• Kerakli jixozlar
  • -Mavzu: MTTda “Zumradoylar davrasi” to’garagi ish mazmuni




    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet200/207
    Sana05.01.2024
    Hajmi12,1 Mb.
    #130489
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207
    Bog'liq
    MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover

     
    20-Mavzu: MTTda “Zumradoylar davrasi” to’garagi ish mazmuni. 
    Reja: 
    1.”Tozalik bu salomatlik” mavzuli to’garagini tashkil etish. 
    2.Qo’l yuvish qoidalari. 
     
    MAVZU : TOZALIK BU SALOMATLIK 
    Maqsad: Bolalarga toza-ozoda yurishlarini o‘rgatish. SHaxsiy gigiena qoidalariga 
    amal qilishni o‘rgatish. Xar kuni uyquga yotishdan oldin, uyqudan uyg‘ongandan so‘ng 
    qo‘llarni, tishlarni va o‘z a’zolarini yuvib toza saqlashni hamda b ularning sog‘lom hayot 
    kechirishlari uchun qanchalik ahamiyatli ekanini tushuntirib berish. Trabiyalanuvchilarga
    tozalik bu salomatlik bilan bog‘liq masala ekanligi haqida tushuncha berishyu Qo‘l, oyoq va 
    badan uchun foydalaniladigan sochiqlarning alohida bo‘lishligi kerakligi haqida ma’lumot 
    berish va ularni farqlashga odatlanish. 
    Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rasmlar to‘plami, AKT, video roliklar, sochiq, sovun, toza 
    suv, tish pastasi va cho‘tkasi. 
    Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Salom bolajonlar-bugun biz siz bildan birgalikda, 
    tozalik-ozodalik va salomatlik to‘g‘risida suhbatlashamiz. Qani bolajonlar tozalik deganda 
    nimani tushunasiz?
    Farzona: Tozalik bu bizning toza-ozoda yurishimiz, qo‘llarimizni toza saqlashimiz. 
    Tarbiyachi: To‘g‘ri nafaqat qo‘limiz balki barcha tana a’zolarimizni toza-ozoda 
    saqlashimiz hatto kiyib yurgan liboslarimiz ham toza-ozoda bo‘lishi zarur. Bolajonlar bir 
    qanchalik gigiena qidalariga rioya etsak shunchalik sog‘-salomat yuramiz, o‘samiz, 
    rivojlanamiz. Biz tozalik yordamida kassalikni chaqiruchi bakteriya va viruslarga qarshi 
    kurashamiz. Hozirgi kunda kasallik chaqiruvchi viruslarning 1000 dan ortiq turi mavjud. Biz 
    oddiygina taom eyishdan oldin qulimizni yuvmasak ana shu qulimizning o‘zidan 5-6 tadan
    ko‘proq kasallik chaqiruvchi bakteriya organizmimizga kiradi albatta bizning 
    organizmimizda kasallikka qarshi kurashuvchi imunitetimiz mavjud ammo shunda xam 
    doim bakteriyaning organizmga kirishi natijasida kasallik bizning organizmimizni engib 
    oladi. SHu sababli ham doimo toza-ozoda yurib kasalliklardan xolos
    bo‘lmog‘imiz lozim. 
    Qani mana tozalik va salomatlik haqida suxbatlashdik kim she’r maqollar biladi 
    tozalik va ozodalik haqida.


    276 
    Saida : Jajjigina Ozoda 
    Endi uchda yoshi 
    Xavas qilguday toza 
    Ozodaning ust boshi
    Sochlarini taraydi 
    Silliq qilib ertalab 
    Singlisiga qaraydi 
    O‘rgatadi bittalab
    Tarbiyachi: Raxmat she’rni juda chiroyli o‘qidi Saida. YAna kim qanday she’r biladi 
    ozodalik va salomatlik xaqida. Marxamat
    Asila: Kir bo‘lsa qo‘lu-yuzim 
    YUvib artaman o‘zim
    Minnatdorman ochig‘i 
    Sendan oppoq sochig‘im 
    Solixa: Maqollar 
    1. Sog‘liging- boyliging 
    2. Sog‘ bo‘lay desang-toza-ozoda bo‘l! 
    Tarbiyachi: Raxmat bolajonlar, juda zukko va bilimdonlar. Bundan keyin doimo sog‘-
    salomat bo‘lishni xoxlasangiz toza-ozoda yurishimiz kerakligini bilib oldingiz-a?
    Barakalla! 
    Mashg‘ulot yakunida tarbiyalanuvchilarga amaliy tarzda qo‘l yuvish qoidalari-tish 
    yuvish qoidalari ko‘rstaib beriladi.

    Download 12,1 Mb.
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207




    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: MTTda “Zumradoylar davrasi” to’garagi ish mazmuni

    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish