gr1
sarf
me’yori
gr3-gr1
material
bahosi
gr2-gr3
Loy
5122,1
5250
5351,5
+127,9 +229,4
-101,5
Kaolin
20754
21058,8
20890,9
+304,8 +136,9
+167,9
Dala shpati
480
480
480
-
-
-
Kvars
6440,9
6592,6
6559,3
+151,7 +1184
+33,3
Pechmatit
444
460
460
+16
+16
-
Jami:
33241
33841,4
33741,7
+600,4 +500,7
+99,7
Sarf me’yoriga rioya qilmaslik tufayli
materiallar xarajati rejaga
nisbatan 500,7 so‘mga ortgan. Barcha material turlari bo‘yicha mahsulot
birligi uchun sarflangan materiallar miqdori
rejaga nisbatan yuqori
bo‘lgan. Materiallar bahosining o‘zgarishi tufayli materiallar xarajati
99,7 so‘mga ortgan.
Mahsulot tannarxidagi materiallar xarajatlarini
pasaytirish uchun
qimmatbaho materiallarni arzoni bilan almashtirish (
mahsulot sifatiga
putur yetkazmagan holda), ikkilamchi
resurslardan keng foydalanish,
xomashyoga ishlov beruvchi zamonaviy ilg‘or
texnologiyalarni joriy
etish, materiallarni transport – tayyorlov xarajatlarini
pasaytirishning
optimal variantlarini qo‘llash, kadrlar malakasini oshirish lozim.
Sarf me’yorining o‘zgarishiga, asosan, quyidagilar ta’sir ko‘rsa-
tishi mumkin:
1. Dastgohlar texnik jihatdan nosozligi.
2. Xomashyo sifati.
3. Ishchining malakasi.
Material bahosi o‘zgarishiga quyidagi sabablar ta’sir ko‘rsatadi:
1. Xomashyo yetkazuvchi bazalarni uzoq yoki yaqin joylashganligi.
2. Transport turlarini o‘zgarishi.
3. Davlat tomonidan material narxini o‘zgartirilishi.