8-Mavzu “Qo’shni mamlakatlar”, “ Dunyo mamlakatlari” mavzusida
o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish.
O’quv mashg’uloti rejasi
1.
“Qoshni mamlakatlar” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish.
2.
“ Dunyo mamlakatlari” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish.
Oy mavzusi:”G‘aroyib olam”
Hafta mavzusi:”Qo‘shni mamlakatlar”.
Fevral oyining 1- haftasi.
Guruh: Tayyorlov.
Faoliyat turi: Nutq o‘stirish.
Mavzu: ”O‘zbekistonning qo‘shni davlatlari”.
(
Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Avg‘oniston)
Maqsad: O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar haqidagi g‘oyalarini shakllantirish.
Ta’limiy maqsad:Lug‘atni millatga tegishli so‘zlar bilan boyitish
. O‘zbekiston atrofidagi
qo‘shni davlatlar:
Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Avg‘oniston va u
erda yashaydigan xalqlar , milliy liboslar, xalq raqsi va musiqasi haqida
tushuncha
berish.So‘zlashuv nutqini shakllantirish. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish. Bolalar savollarga
to‘liq
javob berishni, jumlalarni to‘g‘ri tuzishga, kerakli so‘zlardan o‘rinli foydalanishga
o‘rgatish. CHegarada, chegaradan tashqarida, chegara ichida so‘zlarini mustahkamlash.