|
Mualliflar
|
bet | 13/18 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #260111 |
Bog'liq b
Ranglar kompyuter grafikasining asosini tashkil etadi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Lab ranglar tizimi qanday ishlaydi?
Lab ranglar tizimidagi har bir parametr nimani anglatadi?
Ranglar palitrasi bilan qanday ishlanadi?
PhotoShopga biror tasvir yuklang. Uning ranglar tizimini boshqala- riga o‘tkazing va yangi nom bilan saqlab qo‘ying.
Yarim tusli ranglar tizimida saqlangan oq-qora suratning qayta rang- li tizimga o‘tkazing va undagi o‘zgarishlarni izohlang.
YGA VAZIFA
Palitralar sohasida ranglar bilan ishlashni mashq qiling.
Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. RGB tizimida ranglar qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. Tasvir- ning har bir pikseli o‘z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu ranglarning tashkil etuvchilarini qo‘1da aniqlab chiqishning deyarli iloji yo‘q. PhotoShop bu yerda ham yordamga keladi. Uning KaHaıIbI (Kanallar) palitrasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
Biror rasmni yuklab olib, K H£tJIhI (Kanallar) palitrasini ochamiz. Buning uchun asosiy menyuning OxHo (Oyna) bo‘limidagi KaHHJIbI (Kanallar) ban- dini tanlaymiz. Palitraning RGB tizimi uchun ko‘rinishi quyida keltirilgan.
Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos qo‘sh- tugmani bosish yetarli. Qizil kanalga Ctrl+3, yashil kanalga Ctrl+4, ko‘k ka- nalga Ctrl+5 qo‘shtugma1ari mos qo‘yi1gan. Ularni navbatma-navbat bosib, rasmning o‘zgarishini kuzatamiz.
CMYK ranglar tizimiga mos keluvchi kanallar quyidagi rasmda kelti- rilgan. Ularni ko‘rsatish uchun tasvirning ranglar tizimini o‘zgartirish kerak
bo‘ladi. Buning uchun asosiy menyuning Hso6pa›ueH e (Tasvir) bo‘limining birinchi bandi — PemHM (Tartib) ni, paydo bo‘1gan yangi menyudan CMYK bandini tanlaymiz.
Kanallarga yangisini qo‘shish mumkin. Bunday kanallardan biri alfa kanal deb ataladi. Alfa kanallar tasvirning bir qismini ajratib olish uchun ish- latiladi.
Filtrlar PhotoShopning yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan bel- gilab qo‘yi1gan algoritm bo‘yicha tasvirni qayta ishlashga aytiladi.
Filtrlar asosiy menyuning &rıJIhTp (Filtr) bo‘1imida yig‘ilgan. Bu bo‘lim- ning bandlari quyidagi rasmda keltirilgan:
Bo‘limning birinchi yarmida ko‘p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo‘yi1gan qo‘shtugmalar keltirilgan. Bo‘limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar 10 ta guruhga bo‘1ib chiqilgan. Oxirgi band yordamida internetdan yangi filtrlarni yuklab olish mumkin.
Filtrlarning qo‘llanishiga misollar quyidagi rasmlarda keltirilgan. Bu filtrlar CTHJIH3 JHfl (Stillashtirish) guruhining BsIpeneHHe xpas (Chetini aj- ratish) va TxcHeHHe (O‘yib chiqish) fıltrlaridir:
Quyidagi rasmlarda HcxaweHHs (Buzilish) guruhidagi QHGTO GHs (Egri-
lash) va 3HF3ar (Egri-bugri) filtrlarining qo‘1lanishi ko‘rsatilgan:
YODDA SAQLANG !
Filtrlar orqali tasvirlarni tez qayta ishlash mumkin.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
RGB va CMYK ranglar tizimida nechta kanal bor?
Filtrlar qanday qilib ishga tushiriladi?
Asosiy menyuning GHnbTp (Filtr) bo‘1imidagi bandlar necha guruhga bo‘1inadi?
