|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi assistenti Axralov Shavkat Sulaymonovichning “Yer
|
bet | 2/5 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 86,5 Kb. | | #139592 |
Bog'liq 1 Таqriz seminarga dotsent O Asqaralievdan Tadqiqot vazifalari:
gidrogeologik monitoringini yuritishda axborot oqimlari modelini qurish jarayonini tahlil qilish va avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimlarini loyihalash;
yer osti suvi konlarining shakillanishi va sifat o‘zgarishi nazariyasiga asoslangan holda buzilgan tabiiy tizimlar va monitoring jarayonlarining geoaxborot tuzilmasini aniqlash;
yer osti suvi konlarini istiqbolliligini o‘rganishda gidrogeologik tizimlar geofiltrlatsiya va geomigratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish, sonli yechish algoritmlari hamda dasturiy vositalarini ishlab chiqish;
gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi tizimlarning axborot ta’minoti va axborot boshqaruv jarayonlarini tahlil qilish, shu jumladan axborot resurslarini o‘rganish, boshqaruv faoliyatini qo‘llab-quvvatlash usullarini ishlab chiqish;
Ohangaron yer osti suvi koni misolida, avtomatlashgan axborot tizimlari monitoring faoliyatini o‘ziga xosligi, murakkabligi va dinamik tarkibiy qismlarini hisobga olgan holda axborot almashinuvi xususiyatlari va infratuzilishini yaratish;
Tadqiqotning obyekti sifatida yer osti suvlari monitoring jarayonlari va tog‘ kon sanoat geologiyasi va gidrogeologik axborot tizimlari olingan.
Tadqiqotning predmeti: yer osti suvlarining avtomatlashtirilgan monitoring jarayonlarini takomillashtirishda axborot tizimlarini yaratish usullari, modellari va algoritmlari hamda dasturiy vositalari hisoblanadi.
Tadqiqot usullari sifatida jarayonida axborot tizimlari va modellari nazariyasi, tashkiliy tizimlarni boshqarish nazariyasi, gidrogeologik rejim ma’lumotlarini tizimli tahlili, avtomatlashgan monitoring, hisoblash matematikasi, matematik modellashtirish va hisob-eksperiment usullari, shuningdek, real axborot massivlari bo‘yicha dasturiy vosita yaratishda ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash texnologiyalari olindi.
Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
gidrogeologik monitoring yuritilishida yer osti suvi konlarini gefiltratsiya jarayonlari va gidrorejim tashkil etuvchi elementlarining axborot tizimlari hamda dasturiy vositalari ishlab chiqilgan;
o‘zgargan gidrogeologik shartlarni hisobga olgan xolda suv tutuvchi qatlamda yer osti suvlari sathi va minerallashuvi darajasi o‘zgarishlarini axborot-tahlil tizimi va bashorat qilish uchun dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan, bu esa nazoratchi xodimlarga eng so‘nggi ma’lumotlardan foydalanishga imkonini berdi;
yer osti suvlari bo‘yicha axborot tizimlari muntazam o‘lchovlarni olish avtomatlashtirishga imkon beradi, bu melioratsiya tadbirlarini o‘tkazishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, mukammal qarorlar qabul qilish va ish sifatini yaxshilashga yordam berdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi assistenti Axralov Shavkat Sulaymonovichning “Yer
|