Muammoli vaziyat




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana23.05.2022
Hajmi0.71 Mb.
#21662
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
O\'tkirov Behruz, 1-ШЎЪБА, yangi maqola talaba bilan Homidov
 
А) 
 
Г Г
 
 
Б)
Demak, magnit induksion oqimining o`zgarishi natijasida induksion tok 
hosil bo`lar ekan. 
Magnit qancha kuchli , uning harakati qancha tez va g`altakdagi sim o`ramlari 
soni qancha ko`p bo`lsa, shuncha induksion tokning kuchi ham shuncha katta 
bo`ladi. Agar magnitni berk g`altak yaqiniga yoki hatto g`altak ichiga joylashtirsak 
ham magnit qo`zg`almaganda induksion tok hosil bo`lmaydi. Bundan shunday 
xulosaga kelish mumkinki, berk konturda induksion tokni hosil qilsh uchun 
birgina magnit mavjud bo`lishigina etarli bo`lmay, balki magnit maydon 
o`zgarishi kerak ekan. 
2-tajriba:Ikki g`altakni yonma-yon qo`yib, ikkinchi g`altakning uchlarini 
galvonometrga ulab, birinchi g`altakning uchlarini tok manbaiga ulasak, birinchi 
g`altakdagi tok kuchini R-reostat bilan o`zgartirib, ya`ni (2-rasmdagidek), yoki kalit 
yordamida zanjirga ulab uzib turilsa (2-b rasm) ikkinchi g`altakda induksion tok 
hosil bo`lganini ko`ramiz. 


Б 
Б
Г 











Bu ikkala holda ham ikkinchi g`altakni kesib o`tuvchi magnit induksiya oqimi 
o`zgaradi, chunki birinchi g`altak zanjirida tok o`zgaradi. 
3-tajriba: Bir g`altakni ikkinchi g`altak ichiga joylashtirsak unga 
yaqinlshishni yoki uzoqlashishni yoki uzoqlashishni ko`rish mumkin.(3-rasm) 
Katta diametri g`altakka galvonometr ulab, berk zanjir hosil qilaylik. Kichik 
diametrli g`altakka tok manbai, reostat orqali ulab berk zanjir hosil qilaylik va 
undagi tok kuchini reostat orqali o`zgartirsak, yoki bir-biriga yaqinlashtirib yoki 
uzoqlashtirsak galvonometr strelkasini o`zgarganini ko`ramiz. 
Masalan shu rasmni chizaylik… 
E

Endi shu tajribalar asosida quyidagi xulosaga kelamiz. 
1.G`altakning shakli o`zgarmagan holda magnit oqimining har qanday usulda 
o`zgarishi berk zanjirdagi galvonometr strelkasining o`tishiga olib keladi. Hosil 
bo`lgan induksion tokning yunalishi magnit oqimi yunalishining o`zgarishiga 
bog`liq. 
2.G`altakdagi sim o`ramlar soni ko`p, magnit induksiya oqimining o`zgarishi 
tez bo`lsa, induksion hodisasi tez bo`ladi. 
3.Agar g`altak ichida ferromagnit jism bo`lsa, effekt kuchli bo`ladi.Bunday 
induksion hodisasi magnit maydon kuchlanganligiga emas,balki magnit maydon 
induksiyasiga bog`liq ekanligi kelib chiqadi. 
Demak, hodisa o`tkazuvchanlik tokiga bog`liq bo`lmasdan, balki elektr 
induksiya maydoning hosil bo`lishiga bog`liq bo`lar ekan. Bu kuzatilgan 
tajribalarning hammasida ham elektr maydon kuchlanganligi vektorining hosil 
bo`lishi ko`zatilayapti, bularga asosan Faradey o`zining quyidagi qonuni ta`riflaydi: 



Download 0.71 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish