• YGA VAZIFA
  • Mualliflar




    Download 7,87 Mb.
    bet10/18
    Sana04.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #260111
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
    Bog'liq
    b

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


    1. Qanday shakl almashtirish amallarini bilasiz?

    2. Olma rasmini 90°, 180°, 270° ga buring.

    3. Olma rasmini vertikal va gorizontal yo‘nalishda o‘giring.

    4. Qizaloq rasmidagi kamchiliklarni bartaraf qiling.

    5. Bino rasmini yuklab, undagi perspektivani o‘zgartiring.

    6. O‘zingizning fotosuratingizni yuklab oling. Unga o‘n bitta shakl o‘zgartirish amalini qo‘1lang va bu fotosuratlarning barchasidan bitta fotosurat yasang.

    YGA VAZIFA


    Televizor yoki kompyuter ekranidagi tasvirni ajratib olib, perspektiva-
    sini rostlang.


    Quyidagi berilgan variantlardan nazorat ishlarini o‘tkazishda foydalanish tavsiya etiladi.
    1. variant


      1. Kompyuter ekrani o‘lcham1ari orasidan keng tarqalganlarini keltiring.

      2. PhotoShop, uning tarixi va versiyalari.

      3. PhotoShopda kadrlash amalini bajarib ko‘rsating.
    1. variant


    1. 3D grafika qanday yaratiladi va tasvirlanadi?

    2. PhotoShopning imkoniyatlari.

    3. PhotoShopda magnitli arqondan foydalanib tasvir bo‘1agini ajratib oling.
    1. variant


    1. Rastrli grafika qanday ishlaydi?

    2. PhotoShop interfeysi.

    3. Sehrli tayoqcha yordamida tasvir bo‘1agini ajratib oling.
    1. variant


    1. Fraktallar haqida ma'1umot bering.

    2. PhotoShopda fayllar bilan ishlash.

    3. PhotoShopda shakl almashtirish amallarini bajarib ko‘rsating.


    PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam bu shaffofqog‘oz bo‘1ib, PhotoShopda qatlamga qo‘shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi. Har bir qatlamdagi tasvirni boshqa qatlamdagi tasvirlardan alohida tahrirlash mumkin.


    Qatlamlardan biz yuqorida foydalangan edik. “O‘zbekiston” mehmonxo- nasi suratiga to‘ma avtomashinani joylaganimizda ularning har biri alohida qatlamda joylashgan edi. Bu avtomashinalardan birortasining joyini o‘zgar- tirmoqchi bo‘lsak, u joylashgan qatlamni tanlab, undagi tasvirni surishning
    o‘zi yetarli. Bunda boshqa avtomashinalar va mehmonxona surati o‘zgar- maydi.

