|
Motivatsiya nazariyalari
|
bet | 3/5 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 20,95 Kb. | | #159645 |
Bog'liq Motivatsiya nazariyalari-fayllar.orgFrederik Gersbergning motivatsiya nazariyasi boisiy tozalanish (motivatsionnaya
gigiena) deb yuritilib, uning asosida qoniqish keltiruvchi mehnat ruhiy sog‘lom bo‘lishga ham hamkorlik ko‘rsatadi, degan fikr yotadi. U quyidagi ikki guruh omillarga e’tiborni qaratadi
3-jadval
Yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirish usullari
T/ r
|
Ehtiyojlar
|
Ehtiyojlarni qondirish usullari
|
1.
|
Ijtimoiy
ehtiyojlar
|
• xodimlarga shunday ish beringki, ular bir-biri bilan aloqada bo‘lish imkoni
bo‘lsin;
• ish joylarida birdamlik ruhi, mushtaraklik tuyg‘usini yarating;
• qo‘l ostidagilar bilan davriy kengashlarni o‘gkazib turing;
• noformal guruhlarni “tinchitish”ga harakat qilmang, (agar uning korxona
mavqesiga ta’siri bo‘lmasa);
• xodimlarga korxona doirasidan tashqarida ham sotsial faollik qilishga imkon
bering.
|
2.
|
Hurmatga
bo‘lgan ehtiyoj
|
• qo‘l ostidagilarga mazmunliroq ishni taklif qiling;
• xodimlarning erishgan yutuqlari bilan aks aloqani ta’minlang;
• xodimlar yutuqlarini yuqori baholang va rag‘batlantiring;
• xodimlarni maqsadni aniqlashga va qaror qabul qilishga taklif qiling;
• qo‘l ostidagilarga vakolat va huquq bering;
• qo‘l ostidagilarni amal pillapoyalari sari ko‘taring.
|
3.
|
O‘zligini
isbotlashga
bo‘lgan
ehtiyojlar
|
• qo‘l ostidagilarning o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi uchun ularning
o‘qishiga sharoit yaratib bering;
• qo‘l ostidagilarga murakkab va muhim ish bering, toki ular butun vujudini berib
ishlasin;
• qo‘l ostidagilarning tashabbusini rivojlantiring va rag‘batlantiring.
|
4-jadval
Ishdan qoniqish omillari
T/r
|
Boisiy omillar (qoniqmaslik manbalari)
|
T/r
|
Motivatsiya (yuqori qoniqtirish manbalari)
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
|
Korxona va ma’muriyat siyosati
Mehnat sharoiti
Ish haqi
Ishchilar bilan o‘zaro munosabat
Mehnat xavfsizligi
Mehnat intizomini nazorat qilish
darajasi
|
1.
2.
3.
4.
5.
|
Yutuqlarga erishish
Xizmat pillapoyalari bo‘yicha ko‘tarilish
Yuqori mas’uliyat
Natijani tan olish va qo‘llab-quvvatlash
Ijodiy va xizmat doirasida o‘sish imkoniyati
|
|
| |