• Tadqiqotlar natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi




    Download 86,5 Kb.
    bet3/5
    Sana17.01.2024
    Hajmi86,5 Kb.
    #139592
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1 Таqriz seminarga dotsent O Asqaralievdan

    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi gidrogeologik monitoring ma’lumotlari muntazam ravishda olinishi, aniqligi va to‘liqligini tekshirilishi hamda axborot tizimida foydalanilgan matematik ifodalar va gidrogeologik shartlarning geofiltratsiya jarayonlari qonuniga qat’iy mosligi bilan izohlanadi. Axborot tizimini to‘g‘ri sozlanishi, monitoring talablari va xususiyatlariga mos kelishi, muntazam ravishda ma’lumotlar aniqligi va to‘liqligi an’anviy usullar natijalari bilan qiyosiy taqqoslanishi hamda sonli usullardan foydalanilganida zaruriy aniqligi, hisoblash jarayonining turg‘unligi va hisob natijalari urganilayotgan jarayonlarning tabiatiga zid emasligi ta’minlangan.
    Tadqiqotlar natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan аxborot tizimi va monitoring jarayonlari modeli yer osti suvlari sathi va sifati o‘zgarishida sodir bo‘layotgan hodisalar o‘rtasidagi qonuniyatlar, tendentsiyalar va munosabatlarni aniqlash nazariy asoslarini istiqbolli rivojlanishiga hissa qo‘shishi bilan izohladi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati yaratilgan axborot tizimlari va monitoring jarayonlari dasturiy majmuasi bilan muntazam o‘lchov faoliyatini avtomatlashtirish, geofiltratsiya jarayonlarini bashorat qilish, hisoblash vaqtini kamaytirdi va suv resurslardan foydalanishni mukammallashtirish masalalarini hal qilish bilan asoslanadi.
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yer osti gidrospheresini avtomatlashgan monitoring asosida geomigratsiya jarayonlarini modellash va samarali sonli hisoblash algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
    avtomatlashtirilgan gidrogeologik monitoringini yuritishda axborot oqimlari modelini qurish va axborot-tahlil tizimlarini hududiy taqsimlanish xususiyatlarining matematik modeli va gidrogeologik sharoitlarini tavsiflovchi monitoringi jarayonlarining geoaxborot tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi “O‘zbekgidrogeologiya” Davlat unitar korxonasining Ohangaron gidrogeologik stansiyasi obyektlarida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 05 fevral 03-8/17-son ma’lumotnomasi). Axborot tizimlarning umumlashtirilgan modellaridan foydalangan xolda suvning menerallashuvi va gidrosfera qatlamlaridagi suvlar sathining o‘zgarishini bashoratlash hamda muxandislik xisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mexnat sarfini 4-6 % ga qisqartirish imkonini bergan;
    gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi tizimlarning axborot ta’minoti, axborot resurslarini boshqaruvi jarayonlarini tahlil qilish, qaror qabul qilish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash usullari, yer osti suvi konlarini istiqbolliligini asoslashda gidrogeologik tizimlarning geomigratsiya jarayonlarini matematik modeli, sonli yechish algoritmlari va dasturiy vositalari O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi “O‘zbekgidrogeologiya” Davlat unitary korxonasining Ohangaron gidrogeologik stansiyasi obyektlarida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 05 fevral 03-8/17-son ma’lumotnomasi). Natijada geomigratsiya jarayonida yer osti suvlari safati o‘zgarishi baholangan hamda muhandislik hisoblarida ketadigan vaqt va mehnat sarfini 0.2 marta qisqartirish imkonini bergan.

    Download 86,5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 86,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi

    Download 86,5 Kb.