• Hosting
  • Web-dizayn — bu yaratiladigan web-saytlarga texnik ishlov berish va axborotlarni tizimli ravishda shakllantirishdir.
  • Mualliflar




    Download 7,87 Mb.
    bet17/18
    Sana04.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #260111
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    b

    Domenbu biror-bir serverda joylashgan saytga olib boradigan manzildir.


    Barcha web-saytlar qaysidir serverda joylashgan bo‘ladi. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingiz ma'1umotlarini qaysidir ser- verga joylashtirganingizda saytingiz IP manzilga ega bo‘ladi. Masalan: 94.100.180.199. Agar domen bo‘1maganida yaratilgan web-saytni yuklash uchun brauzerda 94.100.180.199 raqamlar yoziladi.


    Hosting bu web-sayt uchun joy ajratib beruvchi xizmat turidir.

    Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo‘la- di. Hosting va domenni bir kompaniyadan yoki alohida kompaniyalardan ham olish mumkin. Web-saytlar uchun hosting beruvchi kompaniyalarda katta hajmdagi maxsus serverlar mavjud. Ular tinimsiz ishlab turish orqali web-saytlarning ishlashini ta'min1aydi.




    Web-dizaynbu yaratiladigan web-saytlarga texnik ishlov berish va axborotlarni tizimli ravishda shakllantirishdir.

    Axborotlar bir-biri bilan gipermatnli bog‘lanish1ar yordamida web-sahifalarga tarqatiladi. Bunday sahifalar birgalikda web-saytni tashkil etadi. Web-saytlar Internetning yagona axborot ora1ig‘ida birlashadi. Bunda web-sayt va web-sahifalar o‘zaro har xil usullar bilan bog‘lanadi. Ushbu ya- gona oraliq World Wide Web (butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) yoki qisqacha WWW deyiladi. Web-sahifalarga gipermurojaat WWW ning asosiy xusu- siyatlaridan biridir. Istalgan bir hujjatdan boshqa bir WWW hujjatga HTML ning maxsus teglari yordamida murojaat qilinadi. Internetda ishlagan vaqtin- gizda siz web-sahifalarda gipermatnli murojaatlarga duch kelasiz. Bu matn fragmentlari ko‘k shriftda va tagi chizilgan bo‘ladi. Agar siz ushbu yozuv- ni sichqoncha tugmasi yordamida bossangiz, u avtomatik ravishda boshqa web-sahifaga murojaat qiladi.


    Dastlab web-sayt yaratish uchun faqat HTML tilini yaxshi o‘z1ashtir- gan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu muammoni hal etish
    maqsadida, turli xil axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar tomo- nidan zamonaviy dasturiy vositalar yaratilgan. Ushbu dasturiy vositalardan foydalanib web-sayt yaratishning barcha bosqichlari HTML tili kodiga ta- yangan holda amalga oshirilgan. Biroq, HTML tilining barcha afzalliklariga qaramasdan, web-saytni boshqarish, vaqt o‘tgan sayin yangi ma'lumotlarni qo‘shishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelindi. Ushbu qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi dasturiy ta'minot yaratish ishlarini boshlashga ehtiyoj sezildi. Bu dasturiy ta'minot1ar kontentni (ma'lumot1arni) boshqarish tizimlari (CMS — Content Management System) deb ataladi.
    Ayni paytda web-sayt yaratishni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: statik va dinamik. HTML da yozilgan web-saytlar statik holda bo‘lsa, zamo- naviy web-saytlar dinamik ko‘rinishga ega.
    CMS tizimlarining asosiy afzallik jihati shundaki, dinamik web-saytlarni oson yarata olish va ularni turli xi1 axborotlar bilan to‘ldirish imkoniyati mav- jud. Bugungi kunda, CMS asosida qurilgan Drupal, PHP-Nuke, WebDirector, NetCat, Slaed, Microsoft CMS, WordPress, PHPShop kabi platformalarni misol tariqasida aytish mumkin.
    Quyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'1imi vazirligining web-saytini asosiy sahifasidan lavha keltirilgan (uzedu.uz):


    Web-sahifalar yaratishning asosi sifatida tasviriy san'atning yangi turi web-dizaynga bevosita aloqadordir. Internet dizaynerlari rasm va tasvirlar tayyorlash bilan cheklanib qolmasdan, balki tayyorlangan rasm va tasvirlarni tarmoqqa joylashtirish, web-sahifalar orasida aloqalar o‘rnatish, matn, tasvir
    va rasmlarning harakatini amalga oshirish, ranglarni estetik jihatdan to‘g‘ri va chiroyli tanlashga e'tibor qaratilishi lozim.
    YODDA SAQLANG !
    Web-sayt yaratish ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin: statik va dinamik.
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

    1. Web-sahifa deganda nimani tushunasiz?

    2. Internet tarmog‘idan (uzedu.uz) web-saytini yuklang va uning di- zaynini tahlil qiling.

    YGA VAZIFA

    1. Web-sayt deganda nimani tushunasiz?


    2. Internet tarmog‘idan (nat1ib.uz) web-saytni yuklang va uning dizay- nini tahlil qiling.

    Bugungi kunda web-sahifalarni yartish va ularni bezashda Java Script, Macromedia Dreamweaver, Macromedia Flash kabi dasturiy vositalardan foydalaniladi. Ushbu dasturiy vositalar yordamida web-sahifa yaratish, ular- ga rasmli, grafıkli ma'1umot1arni turli usullarda joylashtirish va animatsiya- lar yaratish hamda ularni o‘rnatish usullari, tovushli ma'lumotlarni joylash- tirish, web-sahifalarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lash kabi imkoniyatlarga ega. Java Script dasturlash texnologiyasi bo‘lib, HTML hujjatlarni yaratishda ishlatiladi. Unda makrobuyruq texnologiyasi, ya'ni bir necha buyruqni bir
    makrobuyruq shaklida tasvirlash keng qo‘llanilgan.
    Java Scriptda arfimetik amallar Paskal dasturi tili bilan bir xil bo‘1ib, ma- tematik funksiyalar esa quyidagicha:







    1. Download 7,87 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 7,87 Mb.