    PhotoShop suratga qo‘shi1gan yangi tasvirlarni avtomatik tarzda yangi qatlamga joylaydi. PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin.
    Qatlamlar bilan ishlash uchun asosiy menyuning CnoH (Qatlamlar) bo‘li- mida joylashgan buyruqlardan foydalanish mumkin. Lekin Choi (Qatlamlar) palitrasidan foydalanish yanada qulay. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning OxHo (Oyna) bo‘limidagi Choi (Qatlamlar) bandini tan- lash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak. Bu palitraning ko‘rinishi rasmda ko‘rsati1gan. Undagi tugmalarning vazifalari bilan tanishib chiqamiz.
    A. Yashirin palitralar; B. Yashirin palitralarni ochish; C. CJIOH (Qatlam- lar) jildi; D. K£tH£tJIbI (Kanallar) jildi; E. KoHTypsI (Konturlar) jildi; F. Palit- rani yashirish va ochish tugmasi; G. Palitraning menyusi tugmasi; H. Qat- lamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha); I. Qatlamga bo‘yoq quyish (0 dan 100 gacha); J. Qatlamning qotirilganligi belgisi; K. Tanlangan qatlamlarni bir-biri bilan bog‘1aydi; L. Qatlamga stil qo‘shadi; M. Niqob qatlam yaratadi;
    N. Yangi korreksion qatlam yaratadi; O. Qatlamlarning yangi guruhini yara- tadi; P. Yangi qatlam yaratadi; Q. Tanlangan qatlamni o‘chiradi; R. Qatlamni ko‘rsatadi yoki yashiradi.
    Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi
    va uning joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Boshqa qatlamlarning o‘rnini almash- tirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo‘yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo‘lsa, undan keyingi qatlam biroz ko‘rinib turadi.
    Qatlamga niqob qatlam qo‘shish mumkin. Qatlamning niqob bilan ber- kitilgan qismini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o‘zgarti- rish kerak bo‘lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun unga korreksion qatlam qo‘shi1adi. Stil qatlam esa qatlamga tayyor stilni qo‘llash uchun ishlatiladi. Bo‘yoq quyish qatlami qatlamning ustidan bo‘yoq quyish uchun ishlatiladi.
    Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan ishlash qiyinlashadi. Bun- day paytda bir necha qatlamni bitta guruhga birlashtirish va bu guruh bilan bitta qatlam bilan ishlagandek ishlash mumkin.
    Noutbuk va mehmonxona rasmlarini yuklab olamiz. Mehmonxona tas- virini to‘liq ajratib (Ctrl+A qo‘shtugmasi), undan nusxa olamiz (Ctr1+C). Noutbuk rasmiga o‘tib, unga nusxani joylaymiz (Ctrl+V). Noutbuk rasmiga o‘tish uchun uning oynasining ko‘rinib turgan joyini sichqoncha bilan bosish yetarli. Agar oyna boshqa oynalar bilan to‘1iq to‘sib qo‘yi1gan bo‘1sa, asosiy menyuning OxHo (Oyna) bo‘limining oxirgi bandlarida joylashgan hujjat oy- nalaridan keraklisini tanlaymiz.
    Noutbuk oynasida mehmonxona tasviri paydo bo‘ladi va u ajratib olin- gan (quyidagi rasmlardan birinchisi). Asosiy menyuning PeqaxTxpOBaHxe (Tahrirlash) bo‘limidagi TpaHGQO MHpOBaHue (Shakl o‘zgartirish) bandini va paydo bo‘1gan menyudan HcKaweHHe (Nochiziqli o‘zgartirish) bandini tanlaymiz.
    Mehmonxona tasviri burchaklarida maxsus markerlar paydo bo‘ladi. Ulardan birini sudrab, noutbuk ekrani burchagiga olib kelamiz (2-rasm). Mehmonxona tasvirining qolgan uchlaridagi markerlarni sichqoncha bilan sudrab, kerakli joyga olib kelamiz (3-, 4-va 5-rasmlar). Yana bir marta bur- chak markerlarining rasmdagi noutbuk ekrani burchaklariga to‘g‘ri qo‘yilga- nini tekshirib (Ekrandagi tasvir butunlay ko‘rinmasligi kerak), Enter tugma- sini bosamiz.
    Tayyor rasmni yangi nom bilan saqlab qo‘yamiz (6-rasm). Mehmonxona
    tasviri alohida qatlamda joylashganligi sababli, undagi o‘zgartirish1ar boshqa qatlamdagi noutbuk tasviriga ta'sir qilmadi:




    Yana bir mashq bajaramiz. PhotoShopga yon oyna suratini yuklab ola- miz. Uni to‘liq ajratib, nusxalaymiz. Yangi surat yaratamiz. Uning o‘1cham1a- ri yon oyna surati o‘1cham1ari kabi bo‘ladi. Yangi suratga yon oyna suratining nusxasini joylaymiz (quyidagi 1-rasm).
    Yon oynadagi mototsiklchilarning tasvirini oddiy arqon yoki magnitli arqon uskunasi bilan ajratib olamiz. Klaviaturadagi Delete tugmasini bosib, ajratilgan bo‘lakni o‘chirib tashlaymiz (2-rasm).
    Mehmonxona suratini yuklab, undan nusxa olamiz. Nusxaning o‘lcham- larini kichiklashtirib, yon oyna ustiga qo‘yamiz (3-rasm).
    1 2
    3 4

    Mehmonxona va avtomashina suratlari joylashgan qatlamlarning o‘rnini almashtiramiz. Buning uchun qatlamlar palitrasini ochamiz. Cuoñ 1 degan yozuv ustiga yoki u joylashgan havorang to‘rtburchak ustiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosib turib, yuqoriga sudraymiz. Choir 2 yozuvi tepasida chiziq paydo bo‘1ishi bilan sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboramiz.




