• Tekshirdi : ________________ Toshkent 2022
  • Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 21.04 Kb.
    bet1/3
    Sana10.11.2022
    Hajmi21.04 Kb.
    #29771
      1   2   3
    Bog'liq
    Axbarot kutubxona fondini hujjati bilan ta’minlash
    JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI, mustaqillik yillarida ozbekistonda sogliqni saqlash tizimining rivojlanishi samarqand viloyati misolida, Noorganik va organik birikmmalarning suyuqlanmalaridan va qattiq fazada sintez qilish, Tests .MATH.3kurs 8variant, 2 5325619929322367362, 9-amaliyot. Jarayonning matematik modelini tuzishda eng kichik kvadratlar usuli.chiziqli algoritm, polinom ko’rinishidagi algoritm. (1), Hisob varaqasi

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    MUSTAQIL ISH
    Mavzu:. Axbarot kutubxona fondini hujjati bilan ta’minlash . Axborot kutubxona fondini to’ldirish usullari

    Bajardi:
    Tekshirdi : ________________
    Toshkent 2022

    Reja:
    1.Axborot kutubxona fondini tizimini o’rganish


    2.Axborot-kutubxona fondining o‘ziga xos belgi va xususiyatlari
    3.Axborot-kutubxona fondini shakllantirish


