|
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi
|
bet | 5/5 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 86,5 Kb. | | #139592 |
Bog'liq 1 Таqriz seminarga dotsent O Asqaralievdan Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:
gidrogeologik monitoringini yuritishda axborot oqimlari modeli qurilgan va avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimlarini hududiy taqsimlanish xususiyatlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
tabiiy va texnogen tizimlarning gidrorejim omillari va gidrogeologik sharoitlarini tavsiflovchi monitoringi jarayonlarining geoaxborot tuzilmasi va matematik modeli ishlab chiqilgan;
yer osti suvi konlarini istiqbolliligini asoslashda gidrogeologik tizimlarning geofiltrlatsiya va geomigratsiya jarayonlarini matematik modeli, sonli yechish algoritmlari hamda dasturiy vositasi ishlab chiqilgan;
gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi tizimlarining axborot ta’minoti, axborot resurslarini boshqaruvi jarayonlarini tahlil qilish, qaror qabul qilish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash usullari ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya natijasiga berilgan xulosalar va tavsiyalar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Erishilgan natijalar va yangiliklar bilan bir qatorda tadqiqot ishi bo‘yicha quyidagi muloxozali va munozarali qismlari mavjud:
1. Dissertatsiya ishida gidrogeologik obyektlarni axborot tizimini qurish va monitoring jarayonlari, yani uzluksiz kuzatishlar asoslanishi lozim.
2. Uchinchi bobda matematik model, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minoti keltirilgan, taklif etilgan usul va natijalarning samaradorligi to‘laroq asoslansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
3. Dissertatsiyada axborot tahlil tizimi va monitoring jarayonlarida yer osti suvi sathi va minerallashuvi o‘zgarishi matematik modellar asosida bashorat qilingan, avtomatlashgan monitoringni joriy qilish masalalari ilgari surilsa, tadqiqot ishinig ko‘lami yanada ortar edi.
4.Tadqiqotda yaratilgan dasturiy ta’minotinig umumiy tuzilmasi va natijalarini joriy qilish tavsiflari keltirilishi lozim.
Ko‘rsatilgan muloxoza va etirozlar dissertatsiyaning umumiy natijalariga va ilmiy saviyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ahralov Shavkat Sulaymonovichning “Yer osti gidrosferasini avtomatlashtirilgan mоnitoring asosida giomigratsiya jarayonlarini modellashtirish” mavzusidagi ishi yakunlangan ish bo’lib, ilmiy natijalari 10 ta ilmiy maqola, jumladan 6 ta xorijiy va 4 ta respublika nashrlarida chop etilgan.
Dissertatsiya ishining ixtisoslik pasportiga muvofiqligi, shuningdek mutaxassislik formulasi, tadqiqot sohasi bo‘yicha pasportga mosligi quyidgicha: 05.01.10 – “Axborot tizimlari va jarayonlari” mutaxassislik pasportining 1 va 2-bandlariga to‘g‘ri keladi.
axborot jarayonlari va axborot resurslarini tavsiflash, baholash, mukammallashtirish usullari va modellari, shuningdek, axborot oqimlaridagi qonuniyatlarni tahlil qilish va aniqlash vositalari. Inson va mashinaning o‘zaro ta’siriga yo‘naltirilgan axborot tizimlarining kognitiv modellari;
jarayonlar va tizimlarni axborot bilan ta'minlash, shu jumladan, ma’lumotlarni tashkil etish va tizimlashtirishning yangi tamoyillari, jadvalli, matnli, grafik va multimediali ma’lumotlar bazalarini, hujjatli, faktik va boshqa ixtisoslashtirilgan axborot tizimlarini kontseptual, mantiqiy, fizik loyihalash. Mantiqiy va jismoniy darajadagi ma'lumotlar bazasi tuzilmalarini baholash va optimallashtirish usullari;
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, aprobatsiyasi, chop etilganligi, ilmiy yangiligi va joriy etilganligi hamda yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin. Ahralov Shavkat Sulaymonovichning “Yer osti gidrosferasini avtomatlashtirilgan mоnitoring asosida giomigratsiya jarayonlarini modellashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi yakuniy ma’noga ega, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun qo‘yilgan talablarga javob beradi va uning muallifini 05.01.10 – “Axborot tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega va keyingi bosqich ilmiy muhokamalariga o‘tishi mumkin deb hisoblayman
“PERFECT UNIVERSITY” oliy ta’lim tashkiloti
akademik faoliyat bo‘yicha prorektori,
texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent O.UAsqaraliyev
|
| |