• 1.3. AT yaratishga asos bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati
  • 1.4. Ishlarni boshlash va tugatishning reja bo‘yicha muddatlari Boshlash – 01.05.2023y. Tugatish – 30.11.2024y. 1.5. Moliyalashtirish manbalari
  • 1.6. Ishlar natijalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi
  • 1.7. Atamalar, ta’riflar va qisqartmalar
  • 2. Tizimning vazifasi va yaratish maqsadlari
  • Tizimning yaratish maqsadlari
  • 3. Axborotlashtirish obyektining xarakteristikalari
  • 3.1. Axborotlashtirish obyektining kundalik holati
  • 3.2. Axborotlashtirish obyektining joriy holati
  • 3.3. ATni joriy qilish yordamida hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar
  • 4. ATga qo‘yiladigan talablar
  • Tizimning strukturasi va ishlashiga qo‘yiladigan talablar
  • Mtssh. B02-01 "tasdiqlayman"




    Download 205,02 Kb.
    bet4/15
    Sana14.05.2024
    Hajmi205,02 Kb.
    #230489
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    MTSSH oxirgi versiya

    Ishlab chiquvchi

    Bajaruvchi:

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o’quv amaliy markazi Manzili: 100202, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. Telefon raqamlari: +998 71 235 57 13 Faks raqami: +998 71 234 97 91 Elektron pochta manzili: digital@uzbmb.uz Moliya vazirligi g‘aznachiligi: STIR 201122919 Hisob raqami: 23402000300100001010 XKKM Bank bosh boshqarmasi MFO 00014 Toshkent sh. STIR 307823101 Shaxsiy hisob raqami: 400110860262667015100045001


    1.3. AT yaratishga asos bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati


    Axborot tizimini yaratishga quyidagi meʼyoriy hujjatlarga asoslanildi:

    • Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining 2023-yil 5-apreldagi
      01-165-son buyrug‘i.

    1.4. Ishlarni boshlash va tugatishning reja bo‘yicha muddatlari
    Boshlash – 01.05.2023y.
    Tugatish – 30.11.2024y.
    1.5. Moliyalashtirish manbalari
    Axborot tizimini yaratish va joriy etish uchun ajratiladigan mablag‘lar - Bilim va malakalarni baholash agentligining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
    1.6. Ishlar natijalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi
    Dastur to‘liq ishlab chiqilib, o‘rnatilgandan so‘ng ish yakunlanganligi haqida dalolatnoma tuziladi. Dastur uchun masʼul shaxslarga to‘liq ish jarayoni va dasturning ishlash prinsiplari tushuntirilgandan so‘ng, ish to‘liq yakunlanadi.
    1.7. Atamalar, ta’riflar va qisqartmalar
    1 jadval – Atamalar, ta’riflar va qisqartmalar



    Qisqartmalar va atamalar

    Ta’riflar

    1

    AT

    Axborot tizim

    2

    BBA

    Bilimlarni baholash agentligi

    3

    TT

    Texnik topshiriq

    4

    PostgreSQL

    Ma’lumotlar ombori

    5

    ID




    6







    2. Tizimning vazifasi va yaratish maqsadlari


    2.1. Tizimning vazifasi

    • tizim talabalar, o‘qituvchilar va pedagogik o‘lchovlarga oid nazariy va amaliy maqolalar yuborish istagida bo‘lgan mualliflar, umumta’lim va chet tillari fanlari o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan;

    • pedagogik o‘lchovlarga oid nazariy va amaliy maqolalarni onlayn qabul qilish;

    • pedagogik o‘lchovlarga oid nazariy va amaliy maqolalarni onlayn tahririyat a’zolari tekshiruvidan o‘tkazish;

    • tahririyatda tasdiqdan o‘tgan pedagogik o‘lchovlarga oid nazariy va amaliy maqolalarni onlayn chop etish;

    • umumta’lim va chet tillari fanlari bo‘yicha test savollarini onlayn ro‘yxatga olish;

    • onlayn ro‘yxatga olinga umumta’lim va chet tillari fanlari bo‘yicha test savollarini yagona ma’lumotlar bazasiga qo‘shish va statistikasini muntazam kuzatib borish;

    • yuborilgan umumta’lim va chet tillari fanlari bo‘yicha test savollarini onlayn ekspertlar tekshiruvidan o‘tkazish

    Mandat.uzbmb.uz saytining asosiy vazifasi 2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirishdir. Abituriyentlar ushbu sayt orqali oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlash orqali o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlar test natijalarini ham sayt orqali bilish imkoniyatiga ega​​.


    Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga 2023-2024-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.


    Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin.


    Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:


    abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;


    OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
    ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
    davlat granti asosidagi qabul rejasi;
    to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
    ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
    tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).
    Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.