Kuchukcha yoki jo‘ja rasmini yuklab olib, unga turli fıltrlarni qo‘1- lab ko‘ring va muvaffaqiyatli chiqqan suratlarni yangi nom bilan saq- lab qo‘ying.
Fotosuratni yuklab olib, uni rassom tomonidan chizilgan surat ko'ri- nishiga o‘tkazing.
YGA VAZIFA
Asosiy menyuning GHJIbTp (Filtr) bo‘1imi ikkinchi qismidagi filtrlar-
ning bir nechtasini qo‘llab yangi tasvirlar hosil qiling.
PhotoShop foydalanuvchilari orasida fotograflar bilan birga dizaynerlar, rassomlar ham ko‘p uchraydi. Ular uchun tayyor rasmlarni qayta ishlash bi- lan birga yangi tasvirlarni yaratish ham muhim. Buning uchun chizish usku- nalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
PhotoShopda chizish uskunalaridan KxcTs (Mo‘yqa1am), KapaHQ£tIıI (Qalam) V£t fiHHHfl (Chiziq) mavjud bo‘1ib, ular yordamida mos ravishda chiziqlarni chizish, sohalarni bo‘yash va tasvirga tayyor geometrik shakllar-
ni kiritish mumkin. Bundan tashqari, tasvirlarga vektor grafika elementlarini joylash uchun Hepo (Pat) deb ataluvchi uskuna ham mavjud.
Mo‘yqalam va qalam uskunalari uskunalar panelida bitta tugma ostiga joylangan. Bu tugma uskunalar panelining to‘rtinchi qatori ikkinchi ustuni- da joylashgan. Uning ustiga sichqonchani olib kelib, o‘ng tugmasini bossak, unga mos uskunalar ro‘yxati chiqadi. Bu uskunalarni chaqirish uchun klavia- turada lotin harfi B ni bir yoki bir necha marta bosish ham mumkin:
KHGTS (Mo‘yqalam) uskunasini tanlaganimizda, parametrlar paneli quyi- dagi ko‘rinishga o‘tadi:
Bu tugmalardan asosiylarini bilan tanishib chiqamiz:
A — tayyor mo‘yqalamlarni tanlash.
B — mo‘yqalamning diametrini va ko‘rinishini tanlaydi.
C — KHGTb (Mo‘yqalam) palitrasini ekranga chaqiradi.
D — rasmdagi va mo‘yqa1am ranglarini aralashtirish tartibi (yigirmadan ortiq variantlar mavjud)
E — mo‘yqa1amda chizilgan tasvirning shaffofmasligi (shaffoflik ortgan sari bo‘yalgan soha ostidagi tasvir ko‘proq ko‘rinib turadi).
G — mo‘yqa1am tolalarining qattiqligi kamaygan sari bo‘yalgan soha bo‘yoq bilan qoplanishi foizi ortib boradi.
H — bo‘yoqni surkash tartibidan purkash tartibiga o‘tkazadi (aerograf tar- tibi).
Mo‘yqalamning parametrlarini o‘rnatishda va u bilan ishlashda KHGTb (Mo‘yqa1am) palitrasidan foydalanish qulayroq. Uni parametrlar panelidagi C tugmasini bosib yoki boshqa palitralar kabi asosiy menyu orqali chaqirish mumkin. Bu palitraning ko‘rinishi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
Bu palitra yordamida mo‘yqalamlar to‘plamini (A), mo‘yqalamning shakli (B), uning kattaligi (D, E), qancha burchakka burilganligi (H), enining necha foiz tashkil etishi (I), ikkita izi orasidagi masofa (K) kabi parametrlari- ni tanlash mumkin. Rasmda barg ko‘rinishidagi mo‘yqalam tanlangan, uning o‘lchami 90 pikselga teng, 45° ga burilgan, eni 56% ni tashkil etadi. Ikkita izi orasidagi masofa 100% ga teng. Shuningdek, bu yerda mo‘yqa1amning tasvirdagi izi parametrlarini o‘zgartirish (C), mo‘yqalam izini gorizontal (F) va vertikal (G) o‘girish, mo‘yqalamning qattiqligini o‘zgartirish (J) mumkin. Bu parametrlarning har birini yoki bir nechtasini o‘zgartirib, turli-tuman barglarni olish, ular bilan tasvirni to‘1dirish mumkin. Mo‘yqa1amning rangini o‘zgartirish uchun PhotoShopning asosiy rangini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosilsa, bitta barg qo‘yiladi. Chap tugmasini bosib turib sichqonchani sudrasak, sichqonchaning izi barglar bi-
lan to‘1diri1adi.
