|
Mualliflar
|
bet | 8/18 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #260111 |
Bog'liq b
Tasvirni to‘liq ajratib olish, ajratishni bekor qilish qanday bajariladi?
To‘g‘ri to‘rtburchak, oval ko‘rinishidagi soha qanday ajratiladi?
Ajratilgan sohalar ustida qanday amallar bajarish mumkin?
Arqon uskunasidan qanday foydalaniladi?
To‘g‘ri chiziqli arqon uskunasidan qanday foydalaniladi?
Yuqorida berilgan mashqlarni kompyuterda bajaring.
H;3flMOnHHeñHoe naccO (To‘g‘ri chiziqli arqon) uskunasi yordamida suratdagi binoni ajratib olishni mashq qiling.
YGA VAZIFA
Alt va Shift tugmalari yordamida tasvir sohasini ajratib olishni mashq
qiling.
Arqon tugmasidagi uchinchi uskuna MarHHTHoe oaccO (Magnitli arqon) dan chegarasida fondan keskin ajralib turgan obyektlarni ajratib olishda foy- dalaniladi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bu arqon magnit kabi obyekt- ning chegarasiga yopishib qoladi va obyektni ajratib olish osonlashadi.
Chegarani belgilashni boshlash uchun uning biror nuqtasida sichqoncha- ning chap tugmasi bir marta bosiladi. Sichqonchani chegara bo‘y1ab surgani- miz sari chegarada yangi tugun nuqtalar paydo bo‘la boshlaydi.
Yangi tugun nuqta noto‘g‘ri tushib qolsa, uni klaviaturadagi BackSpace (Bitta belgi orqaga) tugmasini bosib, olib tashlaymiz. Chegara aniq bo‘lma- gan joylarda navbatdagi tugun nuqtalarni sichqonchaning chap tugmasini bo- sish bilan majburan qo‘yib chiqish ham mumkin.
Ajratishni tugatish uchun sichqonchani ajratish boshlangan nuqtaga olib kelish yoki bu nuqta atrofida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bo- sish yetarli. Mashq sifatida o‘rdakchani fondan magnitli arqon yordamida ajratib olaylik. Yuqoridagi rasmlarda tugun nuqtalarning joylashishi va tas- virning ajratish tugallandan keyingi holati ko‘rsatilgan.
PhotoShopda tasvir bo‘lagini ajratib olishning yana bir usuli bu Bonsıııe6Has nanooxa (Sehrli tayoqcha)dan foydalanish. Bu uskuna nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u mo‘jizalar yarata oladi. Bu tayoqchani olib, tasvir- ning biron-bir nuqtasiga tekkizsak, bu nuqtaning atrofıdagi rangi tanlangan nuqta rangiga yaqin bo‘lgan barcha piksellarni ajratib oladi.
Bu uskuna yordamida tasvirning fonini ajratib olish qulay. Masalan, ol- dingi mashqdagi o‘rdakcha rasmini olaylik. O‘rdakcha orqasidagi fon qariyb bir xi1 bo‘1ib, uni sehrli tayoqcha yordamida ajratib olamiz.
Sehrli tayoqcha uskunasi fisIcTpoe Bslqeueoxe (Tezkor ajratish) uskunasi bilan birga joylashgan. Bu uskuna ustiga sichqonchani olib kelib, uning o‘ng tugmasini bosamiz va paydo bo‘lgan menyudan sehrli tayoqchani tanlaymiz.
Sehrli tayoqchani tanlash uchun klaviaturada Ctrl+W qo‘shtugmasini bo- sish ham mumkin. Tayoqchani o‘rdakcha rasmidagi fon rangidagi biror nuq- taga olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosamiz.
Agar fonni emas, noutbukning o‘zini ajratib olish kerak bo‘1sa, asosiy menyuning BsIgeneHHe ( jratish) bo‘limidagi HııBepcHs (Teskarisi) buy- rug‘i beriladi yoki unga mos Ctrl+Shift+I qo‘shtugmasi bosiladi.
Bu rasmdagi fon bir xi1 bo‘1gani uchun ham fonni ajratib olish oson bo‘ldi. Odatda, rasmdagi fon bir-biriga yaqin bo‘lgan turli ranglardan ibo- rat bo‘1adi. Yaqin ranglardan qanchasini ajratib olishni parametrlar satrida ko‘rsatish mumkin. Oldingi sahifadagi rasmda 30 soni turgan maydonchada bu parametr qiymati ko‘rsati1adi. Bu qiymat kattalashsa, ajratib olinadigan ranglar soni ham ortadi.
Bu parametrni kattalashtirgandan ko‘ra, fonni bir necha joyini tanlab ajra- tish yaxshiroq natija beradi. Bunda fonning keyingi nuqtasini tanlashda Shift tugmasi bosib turilsa, ajratib olingan bo‘1ak oldingisi bilan birlashtiriladi.
Quyidagi rasmda fonni sehrli tayoqcha bilan ajratib olsak, o‘ng tomonda- gi bulut va daraxtlar oldidagi fonning bir qismi ajralmay qoladi. Ularni ham ajratib olish uchun Shift tugmasini bosib turib, qolib ketgan sohalarni sehrli tayoqchani bu sohalar ustida bosib, qo‘shib olamiz:
fisıc+poe BsIqeneHxe (Tezkor ajratish) uskunasi ham shunga o‘xshash tarzda ishlaydi. Lekin unda soha qadamma-qadam tanlab boriladi. Bunda navbatdagi tugmani bosib tanlash o‘rniga, sichqonchani chap tugmasini bo- sib turib sudrash bilan kattaroq sohani qo‘shib olish mumkin.
|
| |