Ichidan suv tokiladi
(Yomg’ir)
Yorug’i bor, dovrig’i bor
O’zi yo’q ovozi bor
(Chaqmoq)
Bolajonlar yomg’ir tinib quyosh chiqqanda so’ng musaffo osmonimizda nima paydo bo’ladi.
Chiziladi ko’kda qalamsiz
Har xil bo’yoq rassomsiz
(Kamalak)
Bolajonlar yomg’irni hammamiz yaxshi ko’ramiz, yomg’irdan so’ng
xavo toza musaffo
bo’ladi, tabiatimiz suvga to’yinadi.
Bolajonlar yomg’ir haqida she’rlar yod olganmiz bir eslab olaylik.
Men tomchiman, tomchiman
Bulutlardan tushaman
Osmonimda men sakrab
Yerga o’ynab tushaman
Juda ham quvnoqdirman
Koptokdayin dumalayman
Yomg’irman yog’ilaman
Tomlardan tomchilayman
Bolajonlar quvnoq tomchining gaplarini eshityabsizlarmi, biz yomg’irni
qancha sevsak u
bizdan hursand bo’lib yana she’rlar aytib beradi.
Bolajonlar kelinglar endi birgalikda “Yomg’ir va quyosh” o’yinini o’ynaymiz, o’yinda 2-3
marta
takrorlab, mashg’ulotda aktiv qatnashgan bolalarni shirin so’zlari
bilan
rag’batlantirish, mashg’ulotni mustaxkamlab yakunlaymiz.