|
Moyli fraksiyalar va deasfaltizatlarni selektiv tozalash
|
bet | 3/4 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 212,96 Kb. | | #267336 |
Bog'liq 4- laboratoriya ishiJihozlarda amalga oshiriladigan davriy ekstraksiyaning bir ko’rinishi rasmda tasvirlangan. U qotiriladigan qopqoqli po’lat ekstraktor (2) avtomatik trasformator (LATR) yordamida harorat sozlanadigan elektr qizdirgichli (7) suvli yoki moyli hammomdan tarkib topgan. ekstraktor yuqori qismida moy tiqinli (zatvor) (4) aralashtirigich (1) o’rnatilgan. Unga elektromotor orqali harakat beriladi. ekstraktorni yuqorisini bir yon tomonida teskari sovutgich (3) tiqinda o’rnatilgan. Shu kirish joyiga qadoq (voronka) qo’yiladi va u orqali xom-ashyo va erituvchi quyiladi. Boshqa yuqori kirish joyga termometr 5 yoki termopara uchun cho’ntak (karman) o’rnatiladi. ekstraktorni pastki konussimon qismi chiqarish jo’mragi (8) bilan tugaydi, u orqali ekstraktli va rafinatli eritmalar to’kib olinadi.
Davriy selektiv tozalashdagi jihoz sxemasi:
1- aralashtirgich, 2-suvli g’iloflari yo’nalishli sovutgich; 3-ekstraktor, 4-moyli, tiqin(zatvor); 5-termometr, 6-qizdirish hammomi, 7-elektr o’ram, 8-to’kish jo’mragi.
Erituvchi yordamida xom-ashyoni bir karrali ishlov berishidagi davriy ekstraksiyalash Ekstraktorga o’lchangan xom-ashyo va kerakli miqdorda erituvchi solinadi va so’ngra qizdirg’ich va aralashtirgich qo’shiladi. Termostatdagi suv yoki moy asta-sekin talab etilgan haroratgacha (5-8 0C ekstraksiyalanish haroratdagi yuqori) qizdiriladi. 20-40 minut davomida aralashtirilgandan va ekstraksiya haroratsida 30-60 minut davomida aralashma tindirilgandan keyin pastki to’kish jo’mragi orqali ekstraktli eritma to’kiladi. So’ngra alohida kolbaga rafinatli eritma chiqariladi. eritmalarning massalari aniqlanadi, ulardan erituvchi haydaladi so’ngra rafinat va ekstrakt massasi aniqlanadi, shuningdek ulardan haydalgan erituvchi massasi ham. Xom-ashyo bo’yicha va erituvchi bo’yicha tozalash jarayoni material balanslari tuziladi. Rafinat va ekstraktni, xom-ashyo tahlili o’tkaziladi. Ularning zichligi, nur sindirish ko’rsatkichi (rafinat uchun), 50-100 0C dagi qovushqoqligi, kokslanishi, qotish va alangalanish haroratlari aniqlanadi.
|
| |