    1.Axborot kutubxona fondini tizimini o’rganish
    Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‘lib, uning mohiyatini kuzatish orqali bilib bo‘lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib fondni jamg‘arish va boshqarish mumkin emas. Fondni faqatgina tuzilma sifatida o‘rganish orqali boshqarish mumkin. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo'limlar yoki bo‘laklarga bolinadi. Agar kutubxona fondini tizim deb olsak, unda bu tizimni tashkil etuvchi elementni topish lozim.
    Bu element — hujjatdir. Hujjat alohida kitob, matbuot, audivizua 1 material bo‘lishi mumkin. Tizim tushunchasi xuddi element tushunchasiga o‘xshab nisbiydir. Agar alohida kutubxona fondini tizim deb olsak, shu fondning har bir bo‘limi uning kichik tizimi hisoblanadi. Mazkur kutubxona fondi boshqa kutubxonalar fondi bilan birga qo‘shib olinsa, unda super tuzilma hosil bo‘ladi (MKS). Agar shu kutubxonalarning fondini bir tuzilma deb olsak, bitta kutubxona fondini esa kichik tizim yoki element deb olish mumkin.
    Kutubxona fondlari — kutubxona deb atalgan tuzilmaning bir qismi, ya’ni kichik tizim bo‘lib hisoblanadi. Lekin avvallari biblioteka grekcha «kitob saqlanadigan joy» degan tushunchagina bo‘lgan va faqat shu vazifani bajaradi, deb o‘ylangan, 1930-yilgacha o‘rta kitob fondiga ega bo‘lgan joyni «biblioteka» deyishgan, ko‘p kitobga ega bo‘lgan kutubxonalarni esa kitob saqlanadigan joy (книгохранилище) deb atashgan. Bu g‘oya juda ko‘p yillar mobaynida hukmron bo‘lib, kutubxonalarni faqat kitob saqlanadigan joyga aylantirib qo‘ydi va uning asosiy vazifasi — kitobxonlarga xizmat qilishga soya soldi.
    «Fond» so‘zi kutubxonashunoslikda 20-yillarda paydo bo‘lib, 30-yillarda «fondlar» atamasi qollana boshlandi. 40-yilga kelib esa fond kutubxonaning bir bolagi deb tan olindi hamda kutubxona tizimining kichik bir tuzilmasi deb aniqlik kiritildi
    Kutubxona tizimiga kutubxona fondlaridan tashqari yana ancha tizimchalar kiradi, masalan, kitobxonlar (K), axborot-kutubxona mutaxassisi (KM), moddiy-texnika bazasi (MTB) va hokazo.
    Bundan tashqari, paydo bo‘lib, yo‘qolib turadigan tizimlar ham mavjud. Kutubxona fondi vujudga kelishida ma’lumot qidiruv apparatining (MQA) ahamiyati katta. Kutubxona tizimida har bir tizim o‘ziga xos vazifani bajaradi, natijada bir tizimning tushib qolishi butun tuzilmaning yo‘qolishiga olib keladi. Masalan, kitobxon yoki MTB bo‘lmasa va hokazo.
    Kutubxona fondi kutubxonaning barcha tizimchalari bilan bog‘liq. Bu bog‘liqlik ikki xildir.
    1) to‘gridan to‘gri aloqa
    2) qaytma (aks) aloqa
    Kutubxonadagi hujjatlarning soni va mazmuni kitobxonlar soniga, tarkibiy qismiga, kitobxon talabiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kutubxonaning fondi katta bo‘lib, mazmuni kitobxonlar talabiga javob bermasa, u yerda o‘qiydigan kitobxonlar soni ozayib ketadi.
    Fondning tarkibiy qismi va mazmuni kitobxon talabi va qiziqishiga mos kelsa-yu, lekin kitoblar soni oz bo‘lsa, bu holda ham o‘quvchi talabi qondirilmay qoladi. Kutubxona fondidagi har bir o‘zgarish kitobxonlarning ko'payishi va kamayishiga olib keladi. Masalan, umumta’lim maktabi kutubxonasida o‘quv-uslubiy materiallarining kamligi o'qituvchilarni boshqa kutubxonalardan foydalanishga ‘majbur qiladi. Umuman, kitobxon kutubxonaga unda saqlanayotgan resurslarga qarab baho beradi.
    Chet elda bu muammo boshqacha hal qilinadi. Agar kutubxonada kitob bo‘lmasa, uni tezda boshqa kutubxonadan olib kelib berishadi yoki talab qilinadigan kitoblar nusxa ko‘paytirish apparatida ko‘paytiriladi, boshqa kutubxonadan telekanal orqali ma’lumotni ekranga tushirib berib, kitobxon talabi qondiriladi. Bugungi kunda Axborot-kutubxona muassasalarining korporativ tarmoqlari orqali respublikaning har bir chekkasida mavjud axborot-kutubxona muassasida kerakli bo‘lgan resursni olish imkoniyati yaratilgan. Kutubxonada hujjat (H) va kitobxon (K) elementlari o‘rtasidagina uzviy aloqa bo‘lib qolmay ushbu aloqada vositachi maslahatchi bo‘lib turgan axborot-kutubxona mutaxassisi (KM) elementi ham aloqaning uzviyligiga javob beradi.
