Mualliflar




Download 7,87 Mb.
bet6/18
Sana04.06.2024
Hajmi7,87 Mb.
#260111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
b

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


  1. PhotoShopda kerakli uskunani qanday tanlash mumkin?

  2. Uskunalar paneli necha qismdan iborat?

  3. Pyxa (Dasta) uskunasi vazifasini tushuntirib bering va undan foyda- lanishni mashq qiling.

  4. Palitralar sohasidagi palitralarning vazifalari nimalardan iborat?

  5. Navigator palitrasi nima uchun xizmat qiladi?

  6. PhotoShopni ishga tushirib, unda a) uskunalarni tanlashni; b) palit- ralarni ekranga chiqarish va yashirishni mashq qiling.

YGA VAZIFA

Uskunalar panelining birinchi qismidagi uskunalarni yod oling.
PhotoShopda ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki yangi tasvirni yaratish kerak bo‘ladi. Bu amallarni qanday amalga oshi- rish bilan tanishib chiqamiz.
Odatda, PhotoShopda mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba'zan unda yangi tasvir yaratishga ham to‘g‘ri keladi. Yangi tasvirni yaratish uchun Ctrl+N (New — yangi so‘zidan olingan) qo‘shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Gaiîn (Fay1) bo‘1imining birinchi bandi CosgaTs... (... ni yara- tish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi HoBsIiÎ (Yangi) mu- loqot oynasi paydo bo‘1adi.
Oynaning o‘ng tomonidagi OK (Ha) tugmasini bosib, taklif qilinayotgan parametrlar bo‘yicha yangi tasvirni yaratish; OTMeHa (Bekor qilish) tugmasi- ni bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin.
Bu tugmalar ostidagi CoxpaHııTb H 6Op napaMeTpoB (Parametrlar to‘p1a-
mini saqlash) tugmasini bosib, o‘rnatilgan parametrlardan keyingi tasvirlar- ni yaratishda foydalanish uchun saqlab qo‘yish mumkin. YqaJIHTh H£t6O (Parametrlar to‘plamini o‘chirish) tugmasi kerak bo‘1may qolgan parametrlar to‘p1amini o‘chirib tashlash uchun xizmat qiladi. Bu tugmalar ostida yaratila- digan tasvirning hajmi ko‘rinib turadi:

Oynaning chap tomonidagi HMs (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Ha6op (To‘p1am) maydonchasida pa- rametrlar to‘p1amini tanlash mumkin. Odatda, bu parametrlar oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xi1 bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan keraklisini tanlab parametrlarni birdaniga o‘zgartirish mumkin.
Paramertlarni bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o‘zgartirish ham mumkin. Ulardan asosiylari IIIHpHHa (Eni) va BbICOTil (Balandligi) lardir. Mavjud tasvirlarni ochish uchun Ctrl+O (Open — ochish so‘zidan olin- gan) qo‘shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning latin (Fayl) bo‘limining birinchi bandi OTK hITh ... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda
quyidagi OTKpbITb (OGhish) muloqot oynasi paydo bo‘1adi.
Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan, Word yoki Excel ning shu nomli muloqot oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi.

