PhotoShopda mavjud tasvirni ochish qanday amalga oshiriladi?
PhotoShopda joriy tasvirni saqlab qo‘yish qanday bajariladi?
PhotoShop qayta ishlaydigan asosiy formatlarni sanab chiqing.
Jpeg, Raw formatlarining afzallik va kamchiliklarini aytib bering.
PhotoShopni ishga tushiring. Unga biror tasvir yuklang va tasvirni turli formatlarda, turli joylarga saqlashni mashq qiling.
YGA VAZIFA
PhotoShopda yangi tasvir yaratish jarayonini mashq qiling.
Word matn protsessorida matn bo‘lagini ajratib olishni esga olaylik. Matn harf va boshqa belgilarning ketma-ketligi bo‘lgani sababli, uning bo‘lagini ajratish uchun bo‘lakning birinchi va oxirgi belgilarini tanlash yetarli edi.
Vektorli tasvirda ham uning bir qismini ajratib olish unchalik qiyin emas. Vektorli tasvirda, masalan, Wordda yaratilgan chizmada, bir nechtagi- na obyekt bo‘lgan1igi sababli ulardan keraklilarini ketma-ket tanlab chiqish
mumkin.
Rastrli tasvirda uning bo‘1agini ajratib olish u qadar oson ish emas. Unda bir necha milliongacha piksellar bor va ularni birma-bir tanlab chiqishning iloji yo‘q.
Shu sababli rastrli tasvirlarda ularning bir bo‘lagini ajratib olish uchun bu bo‘lak (soha) ning chegaralarini ajratib olish kerak bo‘1adi. Bu annal ancha qi- yin bo‘lib, uni bajarish anchagina mahorat talab qiladi. Bu amalni osonlash- tirish uchun PhotoShopda bir qator uskunalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, asosiy menyuning oltinchi bo‘limi (BsIqeneHxe — AjratiSh) da tasvir bo‘lagi- ni ajratish uchun ishlatiladigan buyruqlar yig‘i1gan.
Tasvirni to‘liq ajratib olish. Uni ofis ilovalaridagi kabi Ctrl+A (All — barchasi so‘zidan olingan) qo‘shtugma yordamida chaqirish mumkin. Bu amalni yana asosiy menyuning BsIqeneHoe (AjratiSh) bo‘1imining birinchi bandi Bce (Barchasi) ni tanlash bilan ham amalga oshirish mumkin. Tasvir- ning ajratilgan qismi chegarasida harakatlanadigan uzuq chiziq paydo bo‘la- di.
Ajratishni bekor qilish uchun Ctrl+D (Delete — olib tashlash) qo‘shtug- masidan foydalanish yoki asosiy menyuning BsIqeoeHxe (AjratiSh) bo‘1imi- ning ikkinchi bandidagi O+MeHnTb BsiqeneHHe (Ajratishni bekor qilish) buy- rug‘ini tanlash mumkin.
Ajratish uskunalari uskunalar panelida birinchi bo‘lib joylashgan. Uning ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos kelgan to‘rtta uskuna ro‘yxati ekranga chiqadi. Ular quyidagi uskunalardir:
To‘g‘ri to‘rtburchakli soha uskunasi — to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishidagi sohani ajratish uchun ishlatiladi.
Ellipssimon soha — ellips ko‘rinishidagi sohani ajratadi.
Gorizontal qator — piksellarning gorizontal satrini ajratish uchun xizmat qiladi.
Vertikal qator — piksellarning vertikal qatorini ajratish uchun ishlatiladi.
Biror-bir sohani ajratib olish uchun sichqonchaning chap tugmasini bo- sib, ajratiladigan sohaning bir burchagidan ikkinchi burchagiga o‘tish va tug- mani qo‘yib yuborish kerak bo‘1adi.
Soha ajratilgach, yana bir marta yangi soha ajratilsa, eski ajratilgan soha bekor qilinadi va o‘rnida yangi ajratilgan soha paydo bo‘ladi. Navbatdagi soha ajratilayotgan paytda klaviaturadagi Shift tugmasi bosib turilsa, eski va yangi sohalar birlashtiriladi va hosil bo‘lgan soha ajratiladi. Agar yangi soha ajratishda Alt tugmasi bosib turilsa, yangi ajratilgan soha eskisidan ayirib tashlanadi. Yangi sohani ajratishda Alt va Ctrl tugmalarining ikkalasi ham bosib turilsa, yangi soha bilan eski sohaning kesishmasi ajratib olinadi. Bu to‘rtta holat yuqoridagi to‘rtta suratda aks etgan.