      1. Tizimning yaratish maqsadlari

    Axborot tizimining maqsadi ilmiy maqolalarni va umumta’lim hamda chet tili fanlaridan test savollarini shakllantirish va jamlash xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish.
    Tizim pedagogik o‘lchovlarga oid nazariy va amaliy maqolalarni mualliflar tomonidan onlayn yuborish, taqrizchi hamda muharrir hulosalarini masofaviy olish va hulosa asosida taxrirlash, shuningdek umumta’lim va chet tillari fanlaridan test savollarini onlayn yuklab yagona bazaga jamlash uchun mo‘ljallangan.
    Axborot tizimi quyidagi maqsadlarda yaratilgan:

    • foydalanuvchilar uchun barcha xizmatlarni elektron interaktiv shaklga o‘tkazish;

    • pedagogik o‘lchovlarga oid nazariy va amaliy maqolalarni tahrirdan o‘tish jarayoni va shakllantiriladigan test topshiriqlarini yagona ma’lumotlar bazasiga jamlash va ish jarayonini avtomatlashtirish;

    AT ni yaratish natijasida quyidagilarga erishiladi:

    • pedagogik o‘lchovlarga oid nazariy va amaliy maqolalarni chop etish uchun sarflanadigan xarajatlar va ishchilar kuchi 100% ga qisqaradi;

    • elektron shaklga o‘tganligi bilan qog‘oz ko‘rinishdagi sarf-xarajatlar 50% ga qisqaradi;

    • umumta’lim va chet tillari fanlaridan test savollarini respublikamizning barcha viloyatlaridan onlayn yig‘ish va ekspertizadan o‘tkazish jarayoni 50% ga qisqaradi;

    3. Axborotlashtirish obyektining xarakteristikalari
    O‘zbekkiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Ilmiy maqolalar hamda test savollarini shakllantirish” axborot tizimida pedagogik o‘lchovlarga oid nazariy va amaliy maqolalar jamlangan holda chop etiladi. Shuningdek, umumta’lim va chet tillari fanlaridan test savollarini onlayn jamlash va amaliyotda qo‘llash.

    Axborot tizimida turli xil rukndagi maqolalar qabul qilinadi, jumladan:



    • Baholash uslubiyati;

    • Bilimlarni o‘lchash vositalari;

    • Xalqaro baholash tajribasi;

    • Bilimlarni baholash tarixi;

    • Bilimlarni baholashda statistik tahlil;

    Barcha qabul qilingan maqolalar jurnal yili va soniga ajratilgan holatda saqlanadi. Shuningdek, onlayn kelib tushgan savollar ekspertlar tekshiruvidan o‘tgan holda yagona, maxsus himoyalangan bazaga jamlanadi.


    3.1. Axborotlashtirish obyektining kundalik holati
    O‘zbekkiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatida onlayn maqola va umumta’lim va chet tillari fanlaridan test savollarini shakllantirish jarayoni quyidagilar hisoblanadi:

    • Axborotnoma ilmiy-uslubiy jurnaliga mualliflar maqola berish uchun, maqola MS Word fayl ko‘rinishida muharrirga taqdim qiladi. Muharrir uni taqrizchilarga yuboradi;

    • Taqrizchilarga kelgan maqolalar ko‘rib chiqiladi, unga taqriz yoziladi va muharrirga qaytarib yuboriladi;

    • Taqrizdan o‘tib kelgan maqolalar muharrir tahlildan o‘tadi, bitta faylga jamlangan holda, pdf formatga o‘tkaziladi va nashrga chop etish uchun bosmaga beriladi.

    • Umumta’lim va chet tillari fanlaridan test savollari Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida yopiq rejimda maxsus fan ekspertlari tomonidan tuziladi;

    • Tuzilgan test savollari tarqalib ketmasligi xavfsizlik nuqta’i nazaridan qattiq tekshiruvda elektron shaklda MS word fayl ko’rinishda yig‘iladi;

    • Yig‘ilgan test savollarini ekspertizadan o‘tkaziladi;

    • Ekspertizadan o‘tkazilgan test savollari abrobatsiyadan o‘tkaziladi;

    • Abrobatsiyadan o‘tgan va yaroqli deb topilgan test savollari bazasi shakllantiriladi.

