273
8.6. Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlarining
tahlili
Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida har bir korxona
maqsadlarini amalga oshirilishida asosiy omil inson, ya’ni korxona
xodimlaridir. Korxona xodimlarining moddiy va ma’naviy manfaat-
dorligi esa ish samaradorligini oshishiga olib keladi.
Iste’mol fondi xarajatlari deganda korxonada band bo‘lgan xodimlar
va ular nomidan to‘lanadigan xarajatlar tushuniladi. Bunga, mehnat haqi
sifatida hisoblanadigan va to‘lanadigan xarajatlar, to‘lovlar, rag‘bat-
lantirishlar kiritiladi. Xodimlar nomidan to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga
ularning ishga qatnashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar,
kiyim-kechaklar, kommunal xizmat va uy-joy uchun to‘lovlar, ularni
o‘qitish bilan bog‘liq, shu kabi va boshqa to‘lovlar kiritiladi.