|
Mualliflar
|
bet | 2/18 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #260111 |
Bog'liq bI BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI
Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari yorda- mida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib ola- di. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasavvur paydo bo‘ladi.
Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta ishlash va tasvir- lash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va asosiy masa- lalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya'ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘1gan tasvirni sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi.
Kompyuterning ekranida paydo bo‘1adigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Video- kartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotses- sorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlari- ni bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.
Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuterning ma'lumotlarni elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor — kuzatish, nazorat) deb ataladi.
Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlarni monitor orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko‘rsati1adigan qismi, ya'ni ekrani displey (display — tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig‘ilgan tasvir- lash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tas- virlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda.
Displey to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lib, uning tomonlari nisbati odatda 16 ga 9 kabi bo‘1adi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 10, 4 ga 3, 5 ga 4 kabi bo‘1ishi ham mumkin. So‘nggi paytda 21 ga 9 nisbat- dagi displeylar ishlab chiqarila boshlandi. 16X9 va 16X10 nisbatli displeylar keng, 21x9 nisbatlilari o‘ta keng, 5•4 nisbatlilari kvadrat displeylar deb ata- ladi.
Piksellar soni bo‘yicha displeylardan keng tarqalganlari va ularning nom- lari quyida keltirilgan:
320x240 CGA (Color Graphic Adapter — rangli grafik qurilma); 640x480 VGA (Video Graphic Adapter — video grafik qurilma); 800X600 SVGA (Super VGA);
1024x768 XVGA (eXtended VGA — kengaytirilgan VGA); 1280x720 HD (High Defınition — yuqori aniqlik); 1280x800 HD+ (HD dan ko‘proq);
1366x768 WXVGA (Wide XVGA — keng XVGA);
1440x900 HD++ (HD dan yanada ko‘proq); 1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko‘proq); 1920 1080 FHD (Full HD — to‘1iq HD);
2560X1440 QHD (Quadra HD — to‘rtlangan HD);
3840 2160 4K (4 kilo — to‘rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD — o‘ta HD).
Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib chiqilgan bo‘lib, har bir qator va ustun kesishgan joy- da piksel deb ataluvchi juda kichik tasvir bo‘1aklari joylashgan. Piksellarning har biri alohida manzilga ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir piksel
uchun xotirada bir baytdan to‘rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo‘lgan ranglardan birida bo‘lishi mumkin.
Ekrandagi har bir pikselning o‘zi uchga bo‘linadi. Ulardan biri qizil, ik- kinchisi yashil, uchinchisi ko‘k rangda porlaydi. Bu ranglar asosiy ranglar deb ataladi va turli nisbatda qo‘shilib, tabiatda uchraydigan ranglarning de- yarli barchasini yarata oladi.
Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turi-ki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‘rinish- da tasvirlanadi.
Kompyuter grafikasi o‘tgan asrning 70 — 80-yil1aridan boshlab ommaviy- lasha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo‘1ib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san'at va sportga ham tegishli bo‘lib, barcha sohalarda keng qo‘l1ani1adi. Kompyuter grafikasi bo‘yicha har yili ko‘plab konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy jurnallar va o‘quv qo‘llanma- lar chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi.
Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulot- lari ishlab chiqariladi va sotiladi. San'at durdonalari yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o‘yin1ar bo‘yicha jahon birinchiliklari o‘tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.
Kompyuter grafıkasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinf- larga ajratiladi: 1) statsionar (o‘zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) multimedia.
Oddiy grafika vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan shug‘ul1anadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni kelti- rish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan tasvir- lar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turda- gi axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedia- ning o‘ziga xos jihati uning interfaolligi bo‘1ib, unda bir joydan ikkinchi joyga o‘tish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri — wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalarni keltirish mumkin.
Qaysi sohada ishlatilishiga qarab, grafika quyidagi turlarga ajratiladi:
Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun.
Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko‘rsatkich1ar va jarayonlarni yaqqol ko‘r- sata bilish uchun xizmat qiladi.
Konstruktorlik grafıkasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa soha- larda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avto- matlashtirishni ta'minlaydi.
Illyustrativ grafika. Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladi.
Badiiy grafika. San'at asarlarini yaratishda keng qo‘llaniladi.
YODDA SAQLANG !
Har bir pikselning rangi qizil, yashil va ko‘k ranglarning turli nisbat- dagi aralashmasidir.
|
| |