    3.2. Axborotlashtirish obyektining joriy holati
    “Ilmiy maqolalar hamda test savollarini shakllantirish” axborot tizimining joriy holatida, mualliflar tizimdan ro‘yxatdan o‘tadi, maqolasini MS Word fayl ko‘rinishida tizimga yuklaydi, tizim yoki muharrir tomonidan tanlangan taqrizchi tomonidan masofaviy ravishda tekshiriladi va kerakli ma’lumotlar to‘ldirilib, muharrirga qayta yuboriladi.
    Mualliflar yuborgan maqolalar birinchi bosh muharrirga keladi va muharrir bu paytda quyidagi amallarni bajaradi:

    • Bosh muharrirga kelgan maqola pdf ko‘rinishda ochiladi va tekshirib ko‘riladi;

    • Agar maqola jurnal ruknlariga to‘g‘ri kelmasa yoki maqolada kamchiliklar bor bo‘lsa muallifga qaytarib yuboriladi;

    • Agar muallifni maqolasi jurnal ruknlariga to‘g‘ri kelsa va kamchiliklar bo‘lmasa, keyin maqolani taqrizchilarga yuboradi;

    Muharrir taqrizchilarni tanlashda 2 ta yo‘l bilan tanlaydi:



    • Tizimni o‘zi maqolani sohasiga mos taqrizchilarni ixtiyoriy tanlaydi;

    • Bosh muharrirni o‘zi taqrizchilarni tanlaydi.

    Xuddi shu tarzda onlayn test yuklash jarayoni davom etadi:



    • Yuklangan test savollari MS word fayl ekspertlarga tekshiruvdan o‘tish uchun yuboriladi;

    • Ekspertlar tekshiruvidan o‘tgan testlar yagona, maxsus himoyalangan bazaga jamlanadi;

    • Testni xavfsizligi ta’minlanadi.

    3.3. ATni joriy qilish yordamida hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolar
    1) Bosh muharrir maqolani qabul qilishi uchun telegram, pochta va boshqalardan foydalanmaydi va ortiqcha ovoragarchilikdan voz kechiladi.
    2) Bosh muharrir uchun taqrizlash jarayonini tizimda ko‘rish imkoniyati yaratiladi;
    3) Muallif yuborgan o‘z maqolasining taqrizlash jarayonidagi holatini tizimda ko‘raoladi.
    4) Administrator testlarni ekspertlar tekshiruvidan o‘tish jarayoni holatini tizimda ko‘raoladi
    5) Onlayn test savollarini yuklagan foydalanuvchi, yuborgan test savollarining nechtasi ekspertizadan o‘tganligi holatini tizimda ko‘raoladi.

    4. ATga qo‘yiladigan talablar


    4.1. Umuman ATga qo‘yiladigan talablar
    “Ilmiy maqolalar hamda test savollarini shakllantirish” axborot tizimi veb-texnologiyalar asosida yaratiladi. Jumladan, quyidagi dasturlash tillari va texnologiyalari asosida yaratiladi: Django, Postgresql, Bootstrap 4, Python dasturlash tili.

    Ishlab chiqiladigan axborot tizimi quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga oladi:



    • texnik topshiriqda ko‘zda tutilgan barcha vazifalarni bajarishi;

    • mijoz-server texnologiyasida ishlashi;

    • kelajakda tizimning funksional imkoniyatlari ko‘paytirilib, tizim takomillashtirib borilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi;

    • umumiy ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan bir qancha alohida modullar shaklida yaratilib, har bir modulni alohida takomillashtirish yoki qo‘shimcha modullar qo‘shish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lishi;

    • texnik vositalar va malakali texnik xizmat ko‘rsatishni optimal darajada talab qilishi;

    • foydalanuvchilar uchun qulay interfeysga ega bo‘lishi va ommabop dasturiy vositalar interfeyslariga o‘xshash bo‘lishi;

    • ma’lumotlarning ishonchli saqlanishini ta’minlashi;

    • tizimdagi ma’lumotlarini xavfsizligini ta’minlash;

    • ma’lumotlarning qulay va tushunarli ko‘rinishlarda aks ettirilishini ta’minlashi lozim.

    • -

    • -

    • -

    Tizimning ochiq qismida axborot tizimiga dahldor bo‘lgan umumfoydalaniladigan ma’lumotlar joylashtirilishi lozim.
    Tizimning yopiq qismi turli darajadagi huquqlarga ega bo‘lgan foydalanuvchilar tizimning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish uchun yagona kirish joyiga ega bo‘lishi lozim.
    Tizimning yopiq qismi axborot tizimi doirasida foydalaniladigan axborotlarning tartibli saqlanishi, avtomatik tarzda qayta ishlanishi va qulay interaktiv tahliliy shakllarda aks ettirilishini ta’minlashi hamda foydalanuvchilarning axborot bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilashga xizmat qilishi lozim.
    -
    Tizimning barcha foydalanuvchilari uchun, ularning hududiy va funksional farqlanishlaridan qat’iy nazar axborot tizimi yagona nusxada bo‘lishi lozim. Buning uchun axborot tizimda foydalanuvchilarning rollar bo‘yicha, shuningdek ilmiy darajalari va boshqa belgilari bo‘yicha turlarga ajratilgan bo‘lishi hamda ularning barchasi yagona tizim doirasida o‘zaro uyg‘unlikda, bir-biriga zararli ta’sir ko‘rsatmagan holda, mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.



        1. Tizimning strukturasi va ishlashiga qo‘yiladigan talablar


    Download 205,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 205,02 Kb.