|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 3/4 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,29 Mb. | | #121131 |
Bog'liq Fizik adreslarni ip adresda aks ettirish. Reja (1)FEDC:0A98:0:0:0:0:7654:3210
Agar adresda bir necha nollar ketma-ket kelsa, adresni qisqartirib yozish mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan adresni quyidagicha yozish mumkin:
FEDC:0A98::7654:3210
Ikki nuqta (::) ko‘rinishidagi qisqartirish adresda faqat bir marta foydalanilishi mumkin. Shuningdek, adresning boshidagi nollarni tushirib qoldirish mumkin, masalan, FEDC:0A98::7654:3210 ning o‘rniga FEDC:A98::7654:3210 deb yozish mumkin.
IRv4 va IPv6 - ikkala protokollarni qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar uchun kichik 4 baytlar uchun IPv4 da an’anaviy bo‘lgan o‘nlik raqamlarni yozish mumkin: 0:0:0:0:0:FFFF:126.144.52.38 yoki ::FFFF:126.144.52.38.
IPv6 adreslashi va unga o‘tish texnologiyalari
IPv6 ni ishlab chiqaruvchilar IPv4 dan IPv6 ga o‘tish bir necha yillar davom etishini va tashkilotlar yoki ular doirasidagi tugunlarda IPv4 dan foydalanish davom etishini tushunadilar. Shuning uchun, migratsiya - uzoq muddatli maqsad ekanligini nazarda tutib, ikkala versiya protokollarining o‘zaro mayjud bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Tunnellash va uning turlari
IPv4 dan IPv6 ga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash vositalaridan biri - tunnellardan foydalanishdir. Tunnelning vazifasi uzatilgan IPv6 paketni IPv4 paketga inkapsulyatsiya qilishdan iborat. Bundan keyin IPv4 paket mavjud IPv4 tarmoq orqali uzatilishi mumkin, qabul qilayotgan qurilma esa IPv4 sarlavhasini o‘chiradi va undan boshlang‘ich IPv6 paket chiqarib oladi.
RFC 2893 quyidagi tunnellar turlarini aniqlaydi:
Konfiguratsiyalangan (MCT - Manually Configured Tunnels). Konfiguratsiyalangan tunnel tunnelning oxirgi nuqtalarini qo‘lda konfiguratsiyalashni talab qiladi. Konfiguratsiyalangan tunnellarni qo‘lda IPv6 protokoli asosida Windows da yaratish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi: netsh interface ipv6 add v6v4tunnel
Avtomatik. Avtomatik tunnel - qo‘lda konfiguratsiyalashni talab qiluvchi tunnel. Windows uchun IPv6 protokol quyidagi avtomatik tunnellash texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi:
ISATAP (Intra-Site Automatic Tunnel Addressing Protocol) - tunnellarni sayt ichida avtomatik adreslash protokoli bo‘lib, IPv4 intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi;
6to4 - “6 dan 4 ga” o‘tish dinamik tunneli. IPv4 intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi. Oxirgi nuqtalar o‘rtasida IPv4 protokolning NAT translyatsiyasi ishlayotgan bo‘lsa ushbu tunnellar ishlamaydi;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti
|