85
qamrab oladigan uch sektorli antennaga ega. Har bir yacheykaga
uchta BTSlardan uchta sektorlar to‘g‘ri keladi, u holda BTSlarning
umumiy soni tizimning yacheykalari soniga teng bo‘ladi. MS olti
burchakli yacheykaning burchaklaridan biriga joylashadigan yomon
hol uchun S=1da, qabullagich kirishidagi signal/halaqit nisbati 1,7 dB
qiymatgacha ortadi. Umumiy holda ko‘rinadiki, yo‘naltirilgan
nurlanish HSATda o‘zaro halaqitlar darajasni kamaytirishning
samarali chorasi hisoblanadi.