204
Qozog‘iston-.....qozoqlar
Turkmaniston-...turkmanlar
Afvg‘oniston-.....avg‘onlar
O‘zbekiston-.......o‘zbeklar (
yana qaytarilib aytila beradi).
Tarbiyachi: Endi bolajonlar yana bir ajoyib o‘yin o‘ynaymiz hozir ikki guruhga bo‘linib
olamiz. Bitta stol ustida 6ta qo‘shni davlatlar bayrog‘i yana bitta stolda yana 6 ta davlat
gerblari bor. Sizlar shu bayroq va gerblar qaysi davlatga mansub ekanligini topib berishlaring
kerak. Qani bo‘lmasam o‘yinimizni musiqa ostida boshladik.
O‘yin “Bayroq va gerbni qaysi Davlatniki ekanligini top!”
Tarbiyachi:
1.Bolajonlar nechta qo‘shni davlatlar bor ekan ?
2.Ular qaysi davlatlar ekan?
3.Biz qaerda yashaymiz?
4.Qo‘shni davlatlar deganda siz nimani tushunasiz?
5.Sizlarga ko‘proq nima yoqdi?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI:
1.O’zbekiston Rеspublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga
qo’yiladigan Davlat talablari”. 2018 yil 18 iyundagi 1-mh son qarori
2. O’zbеkiston Rеspublikasining Maktabgacha ta'lim vazirligining “Ilk qadam” davlat
o’quv dasturi 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori.
3.F.Voxobova, D. Zaynuddinova “Rivojlantiruvchi o`yinlar” Toshkent “Bekinmachoq-
plyus” 2009 yil
4.“MTT xujjatlari va ko’rgazmalari” telegram kanali
O’quv mashg’uloti rejasi
1“O’zbekistonning buyuk arboblari” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish
2 “O’zbekistonning buyuk arboblari” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish bo’yicha
mashg’ulot ishlanmasini tuzish va amaliy bajarish.
Xalq, haqiqat va nafosat o‘lmaydi,
ularni ardoqlagan, kuylagan ulug‘lar ham mangudir. Bobokalonlarimiz
Navoiy va Bobur ham o‘z asarlari orqali barhayotdir. Ular quyosh yang‘lig‘ so‘nmas sehrli badiiyat
yaratdi. Bu ikki zamondosh shoir o‘z asarlarida yuksak insoniy tuyg‘ularni tarannum etdi. Mana shunday
o‘lmas tuyg‘ulardan biri — bu Vatan tuyg‘usidir. Har ikki ijodkor lirik she’rlarida ham,
epik asarlarida
ham Vatan mavzusini mahorat bilan ulug‘ladi. Hatto Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn”
singari ilmiy asari ham yuksak vatanparvarlik ruhida yaratildi. O‘zini “vatanga rahnamoye” bilgan Navoiy
“Saddi Iskandariy” dostonida shunday degan edi:
Vatan
tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g‘urbat havas aylama...
Ajabmaski, Navoiyning bu durdona fikrlari Boburga bashorat bo‘lib tuyulgan bo‘lsa. Bobur hali yurt
ilhomlarini o‘z qalbiga to‘la oshno
qilmay turib, o‘spirin chog‘laridanoq qo‘liga qilich tutganligi tarixdan
yaxshi ma’lum. Boburning dilida saltanat ishqi, temuriylarning yagona qudratli davlatini tiklash havasi
jo‘shib, tug‘yon qilardi. U bu harakati bilan o‘zaro qirg‘in-qabohatlarga barham bermoqchi bo‘ldi,
lekin
tarixning shafqatsiz to‘lqini uni Vatanidan badarg‘a etdi. Mana, shoirning o‘zi hasrat, afsus va nadomatlar
bilan bu haqda nima degan edi:
Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki, ayladim — xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi?!
Shoir umr bo‘yi Vatanni eslab, hijron o‘tlarida yonib, g‘ussaga ko‘milib yashadi. Bobur so‘nggi
nafasigacha ona-yurt xayoli bilan yashadi. Shoir olis yurtlarda vatanini qo‘msab, ko‘plab ruboiylar yozdi.
Muhimi shundaki, bu she’rlarning aksariyati bevosita Alisher Navoiydan ilhomlanib, ulug‘
shoir
ruboiylariga tatabbu’ sifatida yaratilgan.
Masalan:
G‘urbatta g‘arib shodmon bo‘lmas emish,