|
Kompyuterli ta’limning didaktik vositalari
|
bet | 7/9 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #136192 |
Bog'liq 2-ma\'ruza PDV 3-kurs Dasturlash tili — inson tomonidan yozilgan ko’rsatmalarni mashina tiliga o’giruvchi va kompyuter qayta ishlagan natijalarni inson tushunadigan ko’rinishda tasvirlovchi maxsus dastur. Hozirgi kompyuterlar inson so’zlashadigan o’zbek, rus, ingliz yoki boshqa biror tilda yozilgan ko’rsatmalarni bajara oladigan darajada takomillashgan emas. Shu bois kompyuterga mo’ljallangan ko’rsatmalar u tushunadigan tilda yozilishi zarur. Bu maqsadda dasturlash tili deb nomlanuvchi sun‘iy tillar qo’llaniladi. Ular vositasida turli masalalarni hal qilishga qaratilgan dasturlar yaratiladi. Dasturlash tili — inson tomonidan yozilgan ko’rsatmalarni mashina tiliga o’giruvchi va kompyuter qayta ishlagan natijalarni inson tushunadigan ko’rinishda tasvirlovchi maxsus dastur. Hozirgi kompyuterlar inson so’zlashadigan o’zbek, rus, ingliz yoki boshqa biror tilda yozilgan ko’rsatmalarni bajara oladigan darajada takomillashgan emas. Shu bois kompyuterga mo’ljallangan ko’rsatmalar u tushunadigan tilda yozilishi zarur. Bu maqsadda dasturlash tili deb nomlanuvchi sun‘iy tillar qo’llaniladi. Ular vositasida turli masalalarni hal qilishga qaratilgan dasturlar yaratiladi. Dastur deganda, berilgan masalani yechishga mo’ljallab biror dasturlash tilida yozilgan ko’rsatmalar ketma-ketligi tushuniladi. Dasturning bir necha o’nlab turlari mavjud bo’lib, ular inson faoliyati bilan bog’liq turli vazifalarni bajarish va bu bilan odamlar mehnatini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Dasturlarning ta‘lim jarayonida qo’llaniladigan turi pedagogik dastur vositalari deb nomlanadi. Pedagogik dastur vositasi — o’quvchilarga bilim berish maqsadida foydalaniladigan kompyuter dasturlari majmui. Ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish ana shunday dastur vositalarida modellashtirilgan ta‘lim jarayoni, ya‘ni o’qitish, o’qish faoliyati va ular orasidagi bog’lanishlar asosida amalga oshiriladi. PDVlarda faqat dars jarayonida namoyish qilinadigan kadr yoki muloqotlar mazmuni emas, balki darsdan oldin va keyin kechadigan jarayonlar ham modellashtirilgan bo’ladi.
|
| |