FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI




Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/207
Sana05.01.2024
Hajmi12,1 Mb.
#130489
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207
Bog'liq
MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI: 
1.O’zbekiston Rеspublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo’yiladigan Davlat talablari”. 2018 yil 18 iyundagi 1-mh son qarori 
2. O’zbеkiston Rеspublikasining Maktabgacha ta'lim vazirligining “Ilk qadam” davlat 
o’quv dasturi 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori. 
3.F.Voxobova, D. Zaynuddinova “Rivojlantiruvchi o`yinlar” Toshkent “Bekinmachoq-
plyus” 2009 yil 
4.“MTT xujjatlari va ko’rgazmalari” telegram kanali 
 


30. MTTda “Zumradoylar davrasi” to`garagi ish mazmuni 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda odob va axloq tarbiyas
i ma’naviy va ma’rifiy tarbiyaning 
tarkibiy qismi sifatida uning umumiy boshlang‘ich tarbiya masalalariga muvofiq ravishda olib 
boriladi. Zero, maktabgacha yoshda shakllanadigan dastlabki ma’naviy ong, his-tuyg‘u va axloq 
butun bolalik faoliyatiga, o‘zoro hamda kattalar bilan bo‘ladigan munosabatga u yoki bu tarzda 
ta’sir etadi. SHunga ko‘ra bolalarda olib boriladigan odob va ahloqqa oid dastlabki tasavvurlar 
bevosita faoliyat jarayonida oila hamkorligida berilishi va unda quyidagilar hisobga olinishi zarur:
-
bolalarning ilk yoshidan boshlab, ularga o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, an’analari va insoniy 
xislatlari asosida tarbiya berish; - Madaniy 
– gigienik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat 
qilish asosida tarbiya berish.
Ta
rbiya aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib bolalarning ijobiy-ruhiy kechinmalari, his-
tuyg‘ularini uyg‘unlashtirish asosida insonparvarlik, mehribonlik, himmatlilik, o‘zaro g‘amxo‘rlik, 
o‘rtoqlik, o‘zaro yordam, o‘z faoliyatini mustaqil ravishda idora etish, kattalar topshirig‘ini bajarish, 
mustaqillikni namoyon qila bilish, batartiblik kabi his tuyg‘ular hisobga olinadi. Bolalikdan madaniy 
– gigienik ko‘nikmalarni singdirib borish inson salomatligini ta’minlaydi. Bolalarni mustaqil ravishda 
yuvinishg
a, qo‘llarning tozaligiga rioya qilishga, tishlarni to‘g‘ri tozalab, taranish, dastro‘moldan 
foydalanishga, ovqatdan so‘ng og‘izni chayishga o‘rgatilib boriladi. Bolalarda mustaqillikni 
namoyon qila bilish: batartiblik, hamisha chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish ishtiyoqi, kiyimlarni tartibli 
ravishda echib, ularni joyiga osib qo‘yish, o‘ng va chap oyoq poyafzallarini farqlay bilish, ularni 
to‘g‘ri kiyish, ko‘zguga qarab kiyimlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, dastro‘moldan to‘g‘ri 
foydalana olish, xonada tartib va ozodalikni saqlash, kiyimlarni toza va tartibli kiyishga odatlanishni 
tarbiyalash.
Bolalarga o‘ziga xos gigiena: shamollatilgan xonada toza o‘rin – ko‘rpada uxlash, ertalab 
badantarbiya mashqlarini bajarish, suv muolajalari bila
n mustaqil shug‘ullanish, ichaklarni va 
qovuqni o‘z vaqtida bo‘shatib, hojatxonadan batartib ravishda foydalanish, burunni toza saqlash, 
qo‘l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlash, toza dastro‘molchadan 
foydalanishga o‘rgatish. O‘zbek xalq ertaklari, xalq pedagogikasining xazinasidir. 
Ertaklarning bosh qahramonlari namunasida bolalarga o‘z o‘lkasi, uyi, ota-onasiga muhabbat 
singdiriladi, yaqin kishilarga nisbatan mehr-
muhabbat, oqko‘ngillik, ezgulik tarbiyalanadi.  

Download 12,1 Mb.
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   207




Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET SAYTLARI

Download 12,1 Mb.
Pdf ko'rish