• Ekstraksiya birinchi bosqichi.
  • Ekstraksiya ikkinchi bosqichi.
  • Ekstraksiya uchinchi bosqichi.
  • So’ngra material balans tuziladi, xom-ashyo va olingan mahsulotlar tahlil qilinadi.
  • Erituvchi yordamida xom-ashyoni uch karrali ishlov berishdagi davriy ekstraksiyalash




    Download 212,96 Kb.
    bet4/4
    Sana11.07.2024
    Hajmi212,96 Kb.
    #267336
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4- laboratoriya ishi

    Erituvchi yordamida xom-ashyoni uch karrali ishlov berishdagi davriy ekstraksiyalash

    Uch bosqichli tozalashda birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqich ekstraksiyalash haroratlari to’xtovsiz tozalashdagi ekstraksion kolonnalar yuqorisidagi, o’rtasidagi va pastidagi haroratlarga muvofiq qabul qilinadi. Tozalashda qo’llaniladigan erituvchilar (furfurol, suvsiz fenol va boshqalar.) teng ma’lum miqdorda tozalanishning har bir bosqichda beriladi. Fenoldagi suv miqdori tozalanadigan xom-ashyo turniga bog’liq holda 3 dan 18 % gacha (og’ir yuqori qovushqoqli mahsulotda 3-5%, kam qovushqoqli mahsulotda-18 % gacha) bo’ladi.

    Ekstraksiya birinchi bosqichi.

    Ekstraktorga tozalanadigan xom-ashyo va 1/3 hajmda tozalash uchun zarur bo’lgan erituvchi solinadi. Ekstraktordagilarni aralashtirish vaqtida shu bosqichda talab etiladigan haroratgacha qizdiriladi. 30 minut aralashtiriladi va 40-45 minut tindirishdan keyin shu haroratda ekstrakt to’kib olinadi, rafinatli qismi esa erituvchi bilan ikkinchi bosqich ekstraksiyalash uchun yana ishlov berishga o’tkaziladi.

    Ekstraksiya ikkinchi bosqichi.

    Ekstraktorda birinchi bosqichdan qolgan rafinat eritmasi ikkinchisi ma’lum miqdordagi erituvchi bilan aralashtiriladi, ekstraksiyaning ikkinchi bosqich haroratsigacha qizdiriladi va shu haroratda 30 minut aralashtiriladi va 40-45 minut tindirilgandan so’ng ekstraktli eritma to’kib olinadi, rafinatli eritma esa keyingi ishlovga qo’yiladi.

    Ekstraksiya uchinchi bosqichi.

    Ekstraksiyaning uchinchi bosqichida oldingi ishlar takrorlanadi, jarayon faqat biroz yuqori haroratda o’tkaziladi. Uchinchi bosqich tozalashda olingan rafinatli eritmani va ekstraksiyaning har bir bosqichida olingan eritmalardan erituvchi haydaladi.

    So’ngra material balans tuziladi, xom-ashyo va olingan mahsulotlar tahlil qilinadi.

    Nazorat savollari

    • 1. Laboratorya jihozlarini tushuntiring?
    • 2. Nima mahsulot selektiv tozalanadi?
    • 3. Tozalanadigan xom-ashyoningqaysi siflari inobatga olinadi?
    • 4. Laboratorya uchun kimyoviy tarkibi ahamiyatga egami?
    • 5. Erituvchi eriydigan moddani qanday biriktirish hisobiga tozalaydi/
    • 6. Laboratoryada ko’proq qaysi erituvchi samarali?
    • 7. Laboratoryada latr jihozining vazifasi?
    • 8. Laboratoryada mahsulot hajmi kamaygan sari harorat o’zgarishi?

    Download 212,96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 212,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Erituvchi yordamida xom-ashyoni uch karrali ishlov berishdagi davriy ekstraksiyalash

    Download 212,96 Kb.