Bir qarashda mo‘yqalam va qa- lam bilan ishlash orasida farq yo‘q- dek ko‘rinsa-da, ular turli maqsad- larda ishlatiladi. Qalam yordamida chiziq chizilganda bu chiziqning chetlari aniq ajralib turadi. Mo‘yqa- lamda esa bunday bo‘lishi shart emas.
Mo‘yqa1am birinchi navbatda bo‘yash uchun ishlatiladi. Bo‘yash esa mo‘yqa1am qanday tezlik bilan tortilganiga, qanday kuch bilan bo- silgani, bo‘yoq surtilayotgani yoki purkalishiga bog‘1iq ravishda o‘z- garadi. Qalamda esa bunday para-
metrlarning ta'siri bo‘lmaydi. Uskunalar panelida qalam mo‘yqa1am bilan bitta tugma ostida joylashgan. Uni tanlash mo‘yqalamni tanlash kabi amalga oshiriladi.
Qalamning parametrlar paneli mo‘yqa- lam parametrlari paneli kabi ko‘rinish- ga ega. Qalamning parametrlarini ham mo‘yqalam parametrlari kabi o‘zgarti- rish mumkin. Masalan, qalam chizadigan chiziqning qalinligini o‘zgartirish uchun uning parametrlar panelidagi ikkinchi tug- mani (oldingi darsdagi suratda B tugma)ni bosamiz.
Hosil bo‘lgan muloqot oynasidagi bi- rinchi surgichni surib, qalamning qalinli- gini o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi surgich
qalamning yumshoq va qattiqligini o‘zgartiradi. Uni chapga sursak, qalam- ning qattiqligi oshadi, o‘ngga sursak, qalam yumshoqroq bo‘ladi.
Qalam bilan chiziq chizish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib, u suriladi. Bunda to‘g‘ri chiziq kesmalarini chizish juda qiyin. Agar qalam yordamida kesma chizish kerak bo‘1sa, Shift tugmasini bosib turib, kesma- ning uchlari bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda sichqonchaning chap tugmasini bo- sish kerak bo‘1adi.
Shift tugmasini va sichqonchaning chap tugmasini bosib turib, sichqon- chani harakatlantirsak, harakat yo‘na1ishiga qarab vertikal yoki gorizontal kesmalar chiziladi.
Agar Ctrl tugmasi bosilsa, chizilgan chiziqni siljitish mumkin bo‘ladi (siljitish uskunasi vaqtincha ishga tushadi). Alt tugmasi esa tomizg‘ich us- kunasini vaqtincha ishga tushiradi. Alt ni bosib turib, tasvirning biror joyiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasi bosilsa, shu nuqtaning rangi asosiy rang sifatida tanlanadi va keyingi chiziqlar shu rangda chiziladi.
Qalam yordamida chiziqlar chizishdan tashqari, uning shaklini o‘zgar- tirib, tasvirga turli shakllarni joylash mumkin. Masalan, yuqoridagi rasmda keltirilgan muloqot oynasining pastki qismidagi maydonchaning vertikal sur- gichni pastga sursak, unda qalamning yangi shakllari paydo bo‘ladi. Undan maysa yoki barg shaklidagi qalamni tanlab, tasvirni osongina maysalar va barglar bilan to‘ldirish mumkin.
YODDA SAQLANG !
Qalam uskunasi yordamida asosan chiziqlar chiziladi.
|
| |