Ajratish uskunalaridan birortasi tanlanganda parametrlar satrida bu usku- nalarning parametrlari paydo bo‘ladi. Parametrlar satrining ko‘rinishi quyi- dagi rasmda ko‘rsati1gan:
Undagi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi tugmalar mos ravishda hech qaysi tugmani bosmasdan, Shift, Alt va Shift+Alt tugmalarini bosib tu- rib sohani ajratishga to‘g‘ri keladi. Ya'ni klaviaturadagi tugmalarni bosib tu- rish o‘rniga parametrlar panelidagi tugmani bir marta bosib qo‘yish mumkin. Oval ko‘rinishidagi sohalarni ajratish ham shu kabi amalga oshiriladi.
Shuningdek, to‘rtta ajratish uskunalaridan bitta murakkab sohani ajratishda ham foydalanish mumkin.
Ajratilgan sohalardan namunalar quyidagi rasmlarda keltirilgan:
Yuqorida ko‘rilgan uskunalardan foydalanib geometrik shakl ko‘rinishi- da sohalarni ajratib olish qulay. Lekin ajratilishi kerak bo‘lgan soha har doim ham bunday ko‘rinishda bo‘lavermaydi.
PhotoShopda yana bir nechta ajratish uskunalari bo‘1ib, ular üacco ( rqon), HplfMOnxHeiiHoe uaccO (To‘g‘ri chiziqli arqon), M FHxTuoe uacco (Magnitli arqon) deb ataladi:
Ularning hammasi uskunalar panelida bitta Nacco (Arqon) tugmasi osti- da yashirilgan. Ularni bu tugma ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, paydo bo‘lgan menyudan tanlash yoki ularga mos qo‘yi1gan klaviaturaning L harfini bir yoki bir necha marta bosish bilan tanlash mumkin.
Arqon uskunasi tanlanganda sichqonchaning chap tugmasini bosib tu- rib, sichqoncha yurgiziladi. Sichqonchaning ekrandagi izi arqon kabi uning orqasida qoladi. Chap tugmani qo‘yib yuborish bilan arqonning ikkita uchi birlashtiriladi. Hosil bo‘lgan yopiq chiziq o‘rab turgan soha ajralib qoladi.
Mashq sifatida quyidagi rasmdagi o‘ngdan uchinchi daraxtni ajratib olamiz va Ctrl+C qo‘shtugmasi bilan nusxalab, Ctr1+V qo‘shtugmasi bilan rasmga qo‘shamiz. Uni surib kerakli joyga o‘tkazamiz. Undagi avtomashi- nani ajratib olamiz. Undan nusxa olamiz va 5 marta rasmga joylaymiz. Har safar joylangan nusxani kerakli joyga o‘tkazishni unutmang. Aks holda bu nusxani yana ajratib olishga to‘g‘ri keladi. Qilingan ishlarning natijalari qu- yidagi rasmlarda aks etgan:
To‘g‘ri chiziqli lasso yordamida chegaralari to‘g‘ri chiziq kesmalari bo‘1- gan obyektlarni, masalan, binolarni, televizorlarni yoki ularning ekranlarini ajratib olish qulay. Mashq sifatida quyidagi rasmdagi noutbuk ekranini aj- ratib olaylik. Buning uchun to‘g‘ri chiziqli fiacco (arqon) uskunasini tan- laymiz. Sichqonchani ekranning bir burchagiga olib kelib, chap tugmasini bosamiz, so‘ng sichqonchani navbatdagi burchakka olib kelib yana bir marta bosamiz, so‘ng uchinchi burchakda, keyin to‘rtinchi burchakda bosib, oxi- ri birinchi burchak ustida ikki marta bosamiz. Natijada kompyuter ekranini ajratib olamiz:
Ajratib olingan sohani olib tashlash uchun klaviaturadagi Delete (O‘chi- rish) tugmasini bosamiz. Ekranda muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Unda HcnoossOBaTb (Ishlatmoq) maydonchasida fiensIñ (Oq rang) ni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Natijada kompyuter ekrani oq rangga bo‘yalib qoladi.
YODDA SAQLANG !
Tasvir bo‘lagini qayta ishlashdan oldin uni ajratib olish kerak.
|