Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/114
Sana24.12.2023
Hajmi3,49 Mb.
#127893
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

Ikkilik 
fazaviy 
manipulyatsiyalash. 
Raqamli 
fazaviy 
modulyatsiyalashning eng oddiy shakli FM-2 tizimi hisoblanadi. Bu 
usul ko‘pincha modulyatsiyalovchi signal psevdo-tasodifiy ikkilik 
ketma-ketlik hisoblanadigan spektrlarning to‘g‘ri kengaytirishli 
tizimlarda ishlatiladi. FM-2da modulyatsiyalovchi signalning qiymatiga 
bog‘liq ravishda signal fazasining modulyatsiyalanmagan tashuvchi 
tebranish fazasidan og‘ishi 0

yoki 180°ga teng bo‘ladi. Agar fazaviy 
modulyatsiyalangan signal (FM signal) uchun (1.4) va (1.5) ifodar 
ko‘rinishidagi umumiy tavsif qabul qilinsa, u holda FM-2 signal uchun 
quyidagi tengsizlik bajarilishi kerak: 
φ [u(t)] ≡ 0 u(t) ≡ 1 bo‘lganida, φ[u(t)] ≡ π u(t)≡ – 1 bo‘lganida;  
≤ t ≤ T
c

 
Signalning kompleks og‘masi bu vaqt intervalida o‘zgarmaydi va 
quyidagi ikkita qiymatni qabul qilishi mumkin: 
Á(t) = A i(t) = 1 bo‘lganida, Á(t) = – A i(t) = – 1 bo‘lganida;
≤ t≤T
c
. (1.6) 
Bu og‘maning kompleks tekislikda bo‘lishi mumkin qiymatlarini 
grafik taqdim etilishi foydali va yaqqol hisoblanadi. Ko‘rib 
chiqilayotgan signal uchun signalning kompleks og‘masi 1.26-rasmda 
tasvirlangan faqat ikkita qiymatlarni qabul qiladi. Bunday tasvir 
signallar turkumi deyiladi. 
1.26- rasm. FM-2 signallar turkumi 
Mavhum qism
 
Haqiqiy qism
 


52 
1.27- rasmda BPSK ikkilik fazaviy modulyatsiyalash vaqt 
diagrammalari keltirilgan. 
1.27- rasm. BPSK vaqt diagrammalari 
Bu radiosignalning asosiy o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, 
uning joriy fazasi modulyatsiyalovchi signalning qutblari o‘zgarishi 
momentlarida uzilishlarga (sakrashlarga) ega bo‘ladi. Bu fazaning
180°ga sakrashlari radiokanaldagi FM-2 signal quvvatining spektrali 
zichligi juda keng chastotalar polosasida noldan sezilarli farqli 
bo‘lishiga asosiy sabab hisoblanadi. Shuning uchun bunday ko‘rinishda 
FM-2 signallar deyarli ishlatilmaydi. Ular egallaydigan polosani 
kamaytirish uchun filtrlanadi. 
Bu signallarni modulyatordan keyin yuqori chastotada filtrlashni 
amalga oshirish qiyin, chunki har bir tashuvchi chastota tebranishlari 
uchun top polosali yuqori asllikli filtrlar talab qilinar edi. Harakatdagi 
obyektlarli zamonaviy raqamli aloqa tizimlarida bunday chastotalar 
soni bir necha o‘nlablarga etishi mumkin. Shuning uchun filtr 
operatsiyasi deyarli doimo modulyatsiyalashgacha modulyatsiyalovchi 
signal ustida bajariladi. Mos filtr yetarlicha murakkab bo‘lsada, past 
chastotali filtr hisoblanadi. Radioelektronikaning zamonaviy yutuqlari 
uning ishlatilishini ta’minlaydi, bu holda chastotalar kanallarining katta 
sonini esa, agar mos chastotalar to‘plamili tashuvchi chastotalarni 
ishlatilishi orqali olish mumkin. Bunday filtr asosiy polosali filtri 
deyiladi. 
Kirish bitlari ketma-
ketligi
 
Коdlovchi ketma-
ketlik
 
Natijaviy signal
 


53 
FM-2 radiosignal egallaydigan chastotalar polosasi kamayganida 
signalni 
filtrlashda 
bunda 
vujudga 
keladigan 
simvollararo 
interferensiya muammosini hisobga olish zarur bo‘ladi. 
1.28- rasmda FM-2 radiosignalni shakllantiradigan uzatkichning 
funksional sxemasi keltirilgan. Bu yerda modulyatordan keyin 
radiosignal quvvatini kuchaytirgich va tor polosali yuqori chastotali 
filtr qo‘yilgan. Filtrning asosiy vazifasi tashuvchi tebranishning asosiy 
chastotasiga 
karrali 
bo‘lgan 
chastotalardagi 
uzatkichning 
nurlantirishini kuchsizlantirishdan iborat. Bunday nurlanishlarning 
xavfi quvvat kuchaytirgichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va bu 
kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti ortganida kuchayadigan 
nochiziqli samaralar bilan shartlanadi. Ko‘pincha bunday filtr bir 
vaqtda qabullagich uchun ham ishlatiladi, u foydali radiosignallar 
chastotalar polosalaridan tashqaridagi kuchli tashqi signallarni 
“pastga” chastotani o‘zgartirishgacha so‘ndiradi. 
1.28- rasm. FM-2 radiosignalni shakllantiradigan uzatkichning 
funksional sxemasi

Download 3,49 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish