• “Axborot tizimlarining kognitiv modellari, tizimlashtirish va tashkil etish tamoyillari”
  • “Monitoring faoliyatini axborot ta’minotini ishlab chiqish va joriy etish natijalari”
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 86,5 Kb.
    bet4/5
    Sana17.01.2024
    Hajmi86,5 Kb.
    #139592
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1 Таqriz seminarga dotsent O Asqaralievdan

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Ushbu tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokama qilindi.
    Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi buyicha 22 ta ilmiy ish chop etilgan. Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarida 10 ta ilmiy maqola, jumladan 3 ta xorijiy va 7 ta respublika nashrlarida chop etilgan hamda 2 ta EHM uchun yaratilgan dasturiy vositalariga qayd qilish guvohnomalari olingan.
    Dissertatsiyaning birinchi bobi Yer osti gidrosferesini avtomatlashgan monitoringi va axborot jarayonlarideb nomlangan bo’lib, jahonda va respublikamiz miqyosida gidrogeologik monitoringini yuritishda axborot oqimlari modelini qurish va gidrorejim elementlarini avtomatlashtirilgan o‘lchovi, axborot-tahlil tizimlarini hududiy taqsimlanish xususiyatlarining matematik modeli va gidrogeologik sharoitlarini tavsiflovchi monitoringi jarayonlarining geoaxborot tuzilmasiga bo‘yicha usullar, modellar va algoritmlarga bag’ishlangan ilmiy adabiyotlar, maqolalar atroflicha tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning yer osti suvi monitoringi bo‘yicha axborot tizimiga va shu asnosida butun o’lchov kuzatuv va boshqaruv jarayonlariga ta’sirilarining asosiy jihatlaridan biri monitoring yuritishning samaradorligini oshirish bo’lib, yer osti suvi sathi va minerallashuvi jarayonlarini ifodalovchi ilmiy manbalar va usullar sharhi amalga oshirilgan va masalaning qo‘yilishi, tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari shakllantirilgan.
    Dissertatsiyaning “Axborot tizimlarining kognitiv modellari, tizimlashtirish va tashkil etish tamoyillari” deb nomlangan ikkinchi bobida yer osti suvlari monitoring jarayonlarining axborot tizimlari, axborot modelini qurish tamoyillari, gidrogeologik axborot oqimlarining rasmiy kontseptsiyaili modeli ishlab chiqiladi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, model axborot oqimlarining turli tomonlarini aks ettiruvchi ma’lum turdagi to‘plam ko’rinishida olingan. Formal ravishda muallif gidrogeologik axborot oqimlarining rasmiy biriktirilgan modelini qurgan. Masalani yechishda matematik modellash usullarini qo`llanishi hamda suvli qatlamlarida satxini o‘zgarishi davomida geomigratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish usullari va axborot muhitining tuzilishini o‘rganishga bag’ishlangan. Bunda yer osti suv tutuvchi qatlamli muxitlar geofiltratsiyasi jarayoni sizilish xususiyatlari xisobga olgan xolda chegaraviy shartlar modellari umumiy takomillashtirilgan.
    Asos sifatida o‘rganilayotgan Ohangaron hududning geologik yoki gidrogeologik xaritasini GAT ning geoma’lumotarni hududga bog‘lash yoki privyazka komandalari orqali amalga oshirilgan. Mavjud gidrogeologik kuzatuv quduqlari yoki monitoring uchun mo‘ljallangan, umuman olganda ixtiyoriy ekspluatatsiya qilinayotgan quduqlar ma’lumotlarni dastlabki ma’lumotlar massivi sifatida qabul qilingan.
    Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Geoaxborot tizimlari va matematik hisoblash modullarini integratsiyalash texnologiyasideb nomlangan bo’lib, yer osti suvlari kuzatish va nazorati jarayonlarida axborot tizimlarini yaratish metodologiyalari, axborot oqimi jarayonlarining xarakteristikalari va avtomatlashgan monitoringi, geoaxborot tizimlarida taqsimlangan ma’lumotlarni tasvirlash jarayonlarida yer osti suvi sathi va minerallashuvi o‘zgarishini bashorat qilish masalalarining matematik modellarini chekli ayirmalar, xaydash usullaridan foydalanib taqribiy yechish usullari va sonli hisoblash algoritmlari keltirilgan. Axborot tizimlarini yaratishga kompleks yondashuv va geomigratsiyaning o‘zgarishi, diffuziya koeffitsiyenti hamda suv sathiga bog‘liq filtratsiya tezliklarini gidrogeologik xolatga ta’siri tadqiq qilingan.
    Dissertatsiyaning “Monitoring faoliyatini axborot ta’minotini ishlab chiqish va joriy etish natijalari” deb nomlangan to‘rtinchi bobida yer osti suvlari xususiyatlari bo‘yicha axborotlarni tayyorlashni va jarayonlarini amalga oshirishni baholash algoritmlari, monitoring jarayonlarini tezkor axborot-tahlili, baholash va ko‘rsatkichlarning nazorat hisobi, sifat o‘zgarishida geomigratsiya jarayonlarini o‘rganish masalalarini takomillashtirilgan matematik modellarini hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalaridan foydalanib, eksperiment ma’lumotlariga asoslangan samaradorlikni baholash va tahlil qilish, hisoblash tajribalari o‘tkazilgan hamda olingan natijalarning tahlili keltirilgan.

    Download 86,5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 86,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi

    Download 86,5 Kb.