87
1501-1513
MGs
Sotaning radiusi
0,5-35 km
0,5-20 km
0,5-20 km
Yuqorida ko‘rsatilgan raqamli HSATlardagi standartlar o‘z
xarakteristikalari
bilan farqlanadi, lekin ular yagona tamoyillar va
konsepsiyalarda qurilgan va zamonaviy axborot texnologiyalari
talablariga javob beradi. GSMda ishlab chiqilgan tizim va texnik
echimlar barcha istiqbolli raqamli
HSATlar uchun ishlatilishi
mumkin.
SERT tavsiyalariga muvofiq 1980 yilda GSM standartidagi
harakatdagi aloqa uchun 862 – 960 MGs diapazondagi chastotalar
spektri ajratilgan. Binobarin, harakatdagi
stansiyalar uzatkichlari
uchun 890 – 915 MGs va bazaviy stansiyalar uzatkichlari uchun 935 –
960 MGs chastotalar spektri ajratilgan. GSM standartida tor polosali
VAUU (NB TDMA) ishlatiladi. Kadrning tuzilmasida har bir 124 ta
tashuvchilarda 8 ta vaqt pozitsiyalari mavjud bo‘ladi.
Axborot paketi uzatilishining halaqitbardoshligini oshirish uchun
navbatlashtirishli blokli va o‘rama kodlash qo‘llaniladi. Harakatdagi
stansiyalarning harakatlanishining past tezliklaridagi kodlash va
navbatlash samaradorligi aloqa seansi jarayonida sekundiga 217 ta
sakrashlar tezligida ishchi chastotalarni sekin qayta ulanishi (SFH)
bilan ortadi. Shahar sharoitlarida radioto‘lqinlarning ko‘p
nurli
tarqalishi o‘z o‘rniga ega, ular qabul qilinadigan signallarning
interferension so‘nishlariga olib keladi. Bu hodisa bilan kurashish
uchun impulsli signallarni 16 mksgacha vaqt bo‘yicha kechiktirishni
o‘rtacha kvadratik og‘ish bilan tekislaydigan ekvalayzerlar ishlatiladi.
Ishlatiladigan sinxronlashtirish tizimi
signalni kechikishining
233 mksgacha absolyut vaqtini kompensatsiyalashga imkon beradi, bu
35 kmga teng sotaning maksimal radiusiga mos keladi.
GSM
standartida
minimal
chastotaviy
surilishli
gauss
chastotaviy manipulyatsiyalash (GMSK) ishlatiladi. So‘zlashish
signaliga ishlov berish nuqtni uzilishli uzatilishi yo‘li (DTX) bilan
amalga oshiriladi, bunda uzatkich faqat signal bo‘lganida yoqiladi,
so‘zlashuv pauzalari va yakunlanishida uzatkich o‘chiriladi.
Buning
uchun muntazam impulsli qo‘zg‘atishli, uzoq vaqt oldindan aytishli va
oldindan aytishli chiziqli kesimli kodlashli kodek (RPE/LTR –LTR –
88
kodek) ishlatiladi. Nutq signalini o‘zgartirishning umumiy tezligi 13
kbit/sga teng.
GSM standartida aloqaning maxfiyligini ta’minlash uchun ochiq
kalitli algoritm bo‘yicha shifrlash (RSA) qo‘llaniladi. Umumiy holda
GSM standarti foydalanuvchilarga umumiy foydalanishdagi telefon
tarmoqlariga (PSTN), ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga (PDN) va
xizmatlar integratsiyalandigan raqamli tarmoqlarga (ISDN) ulanishli
xizmatlarning keng diapazonini taqdim etadigan
tarmoqni yaratishga
imkon
beradi.
GSM
standartining
asosiy
xarakteristikalari
2.1-jadvalda keltirilgan.