|
Mualliflar
|
bet | 4/18 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #260111 |
Bog'liq b
Ikki o‘lchamli kompyuter grafikasi turlarini, ularning afzalliklarini
aytib bering.
Rastrli grafika o‘lchami nima va uni saqlash uchun qancha xotira kerak bo‘ladi?
Fraktallar haqida nimalarni bilasiz?
Uch o‘lchamli grafika haqida nimalarni bilasiz?
Kvadrat chizing. Uni to‘qqizta kvadratga ajrating. Burchaklarda- gi to‘rtta kvadratni olib qolib, qolganlarini o‘chirib tashlang. Qolgan kvadratlarni ham shu usulda qayta ishlang.
YGA VAZIFA
Dars mavzusi bo‘yicha 6 ta test tuzing.
Rastrli grafikani, masalan, fotosuratlarni, tahrirlash ko‘p uchraydigan amal. Fotosuratlarni olish paytida yo‘l qo‘yi1gan xatoliklarni tuzatish, mav- jud fotosuratlardan yangisini montaj qilish, fotosuratlardagi ortiqcha narsa- larni olib tashlash, fotosuratlarning muammoli joylarini boshqa qismi bilan almashtirish mumkin. Fotosuratga jilo berish, fotosuratga turli fıltrlarni qo‘1- lab ularni yangi ko‘rinishga o‘tkazish, fotosuratlarga matn qo‘shish, fotosu- ratlarni boshqa sirtlarga, masalan, ko‘za sirtiga o‘tkazish uchun shaklini o‘z- gartirish bu amallardan ba'zilari xolos.
Fotograflarning ishini osonlashtirish uchun qator dasturlar ishlab chiqil- gan. Ular orasida eng mashhuri Adobe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqil- gan va qo‘llab-quvvatlanadigan PhotoShop dasturidir. Uning dastlabki versiyasi 1990-yilda yaratilgan bo‘lib, hozirgi paytgacha yigirmaga yaqin versiyalari sotuvga chiqarilgan.
Ulardan dastlabki yettitasi Adobe PhotoShop 1, 2, ..., 7 nomlari bilan sotuvga chiqarilgan. 2007-yildan boshlab Adobe PhotoShop CS 1, 2, ..., 7 versiyalari ishlab chiqilgan. 2013-yildan boshlab yangi versiyalar Adobe PhotoShop CC deb atala boshladi. Ularning versiya nomerlari sifatida ishlab chiqilgan yillari qo‘yila boshladi. Hozirgi paytda bu dasturning eng yangi versiyasi Adope PhotoShop CC 2018 hisoblanadi.
Bu dasturlardan dastlabkilari asosan yakka holda ishlagan bo‘lsa, ikkin-
chi guruhida Adobe kompaniyasining boshqa mahsulotlari bilan birga ishlash, ular bilan ma'1umot almashish imkoniyatlari paydo bo‘1di. Oxirgi guruhga tegishlilarida esa internetda saqlangan tasvirlarni bir paytda turli operatsion tizimlarda ishlaydigan turli kompyuterlar, planshetlar va telefonlardan bir paytda foydalangan holda qayta ishlash imkoniyatlari yaratildi.
PhotoShop yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin. Fotosuratning chekka qismlarini va undagi keraksiz obyektlarni olib tash-
lash, rasm o‘lchamini va undagi piksellar zichligini o‘zgartirish, rasmning saqlash formatini o‘zgartirish, rasmni yoki uning bir qismini boshqa tekisllik yoki sirtda ko‘rinadigan qilib transformatsiyalash, fotosuratni olish paytida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, masalan, uni olish paytida ko‘p ushlab qolingan, oq rangning balansini o‘zgarib ketishi, yorqinlik yoki kon- trastlik ko‘payib yoki kamayib ketishi oqibatida vujudga kelgan kamchilik- larni bartaraf qilish va yana ko‘p1ab amallarni bajarishni PhotoShop yorda- mida oson amalga oshiriladi.
PhotoShopning uskunalar panelida 70 dan ortiq uskuna borligining o‘zi ham uning imkoniyatlari qay darajada kengligidan dalolat berib turibdi. Bun- dan tashqari, PhotoShopda o‘n1ab palitralar bo‘lib, ular dasturda ishlash- ni osonlashtirishi bilan birga, uning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. PhotoShopning filtrlari yordamida suratning o‘zini yoki uning bir qismini butunlay qayta ishlab chiqish mumkin. Natijada fotosuratga qo‘11anilgan ef- fektlar uning tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishiga olib keladi. Bunday effekt- lardan PhotoShopga o‘nlab joylashtirilgan.
Ranglarni rostlash, oq-qora suratlarga rang berish, aksincha, rangli surat- larni oq-qoraga o‘tkazish, fotosuratlarni nashriyotdagi yoki uydagi fotoprin- ter yordamida chop etishga tayyorlash, fotosuratlarda ko‘z1arning qizil rang- ga kirib qolishini to‘g‘rilash kabi amallar PhotoShopda oson bajariladi.
PhotoShop asosan, tayyor fotosuratlarni qayta ishlash uchun mo‘1ja1lan- gan bo‘1ishiga qaramay, unda hayotda va tabiatda uchramaydigan yangi fan- tastik suratlarni yaratishning ham keng imkoniyatlari mavjud. Yangi tasvir yaratish amali tayyor fotosuratlar asosida yangisini yaratish paytida ham ke- rak bo‘ladi. Bunda turli suratlarning bo‘laklari yangidan yaratilgan suratga joylab chiqiladi.
PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat: 1) sarlavha satri va asosiy menyu; 2) parametrlar paneli; 3) uskunalar paneli; 4) palitralar sohasi; 5) ishchi soha; 6) holat satri.
Asosiy menyuning quyidagi bo‘1imlari mavjud:
bak (Fayl)—tasvirlarsaqlanadigan fayllar ustida amallar; 2) PeuamopOBau e (Tahrirlash) — tasvirlarni tahrirlash amallari; 3) Hso6paweH e (Tasvir) — tas- virning umumiy parametrlarini o‘zgartirish; 4) Cnoo (Qatlam) —tasvir qatlam- lari bilan ishlash; 5) III H Tbl (Shrift) —shriftlar bilan ishlash; 6) BbIqeueH e (Ajratma) — tasvir bo‘1agini ajratish va ajratmalar bilan ishlash; 7) &HJIhT (Filtr) — tasvirni butunlay yoki qisman o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlarni qo‘1lash uchun ishlatiladi; 8) 3D (Uch o‘1chamli) — uch o‘1cham1i obyektlar bilan ishlash; 9) H OGMOTp (Ko‘rish) — ilovaning tashqi ko‘rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko‘rsatish uchun xizmat qila- di; 10) OKHo (Oyna) — ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi; 11) Cn £tBKa (Ma'1umot) — turli yordamlarni chaqirish uchun ishlatiladi.
Uskunalar panelida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda
kerak bo‘ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko‘p bo‘lgan1igi sa- babli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo‘ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo‘yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo‘yilgan va ularni chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi.
Parametrlar panelida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko‘rsatila- di. Zarurat bo‘lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o‘zgartirish mum- kin.
Palitralar sohasi PhotoShopning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydala- nishda juda qo‘1 keladi. Zarur bo‘1ganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerak- mas paytda palitralar olib qo‘yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko‘proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan keraklisini ochish uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.
YODDA SAQLANG !
PhotoShop interfeysi murakkab ko‘rinsa-da, juda qulay.
|
| |