29
tebranishni mos ravishda t-nchi signalni tarqalish trassasida so‘nish va
kechikish shaklida tasavvur qilish mumkin.
Qabul qilish tomonining
vazifasi aniq bir abonentning xabarini ajratishdan iborat,
binobarin,
tashqi signallar bunda halaqitlar rolida qatnashadi.
Ma’lumki, signallar superpozitsiyasining istalgan komponentini
qolgan
komponentlarning
ta’sirini yo‘qotish
bilan chiziqli
seleksiyalash uchun barcha signallarning chiziqli bog‘liq emasligi
zarur va etarli. Chiziqli bog‘liq emas ortogonal signallar o‘zaro
halaqitlarsiz oddiy korrelyasion qabullagich orqali bo‘linadi.
Kanallar signallarining ortogonalligi chastota yoki vaqt bo‘yicha
ajratish yoki to‘g‘ri keladigan kodlash hisobiga ta’minlanishi mumkin.
Shunga muvofiq, ko‘p tomonlama ulanish
usullarini tasniflash ham
o‘rnatilgan.
Barcha mobil radioaloqa tizimlari ikkita umumiy katta analog va
raqamli toifalarga bo‘linadi. Bunda ularda uchta asosiy ko‘p
tomonlama ulanish usullari
KChAKTU