|
Mualliflar
|
bet | 14/18 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #260111 |
Bog'liq b
Mo‘yqa1am uskunalar panelining qayerida joylashgan?
Mo‘yqalam palitrasi yordamida uning qaysi parametrlari qanday o‘zgartiri1adi?
Mo‘yqalam yordamida tasvirga turli rangdagi va turli o‘lchamlarga ega barglarni va maysalarni qo‘shing.
Qalam bilan ishlashda Shift, Alt, Ctrl tugmasi qanday vazifalarni bajaradi?
Qalam yordamida uchburchak, uning medianalari, balandliklari va bissektrisalarini chizing.
Taniqli kinoaktyorlardan birining suratini yuklang, uning yuzini aj- ratib oling va mo‘yqalam uskunasi bo‘yash bilan uning terisi rangini to‘qlashtiring (ochlashtiring)
YGA VAZIFA
Qalamning parametrlarini panel yordamida o‘zgartirib chizilayotgan
chiziqning o‘zgarishini kuzating va tahlil qiling.
PhotoShopda geometrik shakllarni tasvirga joylash uchun bir qator usku- nalar mavjud bo‘1ib, ular uskunalar panelining uchinchi bo‘1imida joylash- gan:
u uskunalar jami oltita bo‘lib, ular yordamida tasvirga to‘g‘ri to‘rtbur- chak (A), burchaklari doirasimon to‘g‘ri to‘rtburchak (B), ellips (C), munta- zam ko‘pburchak (D), to‘g‘ri chiziq kesmasi (E) va ixtiyoriy geometrik shakl
(F) joylash mumkin. Bu uskunalardan biri tanlanganda uning parametrlari parametrlar panelida paydo bo‘1adi. Masalan, quyidagi rasmda burchaklari doirasimon to‘g‘ri to‘rtburchakning parametrlari ko‘rsati1gan:
Bu parametrlarning vazifasi bilan tanishib chiqamiz:
A — bu uskuna uchun avvaldan o‘rnatilgan parametrlar;
B — shaklning turi (chegarasi, ichi yoki ikkalasi);
C — shaklning ichi rangi;
D — shakl chegarasining rangi;
E — chegarasi qalinligi;
F — chegaradagi chiziq turi;
G — shakl bo‘yi;
H — shakl balandligi;
I — shaklning avvalgi shakllar bilan bog‘lash turi;
J — shakllarning tekislash usuli;
K — shakl joylashgan qatlamning boshqa qatlamlar orasidagi o‘rni;
L — shakl o‘lcham1arini oldindan aniqlab olish;
M — burchaklardagi chorak doiraning radiusi;
N — shakllarning chegarasini tekislash.
Bu parametrlarga mos keladigan geometrik shakl quyidagi rasmda ko‘r-
satilgan:
To‘g‘ri to‘rtburchak va ellips parametrla- ri ham xuddi shu kabi bo‘1adi, faqat ularda M parametr bo‘lmaydi. To‘g‘ri chiziq kesmasi pa- rametrlarida esa E parametr ishlamaydi. Kes- maning qalinligi M o‘rnida paydo bo‘1adigan Ton HH£t (Qalinligi) parametri orqali o‘zgarti-
riladi. Bundan tashqari, L parametr kesma uchlarining ko‘rinishini tanlash uchun xizmat qiladi.
Muntazam ko‘pburchaklar uskunasida M parametr ko‘pburchakning to-
monlari sonini tanlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, muntazam ko‘pbur- chak chizish uchun sichqoncha avval ko‘pburchak markaziga olib kelinadi. So‘ng uning chap tugmasini bosib, markazdan uzoqlashtiriladi. Kerakli o‘1- chamga erishgach, sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi. Agar sichqoncha tugmasini qo‘yib yubormay, uni ko‘pburchak markazi atrofida aylantirsak, ko‘pburchak ham shu yo‘na1ishda o‘zining markazi atrofida buriladi.
