Bog'liq MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover
Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarni muassasa hovlisidagi gulzor oldiga olib
boradi. Bolalarga bir dam diqqat bilan gulzorni tomosha qilishni va u yerda qanday gullar
o’sayotganini aytib berishni taklif etadi, keyin bolalarga shunday savollar bilan murojaat
qiladi:
Bolalar
hozir
yilning
qaysi
fasli?
(Bolalar-
ning javoblari.)
To’g’ri. Hozir bizning o’lkamizda kuz fasli. Ob-havo qanday? (Bolalarning javoblari.)
— To’g’ri, kuz fasli bo’lishiga qarmay bizda hali issiq, quyosh charaqlab turibdi, shuning
uchun gulzorimizda xilma-xil gullar ochilib turibdi. Aytinglarchi, gulzorimizda qanday
gullar ochilib turibdi. (Bolalarning javoblari.)
—
Balli bolalar. Gulzorimizda atirgul, chinnigul, kartoshkagul, sallagullar ochilib
turibdi. Ammo,ular bir xilmi? (Bolalarning javoblari.)
Tarbiyachi bolalarning javoblarini to’ldiradi, keyin esa atirgulni ko’rsatib, uning nomini
so’raydi va atirgul haqidagi suhbatini boshlaydi.
—
Bolalar mana bu atirgulning tanasi, u juda tikanli. Mana bu nima? (Bargi.) Atirgullar
qanday rangda bo’ladi?
To’g’ri, atirgullar qizil, sariq, pushti, och sariq rangda bo’ladi. Qaranglar, atirgulning
gulbarglari
qanday
ekan?
(To’kilgan
gulbarglarini
terib
bolalarga
beradi)
Tarbiyachi 2—3 dona atirgulni kesib, gulning hidi qandayligini bilish uchun bolalarga
hidlashga beradi. Keyin tarbiyachi bolalarning diqqatini kartoshkagulga qaratadi. Bolalar uni
ko’radilar va atirgul bilan taqqoslaydilar: tanasi, bargi, guli, gulbargi, rangidagi farqlarni
so’z bilan ifodalab, gapirib beradilar.
Tarbiyachi bolalarning gaplarini aniqlashtirib, to’ldiradi.
SHunga o’xshash yana 1—2 gulning turini ko’rib chiqadilar.
232
—
Endi bolalar, gullarni hidiga qarab aniqlab ko’ramiz. (Bolalardan birining ko’zini
yumdirib, unga birorta gulni hidlatadiva undan hidlagan gulining nomini so’raydi.)
Mashg’ulot oxirida guldasta tayyorlash, shuningdek, gullar haqida topishmoqlar aytib,
mashg’ulotni tugatish mumkin.