PhotoShop oxirgi ochilgan fayllar ro‘yxatini saqlab qo‘yadi. Bu ro‘yxat- dagi tasvirlarni ochish uchun asosiy menyuning Gañn (Fayl) bo‘limidagi HocnegHHe qoxyMeHTsI (Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi.
PhotoShopda qilingan ishlarni saqlash uchun bir nechta buyruqlar mav- jud. Ulardan birinchisi Ctrl+S qo‘shtugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buy- ruq joriy tasvirni joyi va nomini o‘zgartirmasdan saqlab qo‘yadi.
Ctrl+Shift+S qo‘shtugma1ari yordamida chaqiriladigan saqlash buyrug‘i ekranga saqlash muloqot oynasini chiqaradi. Bu oyna yordamida tasvirni yangi nom bilan yangi joyga yangi formatda saqlab qo‘yish mumkin.
PhotoShopda fayllar bilan ishlash boshqa ilovalardagidan ko‘p farq qil- maydi.
Kompyuter grafikasi ommaviy tarzda qo‘llaniladi va tasvirlarni kom- pyuter xotirasida saqlash uchun ko‘p1ab formatlar ishlab chiqilgan. Ulardan ba'zilari keng tarqalgan, ba'zilari faqat tor sohada ishlatiladi.
Bmp (ingliz tilidagi Bitmap Picture) — rastrli tasvir jumlasidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri, Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadi. Keng tarqalgan. Lekin oxirgi paytda bosh- qa formatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda.
Gif (Graphics Interchange Format) — tasvirlar almashish formati jum- lasidan olingan. Bir faylda bir necha tasvirlarni saqlay oladi va sodda
animatsiyalar uchun juda qulay. Kam joy egallaydi. Kamchiligi shuki, ko‘pi bilan 256 ta rangni saqlay oladi. Fotusuratlarni saqlaganda katta yo‘qotish1ar- ga yo‘l qo‘yadi. Internetda va Web dizaynda keng qo‘llani1adi.
Tiff(ingliz tilidagi Tagged Image File Format) — belgilab chiqilgan tasvir fayli formati jumlasidan olingan. Birinchi tasvir formatlaridan biri. Unda bir qator o‘zgartirish1ar kiritilgan. Microsoft, Adobe, Apple kabi yirik kompa- niyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi sababli hozirgi paytda ham omma- viyligicha qolmoqda. Skanerlar, fotoapparatlar ishlab chiqaruvchilar ham un- dan keng foydalanadilar.
Jpeg (Joint Photographic Experts Group) — fotografiya ekspertlarining birlashgan guruhi (Yevropa ittifoqi) tomonidan ishlab chiqilgan. Eng keng tarqalgan format. Barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘11ab-quvvatla- nadi. Kam joy egallaydi, tasvir sifatini to‘liq saqlashi mumkin. Lekin tasvir hajmi ko‘p kamaytirilganda sifati yomonlashadi.
Pcx (PC eXchange) shaxsiy kompyuterda ma'lumot almashish jumla- sidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri. Bu formatda juda ko‘p tas- virlar saqlangan. Oxirgi paytda uning o‘rniga png, jpeg formatlaridan foy- dalanilmoqda.
Raw (ingliz tilida raw) xom, hali tayyor emas, degan ma'noni bildiradi. Sifatli fotoapparatlarda olingan suratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Odatda, fotoapparatlar olingan suratni darhol qayta ishlab, uning hajmini kamaytira- di. Bunda fotosuratlarning sifati ba'zan biroz, ba'zan ko‘proq pasayadi. Bu formatda saqlangan fotosuratning kamchiliklarini va ularni bartaraf qilishni foydalanuvchining o‘zi tanlaydi. Bu esa yaxshi chiqmagan fotosuratlarni ham qayta tiklash imkonini beradi. Kamchiligi fotosuratlar katta hajmda bo‘1ishi (25 MB gacha). Faqat qayta ishlanmagan fotosuratlarni saqlash uchun ishla- tiladi. Oxirgi paytda ommaviylashib bormoqda.
Png (Portable Network Graphics) — tarmoq uchun portativ (ixcham) gra- fika jumlasidan olingan. Internetda keng qo‘11ani1adi. U gif formati o‘rnini egallab bormoqda.
Pdf(ingliz tilida Portable Document Format) — elektron hujjatlar formati degan jumladan olingan. Dastlab poligrafiya mahsulotlarini elektron ko‘ri- nishda saqlash uchun mo‘1ja11angan. Kompyuter texnikasining rivojlanishi
bilan hajmi nisbatan kattaligi, tasvirlash ko‘proq vaqt talab qilishi kabi kam- chiliklari dolzarb bo‘1may qoldi. Hozirgi paytda keng tarqalgan. Unda matn bilan birga rastr va vektor turidagi tasvirlar ham saqlanadi. Undan tasvirlarni ajratib olsa bo‘1adi. Adobe kompaniyasi mahsuloti.
Bu formatlar yordamida tasvirlarni nafaqat PhotoShopda, balki boshqa ilovalarda ham ochish va ular bilan ishlash mumkin. PhotoShop bu format- lardan tashqari o‘zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu formatlar orasida ko‘p ishlatiladigani .psd kengaytmalisidir. Bu formatda saqlangan tasvirda PhotoShopning barcha imkoniyatlari saqlab qo‘yiladi. Shu sababli, qayta ishlash tugallanmagan tasvirlarni shu formatda saqlash va kerak bo‘1- anda ularni qayta ishlashni davom ettirish mumkin.
YODDA SAQLANG !
Fayllar bilan ishlash amallari asosiy menyuning Gaña bo‘1imida joy- lashgan.

Download 7,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 7,87 Mb.