Bog'liq MTTda talim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanishcover
Kerakli jixozlar: Mavzu bo‘yicha mazmunli rasmlar, AKT, videoroliklar, qo‘shiq, kalonka.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi : Qani keling bolajonlar bir salomlashib olaylikchi.
Assalomu alaykum, mening jajidan, shakar bolajonlarim bugun siz bilan odob salomdan
boshlanadi mavzusida suxbatlashamiz. Qani bolajonlar biz suhbatimizni nimadan boshlab
oldik.
Parizoda: Salomlashishdan.
Tarbiyachi: Ertalab yuz-qulimizni yuvgach, kimlarga salom beramiz?
Adiba: Bobomiz va buvijonlarimizga va ota-onamizga hamda aka-opalarimizga.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri bolajonlar ko‘cha-kuyda yurganimizdachi.
Dilbar: O‘zimizdan kattalarga
Tarbiyachi: Assalomu alaykum so‘zining ma’nosi sizga sog‘liq-salomatlik tilayman, degan
ma’nolarini anglatadi. SHuning uchun xar birimiz “Assalomu alaykum” so‘zini to‘liq
aytishimiz kerak. O‘zbekona milliy salomlashishning o‘ziga xosligi bu tabassum, ochiq
chexralik, samimiy mehr bilan bir-briga boqib qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib sal oldinga
engashib, jilmayib Assalomu-alaykum deyish lozim.
Tarbiyachi: Videorolikdan turlicha salomlashish qoidalarini ko‘rsatib izoxlab beradi.
Tarbiyachi bolalarga, kichiklar kattalarga salom berishlarini eshikdan kirgan mehmonga jo‘r
bo‘lib salom berilishini va salom berishda ochiq chexralik, samimiylik va xo‘shmuomilalik
bilan berishlarini tushuntiradi. Ko‘cha-kuyda qo‘ni-qo‘shnilarni ko‘rganimizda, uchragan
notanish kishilarga albatta o‘n qo‘lni ko‘ksingizga qo‘yib oldinga sal egilgan holda tavaze
bilan salomlashing. Bolajonlar salom berish yaxshi odat-a. YAxshi odatlar doimo kattalarni
xursand qiladi. Qani salom berish xaqida kim she’r aytib beradi.
Saida: Salom bilan boshlanar
Bilsang odob va axloq
Salom bilan begona
Bo‘lar tezda do‘st-inoq
Marjona: Salom assalom ming ming
So‘zlar ichra durdona
Salom xar bir bolaning
Odobidan nishona
274
Tarbiyachi: Bolajonlar raxmat sizlarga. Uyga borganingizda to‘g‘ri salomlashishni
o‘rganganingizni ota-onangizga va bobo-buvingizga aytib bering.