|
Mualliflar
|
bet | 11/18 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #260111 |
Bog'liq b
Mehmonxona suratini boshqa suratdagi kompyuter ekraniga joy-
lang.
Mehmonxona suratini boshqa suratdagi avtomashinaning yon oyna- siga joylang.
Yon oynasida mehmonxona rasmi bo‘1gan avtomobil rasmini surat- dagi kompyuter ekraniga joylang.
Kublarni boshqa usullarda joylab, yangi tasvirlar yarating.
O‘zingizning fotosuratingizdan kub yasab, ular bilan tasvirni to‘ldi- ring.
Qatlamlarning joyini almashtirish qanday amalga oshiriladi?
YGA VAZIFA
Oilaviy fotosuratlaringizdan uchtasini olib, ularni kubning uchta tomo-
niga joylang.
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo‘shi1uvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chi- roqlarni yoqsak, ular taratayotgan yorug‘liklar qo‘shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda bo‘1sa, bu ranglar qo‘shilib, xona ulardan ko‘ra yorqinroq (ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta aso-
siy rang: qizil (Red), yashil (Green) va ko‘k (Blue) ranglarni turli nisbatda qo‘shish bilan yaratish mumkin. Bu ranglarning nomlaridan qo‘shi1uvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan:
Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo‘1ishi mumkin. Natijada 256*256*256 ta (o‘n olti milliondan ko‘proq) ranglar hosil qilish mumkin. Masalan, yashil va ko‘k ranglar qo‘shilganda havo rang (ingliz ti- lida Cyan deb ataladi), qizil va ko‘k ranglar qo‘shilganda pushti (Magenta), qizil va yashil ranglar qo‘shi1ib sariq ( ) ranglar paydo bo‘ladi. Uchta asosiy rang qo‘shilganda oq rang chiqadi.
Qo‘shi1uvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekrani- dagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi.
Rasm darslaridan bilamizki, oq qog‘ozni bir necha rangdagi bo‘yoq1ar bilan bo‘yasak, bu ranglar qo‘shi1ib, to‘q1ashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog‘ozni bo‘yasak, qog‘oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olin- gan. Bu uchta rang oq qog‘ozga surtilganda qog‘oz qora rangga kiradi. Lekin toza bo‘yoq1ar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang biron bir bo‘yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora ranglar ko‘p bo‘lgan tasvirlarni yaratishda boshqa
rangdagi bo‘yoq1arning sarflanishi ham keskin kamayadi.
Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashri- yotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo‘lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, blacK) deb ata- ladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko‘rsatiladi.
PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushu- narli bo‘1gan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri HSB deb ata- ladi. Bu nom ingliz tilidagi Hue (Rang turi), Saturation (Rang to‘yinganligi) Brightness (Rang yorqinligi) so‘zlaridan olingan.
Bu tizimda ranglar palitrasi doira shaklida qurilgan bo‘lib, har bir rang- ga uchta parametr mos keladi. Bu parametrlarning birinchisi kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Asosiy ranglar doira chegarasi bo‘lgan aylanada joylashgan.
Ularni tanlash uchun aylanadagi nuqtaga mos keladigan markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha bo‘lgan qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120° ga yashil, 240° ga ko‘k rang mos keladi. Ikkilamchi ranglar: sariq (60°), havorang (120°) va pushti (240°) lar asosiy ranglar orasida joylashgan.
Bu ranglar bir-biri bilan qo‘shilib, yangi ranglar paydo bo‘1adi. Masalan, ko‘k rang (240°) bilan pushti rang (300°)
orasida siyohrang (270°) joylashgan.
Ikkinchi parametr rangning to‘yingan1igini bildiradi. Bu parametr 0 dan 100 gacha bo‘1gan qiymatni qabul qiladi. Bu parametrning qiymati kamay- gani sari rangning to‘yingan1igi ham kamayib boradi va 0 ga teng bo‘lganda bu rang oq rangga aylanib qoladi.
Bu parametrga mos keladigan ranglar tanlangan burchakning radiusi bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. Bu radius bo‘y1ab harakatlanganda doira che- garasi, ya'ni aylanada tanlangan rang to‘yinganligi kamayib borib oq rangga aylanadi.
ILIQ
SOV UQ
Rangning uchinchi parametri tanlangan rangning yorqinligini bildiradi va 0 dan 100 gacha bo‘1gan qiymatlarni qabul qi- ladi. Masalan, oq rang tanlangan bo‘1- sin. Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo‘1sa, u oqligicha qoladi. Yorqinlik 0 ga teng qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng bo‘lsa, kul rang, 25 ga teng bo‘lsa, to‘q kul rang, 75 ga teng bo‘1sa, och ku1 rangga aylanadi.
Bu tizimning yaxshi tomoni unda bir-birini to‘ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo‘lgan ranglar yaqqol ko‘rinib
turadi. Bir-birini to‘1diruvchi ranglar deb doiraning bitta diametrida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi.
Masalan, qizil va havo rang; va ko‘k; yashil va pushti ranglar; shu- ningdek, oq va qora ranglar bir-birini to‘ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To‘1- diruvchi ranglardan biri fon uchun olinsa, ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi. Bunda chiziq va yozuvlar fonda yaqqol ko‘rinib tu- radi. Matnning biron qismini ajratish uchun matnning asosiy rangiga yaqin- roq rang tanlanadi.
Ranglar ikki turga ajratiladi. Ulardan birinchi iliq ranglar, ikkinchisi esa sovuq ranglar deb ataladi. Iliq ranglarga tarkibida qizil va sariq ranglar ko‘proq bo‘1gan ranglar, sovuq ranglarga tarkibida ko‘k va siyoh ranglar ko‘proq bo‘1gan ranglar kiradi. Ayniqsa, ularga qora va kul ranglar aralashsa, ular yanada sovuqlashadi. Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar hisoblanadi.
Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko‘taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga yomon ta'sir qiladi. Dizayn bilan jiddiy shug‘u11anishni istaganlar iliq, sovuq, neytral ranglarni va ular bilan ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak.
YODDA SAQLANG !
Turli ranglar inson kayfiyatiga turlicha ta'sir qiladi.
|
| |