    Demak, kutubxona fondi hujjat (H), kitobxon (K), axborotkutubxona mutaxassisi (KM) elementlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzviy bogMiq ekan. Hujjat o‘zining mohiyatiga ko‘ra ikki xil: birinchidan, ma’naviy, g‘oyaviy, badiiy xususiyati bo‘lsa, ikkinchidan, u predmet xususiyatiga ega bo‘lib, o‘ziga xos xonalarda saqlanadigan, hisobga olinadigan, qayta ishlanadigan, qidiriladigan va foydalanadigan moddiy buyum hisoblanadi.Shuning uchun ham har bir kutubxona binosi fondning tarkibiy qismi, mazmuni, xizmat ko‘rsatish tarkibi va hokazolarga qarab qurilishi, bino arxitekturasida ana shu talablar hisobga olinishi kerak. Bundan tashqari fondni risoladagidek joylashtirish uchun binoni moslashtirish lozim.
    Demak, kutubxona fondi kutubxonaning faoliyat ko‘rsatishi uchun eng muhim tuzilma bo‘lib hisoblanadi, shu sababli ham:
    1. Axborot-kutubxona muassasasini fondsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    2. Axborot-kutubxona fondi orqali kutubxona o‘zining ijtimoiy vazifasini bajara oladi.
    3. Axborot-kutubxona fondining soni va mazmuni ijtimoiy hayotning rivojlanishiga, taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
    4. Axborot-kutubxona fondi va uning mazmuni Axborot-kutubxona muassasasining turi va xilini aniqlab beradi.
    Qaytma aloqa. Axborot-kutubxona fondi o‘z navbatida boshqa element va tuzilmachalarning ta’sirida yashaydi. a. Kitobxonning ta’siri. Avvalo kitobxonlar soni va ularning talabi kutubxona fondini shakllantirishda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
    Kutubxona fondining turi, xili, olinadigan hujjatlar kitobxonlarning ijtimoiy-demografik xarakteriga bog'liq. Ularning talabi va qiziqishi kutubxona fondida qanday kitoblar bo‘lishini aniqlab beradi. Fond muammosini amaliy jihatdan hal qilish, o'rtacha o‘qish, qatnov, kitobning aylanishi, kitobxon soni va hokazolar haqidagi ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
    Hozirgi zamon kutubxona fondini shakllantirish nazariyasining uslubiy va nazariy asosini «moslashtirish qonuni» tashkil etadiki, bunda fondning hajmi va tarkibiy qismi muayyan vaqtda kutubxona oldida turgan vazifalarga bogliq. Bu asosan kitobxonning talabi, qiziqishi, so‘rog‘i va axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir.
    b. Kutubxonachining ta ’siri. Kitobxon va hujjat o‘rtasidagi asosiy vositachi kutubxonachi bo‘lib hisoblanadi. Kutubxonachi kitobxonning yoshiga, sohasiga, qiziqishiga qarab hujjatlarni to‘playdi, tartibga soladi, targ‘ibot qiladi. Kitobxonga axborot beradi, ommaviy tadbirlar o‘tkazadi, o‘qish madaniyatini tarbiyalaydi va hokazo.
    v. Kutubxona moddiy-texnika bazasi (MTB) ta’siri. Kutubxona fondiga kutubxonaning binosi, xonalar joylashuvi, undagi texnika vositalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Kitoblarni olish, joylashtirish, saqlash, kitobxonga yetkazish, ularga ishlov berish va boshqalar MTBning ahvoliga bogliq. Misol keltiradigan bo‘lsak, oddiy kutubxona bilan avtomatlashgan kutubxona o‘rtasida katta farq mavjud. Agar kutubxona ishlari avtomatlashtirilsa kutubxonachining jismoniy harakati kamayadi, kitobxon talabi o‘z vaqtida bajariladi. Nusxa olish, telekanal orqali buyurtma berish, kompyuterga yozib olish, xotirasiga joylash va hokazolar o‘z vaqtida bajariladi.
    Demak, MTB kutubxona fondining samarali yoki samarasiz ishlashining garovi ekan. Kutubxona fondi kutubxonada ichki va tashqi vazifani ham bajaradi. Insoniyat barpo etgan ijtimoiy tizimda kutubxona fondi ham jamiyatga nihoyatda kerakli bo‘lib, insonlarning o‘qishga bo‘lgan talabini qondirish vazifasini bajaradi. Yozuvning paydo bo‘lishi va kitob vujudga kelishi insoniyatning katta yutug‘i, chunki kitoblarsiz biz o‘z tariximiz, madaniyatimiz, ma’naviyatimizdan bexabar bo'lib qolar edik. Jamiyat tomonidan chiqarilayotgan hujjatlarni bir joyga to‘plash (kumulyatsiya), tartibga solish va saqlash lozim. Bu ishning bir qismini kutubxona fondi bajaradi. Shuning uchun ham kutubxonani jamiyatning ilmiy, ishlab chiqarish, madaniy boyliklarini saqlovchi nurxonasi deb ataydilar. Faqatgina hujjatlarn

    Download 21.04 Kb.
      1   2   3




    Download 21.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 21.04 Kb.