• Laboratoriya sharoitida o’tkaziladigan selektiv tozalashni (ekstraksiya) davriy jarayoni
  • Moyli fraksiyalar va deasfaltizatlarni selektiv tozalash




    Download 212,96 Kb.
    bet2/4
    Sana11.07.2024
    Hajmi212,96 Kb.
    #267336
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4- laboratoriya ishi

    Seliktiv tozalashning zaruriy sharti ikki fazali tizimni mavjud bo’lishi hisoblanadi, ya’ni yengil faza (rafinatli eritma) va og’ir faza (ekstraktli eritma)dir. Tozalashning yuqori harorat chegarasi eritishni kritik haroratsi bilan aniqlanadi, undan yuqori haroratda erituvchi va eriydigan mahsulot istalgan nisbatda bir fazali tizim hosil qiladi. Neft mahsulotlarini anilin nuqtasini aniqlashdagidek, eritish kritik haroratsi taxminan aniqlanadi. Tozalash haroratsini tanlash vaqtida eritishni kritik haroratsiga asoslaniladi va tozalash erituvchini xom-ashyoga ko’ra karrasi tanlangandagi kritik haroratsidan 10-15 0C past haroratda o’tkaziladi.

    Moy ishlab chiqarishda selektiv tozalash jarayonlari ancha keng tarqalgan, bunda asosiy erituvchilar fenol va furfurol hisoblanadi. Bundan tashqari tanlab erituvchilar (etilenglikollar, sul’folan va boshqalar) neft kimyo sintezi uchun zarur bo’lgan aromatik uglevodorodlarni neft xom-ashyosidan ajratishda ham qo’llaniladi. Zavod sharoitida selektiv tozalash to’xtovsiz harakatdagi jihozlarda (kolonnalarda, markazdan qochma ekstraktor va boshqalar) o’tkaziladi.

    Laboratoriya sharoitida o’tkaziladigan selektiv tozalashni (ekstraksiya) davriy jarayoni

    Laboratoriya sharoitida selektiv tozalashni eng sodda va qulay usuli davriy ekstraksiyalash hisoblanadi. ekstraksiyalash tozalanadigan xom-ashyoni bir yoki ko’p martali qayta ishlovchi selektiv erituvchilar bilan amalga oshiriladi. Laboratoriya amaliyotida shuningdek teskari oqimli – davriy ekstraksiya keng qo’llaniladi.

    Davriy ekstraksiyalashda quyidagi ishlar bajariladi: tanlangan ektraksiya haroratsida xom-ashyo bilan erituvchini aralashtirish; shu haroratda aralashmani tindirish; rafinatli va ekstraktli eritma tarkibidan erituvchini haydab chiqarish. Aralashtirish va tindirish davomiyligi erituvchi va xom-ashyo nisbatlaridan hamda xossalariga bog’liq holda bo’ladi.

    Jihozlarda amalga oshiriladigan davriy ekstraksiyaning bir ko’rinishi rasmda tasvirlangan. U qotiriladigan qopqoqli po’lat ekstraktor (2) avtomatik trasformator (LATR) yordamida harorat sozlanadigan elektr qizdirgichli (7) suvli yoki moyli hammomdan tarkib topgan. ekstraktor yuqori qismida moy tiqinli (zatvor) (4) aralashtirigich (1) o’rnatilgan. Unga elektromotor orqali harakat beriladi. ekstraktorni yuqorisini bir yon tomonida teskari sovutgich (3) tiqinda o’rnatilgan. Shu kirish joyiga qadoq (voronka) qo’yiladi va u orqali xom-ashyo va erituvchi quyiladi. Boshqa yuqori kirish joyga termometr 5 yoki termopara uchun cho’ntak (karman) o’rnatiladi. ekstraktorni pastki konussimon qismi chiqarish jo’mragi (8) bilan tugaydi, u orqali ekstraktli va rafinatli eritmalar to’kib olinadi.


    Download 212,96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 212,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moyli fraksiyalar va deasfaltizatlarni selektiv tozalash

    Download 212,96 Kb.