• MA’LUMOTLAR BAZASINING ADMINISTRATORI (database administrator)
  • LOYIHA ADMINISTRATORI
  • MA’LUMOTLAR BAZASI (data base)
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva




    Download 5,55 Mb.
    bet100/116
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,55 Mb.
    #233060
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116
    Bog'liq
    JAHON-AXBOROTRESURSLARI (1)

    MUALLIFLIK HUQUQI – ijodiy asar muallifining mazkur asarni boshqalar tomonidan foydalanishini tartibga soluvchi huquqlari majmuyi. Xalqaro muvofiqlashtirishga erishilgan bo‘lsada, bu huquqlar turli mamlakatlarda turlicha. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: iqtisodiy va ahloqiy huquqlar.
    EIFL - jahonda kutubxona resurslariga murojaatni himoyalaydigan notijorat tashkilot.
    IFLA - Kutubxona assotsiatsiyalari va tashkilotlari Xalqaro federatsiyasi - International Federation of Library Associations and Institutions. IFLA veb-saytida ta’kidlangan: «Kutubxona assotsiatsiyalari va tashkilotlari kutubxona va axborot markazlari hamda foydalanuvchilar manfaatlari yo‘lidagi yetakchi xalqaro tashkilot».
    MA’LUMOTLAR BAZASINING ADMINISTRATORI (database administrator) – ma’lumotlar bazasi haqida to‘liq axborotga ega bo‘lgan va uni yuritish, foydalanish, rivojlantirishga javobgar lavozimli shaxs ( yoki shaxslar guruhi).
    SERVER ADMINISTRATORI – web-serverni beto‘xtov ishlashini ta’minlovchi, xatolarni to‘g‘rilovchi, server va ma’lumotlarni himoya qiluvchi mutaxassis. Talab qilinadigan malaka: serverni sozlash va o‘rnatilgan operatsion tizimni bilish.
    LOYIHA ADMINISTRATORIInternet loyihasini, web-sahifa barcha faol elementlarni, web-saytni to‘ldirib borish va nazorat qilish, boshqarish va mualliflik huquqini himoya qilish vazifalarini bajaruvchi mutaxassis.
    KUTUBXONA ASSOTSIATSIYASI – ma’lum bir maqsadga erishish uchun yig‘ilgan va kutubxona ishi bilan bog‘langan mutaxassislar (tashkilotlar) yig‘ini.
    BIBLIOGRAFIK MA’LUMOTLAR BAZASI - kutubxonada saqlanayotgan kitoblar, jurnallar va boshqa hujjatlar yozuvlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlar bazasi.
    MA’LUMOTLAR BAZASI (data base) - ma’lum bir qoidalar asosida tashkil qilingan, umumiy tavsif, saqlash va o‘zgartirish tamoyillari nazarda tutilgan ma’lumotlar majmuyi. Ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi orqali murojaat qilinadi.
    MA’LUMOTLAR BANKI (data bank) – ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishda ishlatiladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Bank tarkibiga, bir yoki bir nechta ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasi ma’lumotnomasi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, so‘rovlar kutubxonasi va amaliy dasturlar kiradi.

    Download 5,55 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116




    Download 5,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva

    Download 5,55 Mb.