|
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc Pdf ko'rish
|
bet | 183/436 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 2,53 Mb. | | #130885 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv docomillar.
Bir so‘mlik mahsulot
uchun xarajat
Mahsulot birligi uchun
xarajat
Boshqa xarajat
moddalari
Mahsulotga bo’lgan
talabni o’zgarishi
Materiallar tarkibidagi
strukturaviy
o‘zgarishlar
Bevosita mehnat haqi
xarajatlari
Mahsulot sifatini
o‘zgarishi
Ayrim moddiy resurslar
bahosi va tarifi
Bevosita materiallar
xarajati
Mahsulot bahosi
Materiallar bahosi
Transport tayyorlov
xarajatlari
Soliq stavkalarini
o‘zgarishi
270
8.5. Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementi va
kalkulatsion moddalari bo‘yicha tahlili
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tahlil etishning uslu-
biy va me’yoriy shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomo-
nidan 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan 54-sonli «Mahsulot (bajarilgan
ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish
bajarish va xizmat ko‘rsatish) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari
tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi
Nizom (o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holda) bilan belgilanadi.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish
maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo‘nalishlari
bo‘yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha;
2. Xarajatlarning kalkulatsion moddalari bo‘yicha.
Xarajatlarni elementi bo‘yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularni
strukturasi, dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat
turlarini nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish va tahlil
etish, oborot mablag‘larini tezligini aniqlash va milliy daromadni
hisoblash imkoniyati tug‘iladi.
Xarajatlarni elementlari bo‘yicha tahlil natijalariga muvofiq
material sig‘imi, mehnat sig‘imi va fond sig‘imi darajalari bo‘yicha
tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir xarajat elementning tutgan
salmog‘i aniqlanib, o‘tgan yildagisi hamda smetadagi ko‘rsatkichlar
bilan taqqoslanadi va bu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
Mahsulotlarning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari
tarkibini iqtisodiy elementlari va moddalari bo‘yicha quyidagi tarkibda
berish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulatsion
moddalari bo‘yicha o‘rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni bo‘limlar va
korxona bo‘yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo‘yicha
o‘rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo‘yicha esa ishlab chiqarish
xarajatlari kalkulatsiya moddalari asosida ko‘rib chiqiladi. Tahlil etishda
ishlab chiqarish xarajatlarining jami o‘zgarishi va uning tarkibi bo‘yicha
o‘zgarishlari mutlaq va nisbiy jihatdan o‘rganiladi. Nisbiy jihatdan
o‘rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog‘iga baho beriladi.
|
| |