212
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.
2-bola:
Charxning men ko'rmaganjabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko'nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Menixor etti-yu
qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o'zga muddaosi qoldimu?!
.
3-bola:
Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas emish ko’ngilni mehnatda kishi.
Ko’nglim bu g’ariblikda shod bo’lmadi-oh,
G’urbatda sevilmas albatta kishi.
Mana bolajonlar Bobur ruboiylaridan ham o’rganib oldik.Endi go’zal Andijonimizga sayohat
qilamiz.Andijon deganda ko’z oldimizda Bog’ishamoldagi Bog’i-Bobur
maskani va u yerdagi
Z.M.Bobur haykali hamda muzeyi namoyon boladi.
Andijonda yashab turib bu maskanga bormagan inson bo’lmasa kerak.U yerda sayohat
qilish,dam olish va o’ynash uchun barsha imkoniyatlar yaratilgan.
Bundan tashqari shahrimizda juda katta o’zgarishlar, qurilishlar va obodonlashtirish
ishlari olib
borilmoqda.
Shunga javoban biz bolajonlar buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo’lishga,ona yurtimizni
asrab-avaylashga harakat qilishimiz kerak.
Yuragimning ardog’isan
jon Andijonim,
Jannat yurtim ko’ksidagi duru-marjonim.
Beshik bo’lding qancha-qancha iste’dodlarga,
Ijod chashma bulog’isan ko’hna oshyonim.
Zahiriddin Muhammad Bobur- Andijon farzandi. Shuning uchun ham Andijon xalqi Boburni chuqur
hurmat va ehtirom bilan tilga oladi.
Andijonda Bobur xotirasini abadiylashtirish uchun Bobur jamg’armasi tashkil etilgan. Unga Z.Mashrabov
rahbarlik qiladi. Shaharning qoq markazida Bobur maydoni tashkil etilib unda adib haykali o’rnatilgan.
Bog’ishamol dahasida Bog’i Bobur va Bobur muzeyi tashkil etilgan. Qobul shahridagi Boburning qabridan
tuproq
keltirilib, Bog’i Boburda adibning ramziy qabri o’rnatilgan.
Andijon Davlat Universiteti, Andijon
viloyat markaziy kutubxonasi, ishlab chiqarish korxonalari, ko’plab
ko’chalar Z.M.Bobur nomi bilan ataladi.
Shoirlarimiz Bobur dardlarini unga hamohang tarzda kuylashmoqdalar.
Qalbimdan firoqing dardi ketmadi,
Ohim ko’kka etdi, senga etmadi.
Tuprog’ingni o’pib, ey Andijonim,
Bag’ringda o’lmoq ham nasib etmadi.