Bolalar san’at markaziga taklif qilinadi.
Endi bolajonlar sizlarni stol yoniga taklif qilaman. Sizlarni ixtiyoriy spurge yoki pilisos
rasmini chizishga taklif qilaman, marhamat. Bolajonlar chizishni boshladi. Bolalar ishlarini
chiroyli chizgan bolalarni rag’batlantirib borish.
Bolalar bugungi sayoxatimiz sizlarga yoqdimi. O’tgan zamon bilan hozirgi zamonni farqlay
oldinglarmi. Muzey haqida o’z fikrlaringizni bir biringiz bilan o’rtoqlashing. Mashg’ulotimiz
davomida bilm va ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Biz mamnunmiz. Endi sizlar bilan sayr
davomida ZAG’IZG’ON harakati o’yinini o’ynaymiz.
SAVOL VA TOPSHIRIQ
1. Kichik guruhlarda “Bizning inoq mamlakatimiz” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini
tashkil etish.
2. O’rta guruhlarda “Bizning inoq mamlakatimiz” mavzusida o’yinli ta’lim faoliyatini
tashkil etish.
3.
“Qo‘shni mamlakatlar”mavzuli faoliyati
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI:
1.O’zbekiston Rеspublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo’yiladigan Davlat talablari”. 2018 yil 18 iyundagi 1-mh son qarori
2. O’zbеkiston Rеspublikasining Maktabgacha ta'lim vazirligining “Ilk qadam” davlat
o’quv dasturi 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori.
3.F.Voxobova, D. Zaynuddinova “Rivojlantiruvchi o`yinlar” Toshkent “Bekinmachoq-
plyus” 2009 yil
4.“MTT xujjatlari va ko’rgazmalari” telegram kanali
198
6-Mavzu: Badiiy- ijodiy mavzusidagi syujetli-
rolli o’yinlarni markazlarda
tashkil etish
O’quv mashg’uloti rejasi
1.Badiiy- ijodiy mavzusidagi syujetli-
rolli o’yinlarni markazlarda tashkil etish haqida
tushuncha.
2.Badiiy- ijodiy mavzusidagi syujetli-
rolli o’yinlarni markazlarda tashkil etishning
maqsad va vazifalari
Sahnalashtirish o‘yinlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o‘yinlari, bu
bolalarning mo’sraqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan
rollarga bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti-harakatlarini
boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni
shakllantiradi.
Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar va ertak qahramonlarining
ichki hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik,
jonqo’yarlik kabi ijobiy fazilatlarni o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda
bolalarning nutq faolligi, lug‘at boyligi, dunyog‘arashi kengayib boradi.
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, yertaqlar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh
xususiyatlari,
qiziqishlari,
istaqlarini
hisobga
olishni
talab
etadi.
Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Asar mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Asarning badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko‘p bo‘lsa, asar shuncha ahamiyatlidir).
4. Asarda mazmun yaxshi bo‘lishi bilan birga, harakatlarning turi ham ko‘p bo‘lishi.
5. Asar ifodali o‘qishga mos bo‘lishi.
6. Asar mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i.
Bolalar xalq ertaqlarini sahnalashtirishni yaxshi ko‘radilar. Masalan, “Sholg‘om”, “Zumrad
va Qimmat”, “Bo‘g‘irsoq” va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaqlarini ham turli usullarda
qo‘g‘irchoq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib berish, sahnada ko‘rsatish, rasmlar
namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun keraqli jihozlar
tayyorlanishi va unga to‘g‘ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o‘yin rejissyori rolini amalga
oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar.
O‘yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag‘batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni
sahnalashtirish keraqligini aniqlaydilar.
Savollar
1 Tarbiyaci hujjatlarini qanday turlari mavjud?
2 Tarbiyachini ish rejasini qanday tuzish mumkin ?
|