• Tadqiqotning maqsadi
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi assistenti Axralov Shavkat Sulaymonovichning “Yer




    Download 86,5 Kb.
    bet1/5
    Sana17.01.2024
    Hajmi86,5 Kb.
    #139592
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1 Таqriz seminarga dotsent O Asqaralievdan


    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi assistenti Axralov Shavkat Sulaymonovichning “Yer osti gidrosferesini avtomatlashtirilgan monitoringi asosida geomigratsiya jarayonlarini modellashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishiga
    TAQRIZ
    Axralov Shavkat Sulaymonovichning dissertatsiya ishi tarkibiga mundarija, kirish qismi, to‘rtta bob, hulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar kiradi va 120 betdan iborat bo‘lib, ilmiy tadqiqot 05.01.10 - “Axborot tizimlari va jarayonlari” ixtisosligiga mos ravishda texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangandir.
    Dissertatsiyaning kirish qismida, mavzusining dolzarbligi va zarurati keltirib o‘tilgan bo‘lib, jahonda axborot tizimlari va texnologiyalarni, raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo ta’lim va xalq xo‘jaligini, tog‘ kon sanoati geologiyasini gidrogeologik axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirishda, yer osti suvlari holati, harorati va sathi o‘zgarishi bilan minerallashuvi darajasi hamda ichimlik suviga doir tadqiqotlarda qo‘llanilishiga katta e’tibor berilishi kerak. Yer osti suvlari monitoringi, axborot tizimlari va matematik modellar asosida turli xil gidrogeologik jarayonlarini tadqiq qilish va samarali hisoblash algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilish zaruryati aytilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 oktyabrdagi PF-6079-sonli «Raqamli O‘zbekiston – 2030», 2022 yil 28 yanvardagi PF-20-sonli, «2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»dagi va va 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4851-son «Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora- tadbirlari tug‘risida»gi Qarorlari jumladan “milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atini ta’minlash, geologiya sohasida zamonaviy ta’lim standartlarini keng joriy etgan holda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish” vazifalari berilgan. Bu borada, turli gidrogeologik tizimlar holatini kuzatish, tahlil qilish va samarali foydalanishda yer osti suvlari monitoringi axborot ta’minoti, algoritmi hamda dasturiy vositalarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga egaligi mazkur dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligini asoslaydi.
    Tadqiqotning maqsadi yer osti gidrosferesining avtomatlashgan monitoringini samaradorligini oshirishda geomigratsiya jarayonlarini modellashtirishga qaratilgan axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqishdan iborat.

    Download 86,5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 86,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi assistenti Axralov Shavkat Sulaymonovichning “Yer

    Download 86,5 Kb.