Ixtiyoriy geometrik shakl uskunasining parametrlari ham faqat M para- metr bilan farq qiladi. Bu parametr yordamida mavjud shakllardan keraklisi tanlanadi.
PhotoShop rastrli grafika uchun mo‘1ja1langan bo‘1sa-da, undan vektor- li grafikadan ham keng foydalaniladi. Vektorli grafika obyektlarini yaratish uchun maxsus uskuna bo‘1ib, uning nomi Hepo (Pat)dir.
Pat uskunasi uskunalar panelining uchinchi qismida birinchi bo‘lib joy- lashgan tugma orqali chaqiriladi. Bu tugma ostida beshta uskuna yashiringan bo‘lib, ular quyidagilardir:
flepo (Pat) — chegaralari to‘g‘ri yoki egri chiziq bo‘1gan geometrik shakl yaratadi.
CBO6OqHoe flepo (Erkin pero) — chegaralari ixtiyoriy bo‘1gan geomet- rik shakl yaratadi.
fIepo+ (Pat+) yaratilgan shakl chegarasiga yangi tayanch nuqta qo‘shadi.
Hepo— (Pat—) mavjud tayanch nuqtani olib tashlaydi.
Yrou (Burchak) — egri chiziqda burchak hosil qilish uchun ishlatiladi.
Pat uskunasi tanlanganda uning parametrlari paneli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Undagi tugmalar quyidagi vazifalarni bajaradilar:
A — avvaldan yaratilgan parametrlarni tanlaydi;
B — pat yordamida nima yaratilishini tanlaydi;
C — yaratilgan obyektni ajratishga aylantiradi;
D — yaratilgan obyektni niqobga aylantiradi;
E — yaratilgan obyektni geometrik shaklga aylantiradi;
F — yaratilgan obyektni undan oldin yaratilgan obyekt bilan birlashtirish usulini tanlaydi;
G — yaratilgan obyektning joylashishini tekislash usulini tanlaydi;
H — yaratilgan obyekt joylashgan qatlamning boshqa qatlamlarga nisba- tan o‘rnini tanlaydi;
L — natijalarni ko‘rib turish bayroqchasini o‘rnatadi yoki bekor qiladi;
M yangi obyektni yaratishni optimallashtiradi;
N — obyektning chetlarini tekislaydi.
Pat uskunasi yordamida odatda konturlar yaratiladi. Konturlar esa geometrik shaklga, niqobga yoki ajratiladigan soha chegarasiga aylantirilishi mumkin. Shuning uchun pat uskunasida patning qalinligi va rangi kabi para- metrlar bo‘1maydi. Niqoblardan yaratilayotgan tasvirning bir qismini tasodi- fıy o‘zgarishlardan himoyalash uchun foydalaniladi.
Pat yordamida siniq chiziq chizish uchun pat uskunasini tanlab, chiziq uch- larida sichqonchaning chap tugmasini navbatma-navbat bosib chiqish yetarli. Egri chiziq chizish uchun ham bu chiziq- ning tugun nuqtalarini ko‘rsatib chiqish kerak bo‘ladi. Lekin bunda egri chiziq- ning tugun nuqtadan qaysi yo‘na1ishda chiqishini sichqonchaning chap tugma- sini bosib turib ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Patni ishlatish mehnat va chizmachilik darslarida egri chiziqli chizg‘i-
chlar: lekalolardan foydalanishga o‘xshab ketadi. Egri chiziqqa qo‘shimcha tugun nuqtalar qo‘shish yoki ortiqchalarini olib tashlash bilan uni tahrirlash va qurilayotgan egri chiziqning ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib yuborish
mumkin. Bunda IJepo+ (Pat+) va Hepo— (Pat—) uskunalari juda qo‘l keladi.
Pat uskunasidan foydalanish ancha mahorat talab qiladi. Shuning uchun unda qunt bilan ko‘proq ishlang.
YODDA SAQLANG !
Pat yordamida yaratilgan konturni geometrik shaklga, niqobga yoki ajratilgan sohaga aylantirish mumkin.
|
| |