    Natijada avtomashina joylashgan birinchi qatlam yuqoriga chiqib, meh- monxona qatlami pastga tushadi, mehmonxona faqat avtomashina oynasi- dan ko‘rinib turadi. Fonning oq rangi esa hech qayerda ko‘rinmaydi. Agar avtomashina tasvirini fondan boshqa qatlamga nusxalamaganimizda uning o‘rnini o‘zgartirib bo‘1mas edi. Avtomashina fonda bo‘1magani uchun uning oynasidagi tasvirni o‘chirganimizda uning o‘rnini fon rangi egallamaydi, u shaffof ko‘rinishga o‘tadi.
    PhotoShopda shakl o‘zgartirish1ar va qatlamlardan foydalanishga misol sifatida berilgan rasmdan kublar yasab, ularni yig‘ishga urinib ko‘ramiz. Be- rilgan rasm va olingan natija quyida keltirilgan:

    Vazifani bajarish algoritmini keltiramiz:

    1. Kub tomonlariga qo‘yilishi kerak bo‘1gan rasmni yuklab olamiz, avval ko‘rib chiqilgan ramka uskunasi yordamida (klaviaturada C tugmasini bosib chaqiriladi) undan 80x80 o‘1cham1i qismini kesib olamiz.

    2. Yangi tasvir yaratamiz (Ctrl+N). Uning o‘lchamlarini 1000X800 qilib o‘rnatamiz.

    3. Birinchi tasvirga o‘tib, uni to‘liq ajratib olamiz (Ctrl+A) va nusxalay- miz (Ctrl+C). Ikkinchi tasvirga o‘tib, unga birinchi tasvirning ikki nusxasini joylaymiz (Ctrl+V).

    4. Joylangan ikkinchi nusxa ajratilgan holda turibdi. Uni kursorni bosh- qarish tugmalari yordamida yoki Pyxa (Dastak) uskunasini tanlab, birinchi nusxaning tepasiga olib kelamiz.

    5. Bu nusxaning vertikal o‘lchamini ikki barobar kamaytiramiz va uni gorizontal yo‘na1ishda W5° ga buramiz.

    6. Tasvirga birinchi rasmning uchinchi nusxasini joylaymiz. Uni birinchi nusxaning o‘ng tomoniga dastak uskunasi yoki kursorni boshqarish tugmala- ri yordamida olib kelamiz.

    7. Bu nusxaning gorizontal o‘lchamini ikki barobar kamaytiramiz va uni vertikal yo‘na1ishda 45° ga buramiz.

    8. Uchta nusxa joylashgan qatlamlarni birlashtiramiz. Buning uchun ular joylashgan qatlamlarni Shift tugmasini bosib turib tanlaymiz va qatlamlarni

    birlashtirish tugmasini bosamiz.

    1. Yaratilgan kubni to‘1iq ajratib olamiz. Uning nusxasini olib, tasvirga joylaymiz. Yangi kubni surib, birinchisi yoniga keltiramiz.

    2. To‘qqizinchi amalni sakkiz marta takrorlaymiz. Har safar yangi nusxani qolganlariga bo‘sh joy qoldirmay zich qilib qo‘shib qo‘yamiz.

    3. Qilgan ishlarimizni Ctr1+S qo‘shtugmasi yordamida dastlab PhotoShop formatida, keyin jpeg formatida saqlab qo‘yamiz. Ikkala hujjatni yopib, PhotoShopda ishlashni tugatamiz.

    YODDA SAQLANG !
    Tasvirga joylangan nusxa ajratilgan holda qoladi. Boshqa uskuna tan- laguncha uni sichqoncha yordamida, yangi joyga o‘tkazish mumkin.

    Download 7,87 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




    Download 7,87 Mb.