|
Asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs
|
bet | 6/15 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 205,02 Kb. | | #230489 |
Bog'liq MTSSH oxirgi versiyaAsosiy faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs: Talabgorlar va tizim administratorlari.
Ssenariyni bajarish tartibi:
Talabgorlar https://mandat.uzbmb.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Tizim ma’lumotlarni qayta ishlaydi, shakllantirilgan ariza shaklini foydalanuvchining shaxsiy kabinetida aks ettiradi va ushbu maqola yoki testlarni ishchi komissiyaga ko’rib chiqish uchun yuboradi.
Ishchi komissiyasi maqola yoki umumta’lim hamda chet tili fanlaridan test savollarni ko‘rib chiqadi.
Foydalanuvchilar tizimga yuklagan va talabga javob bergan maqola yoki umumta’lim hamda chet tili fanlaridan test savollari aniqlangandan keyin Tizim foydalanuvchining shaxsiy kabinetida tegishli bildirishnomani aks ettiradi.
Foydalanuvchilar o‘z maqolalarini https://mandat.uzbmb.uz/ saytida nashr etilgan jurnallar bo‘limidan ko‘rishlari mumkin.
Foydalanuvchilar o‘zlari yuborgan umumta’lim hamda chet tili fanlaridan test savollarini nechtasi ekspertizadan o‘tgan yoki o‘tmaganlgini shaxsiy kabinetidan ko‘radilar.
Ssenariyni bajarish uchun vaqt reglamenti:
Murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari Bilimni baholash agentligining 2023-yil 5-apreldagi 01-165-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi.
Kirish ma’lumotlari: Talabgorlarga tegishli familiya, ism, otasini ismi, e-mail, foydalanuvchi nomi va tizimga kirishlari uchun parol.
Chiqish ma’lumotlari: Foydalanuvchiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar.
Ehtimoliy kengaytirishlar: Ko‘zda tutilmagan.
“C2” Maqolalarni tekshirish: Foydalanuvchi(muallif) tomonidan tizimga yuklangan maqolalar muharrir va taqrizchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ishga tushirish shartlari: AT ga ruxsat etilgan tizim administrator va muharrirlargina foydalanish huquqiga ega bo’ladi.
Asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs: Tizim administrator, muharrir va taqrizchilari.
|
| |