• Kutilayotgan natija
  • Mttda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanish cdr




    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet199/207
    Sana05.01.2024
    Hajmi12,1 Mb.
    #130489
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   207
    Bog'liq
    MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover

    MAVZU : OTA-ONAGA HURMAT 
    Maqsad: Bolalarga ota-ona eng qadrli inson ekanini tushuntirish. Ota-ona biz uchun 
    eng aziz, eng yaqin kishilar ular farzandni dunyoga keltiradilar. Umr bo‘yi farzand deb 
    yashaydilar. SHunday ekan xar bir bola o‘z ota-onasini xurmatini joyiga quyish, ularning 
    ko‘nglini og‘ritmasligi kerak. Ular chaqirganda labbay, xo‘p bo‘ladi deyish, ularga salom 
    berishni kanda qilmaslik, nasixatlariga quloq solish, ularni hurmat bilan o‘rindan turib qarshi 
    olish, ota-onaning suhbatini buzmaslik, qilayotgan ishlariga ko‘maklashish, ularga to‘rdan 
    joy berish, qo‘llariga suv quyish, sochiq tutish, yo‘l berish, yo‘llarini kesib o‘tmaslik, ota-ona 
    ruxsatisiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg‘on gapirmaslik lozimligi, farzand o‘zini 
    yaxshi odobi bilan ota-onasiga raxmat keltirishini tushuntirish.
    Kutilayotgan natija: Bolalar muloyimlik bilan gapirishga, ota-onalarining iltimoslarini, 
    topshiriqlarini bajarishga, ko‘rsatmalariga quloq solishga o‘rganadilar.
    Kerakli jixoz: Mavzo‘ bo‘yicha rasmlar, tarqatmali materiallar, sochiq , suv. 
    Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Assalomu alaykum mening jajji zumradoy qizlarim. 
    Bugun sizlar bilan ota-onaga xurmat mavzusida suhbatlashamiz.
    Tarbiyachi: Bolalar dunyoda eng yaqin kishingiz kim? 
    Bolalar: Dunyoda eng yaqin kishimiz ota-onamiz. 
    Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri , ota-ona dunyodagi eng aziz va eng yaqin kishimiz. Ota-onalar o‘z 
    farzandlarini juda yaxshi ko‘radilar. Siz xam ota-onangizni yaxshi kurasizmi?
    Bolalar: Xa yaxshi ko‘ramiz. Ularni hurmat qilamiz. 
    Tarbiyachi: Barakalla bolajonlarim biz ota-onalarimizga salomni kanda qilmasligimiz, 
    so‘zlarini qunt bilan tinglashimiz, nasixatlariga quloq solishimiz, ularga injiqlik 
    qilmasligimiz kerak. Ota-onasini yaxshi ko‘radigan bolalar ota-onalariga muloyimlik bilan 
    gapiradilar. Ota-onalarining iltimoslarini va topshiriqlarini bajaradilar. Aytgan gaplariga 
    quloq soladilar. Ota-onalari chaqirganda labbay , xo‘p bo‘ladi deb javob beradilar. Ularni 
    hurmat bilan o‘rindan turib qarshi oladilar. Qilayotgan ishlariga ko‘maklashadilar. Mana bu 
    ko‘rib turgan so‘ratingizdagi qizaloq ham mana shu xislatlarga ega. Qani qizaloqlarim ota-
    ona xaqida yod olgan she’rlarimizdan kim aytib beradi? 
    Lola: Ota-ona ikki so‘z 
    Biri qoshu biri ko‘z 
    Bir-biridan qimmatli 
    Mehri daryo ximmatli 
    Ular o‘zin o‘ylamas 
    Farzandi sog‘ bo‘lsa bas 
    Malika: Goh yiqilib tursa ham 
    Gohi yig‘lab kulsa ham 
    Hammasiga chidarlar 
    Bular qo‘shsha chinorlar 
    Tarbiyachi: Bolalar endi diqatingizni kompyuterga qarating. Sizlarga hozir bir qizaloq
    xaqida xikoyani tomosha qilamiz. Qani bolajonlar qizaloq nima uchun ko‘chadan kech 


    keldi?, Qizaloq nima uchun oyisidan kechirim so‘radi? Siz ko‘chada qanday o‘ynaysiz? Siz 
    ham ko‘chadan kech kelganingizda siz oyingizdan kechirim so‘raysizmi?
    Bolalar javobi: 
    Tarbiyachi: Keling bolalar odob bilan kattalar qo‘liga suv qo‘yishni o‘rganamiz . 
    Bolalar berilgan topshiriqni bajaradilar.
    Tarbiyachi: Barakala bolajonlar, mana bugungi faoliyatimizda barchangiz yaxshi 
    qatnashdingiz.

    Download 12,1 Mb.
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   207




    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mttda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanish cdr

    Download 12,1 Mb.
    Pdf ko'rish